Sura 99 · Madaniy · 8 Oyatlar
Sura Zalzala
Zilzila
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
إِذَا زُلْزِلَتِ ٱلْأَرْضُ زِلْزَالَهَا
Izaa zul zilatil ardu zil zaalaha
Vaqtiki, yer oʻziga xos zilzilaga tushsa.
-
2
وَأَخْرَجَتِ ٱلْأَرْضُ أَثْقَالَهَا
Wa akh rajatil ardu athqaalaha
Va yer oʻz yuklarini otib chiqarsa.
-
3
وَقَالَ ٱلْإِنسَٰنُ مَا لَهَا
Wa qaalal insaanu ma laha
Va inson, unga nima boʻldi?!, desa.
-
4
يَوْمَئِذٍۢ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا
Yawmaa izin tuhad dithu akhbaaraha
Oʻsha kunda u(yer) oʻz xabarini aytadir.
-
5
بِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَىٰ لَهَا
Bi-anna rabbaka awhaa laha
Sening Robbing unga vahiy yuborganini.
-
6
يَوْمَئِذٍۢ يَصْدُرُ ٱلنَّاسُ أَشْتَاتًۭا لِّيُرَوْا۟ أَعْمَٰلَهُمْ
Yawma iziy yas durun naasu ash tatal liyuraw a'maalahum
Oʻsha kunda odamlar guruh-guruh boʻlib, amallarini koʻrish uchun joylaridan qoʻzgʻaladir.
-
7
فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًۭا يَرَهُۥ
Famaiy ya'mal mithqala zarratin khai raiy-yarah
Bas, kim zarra ogʻirligida yaxshilik qilsa ham koʻradir.
-
8
وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍۢ شَرًّۭا يَرَهُۥ
Wa maiy-y'amal mithqala zarratin sharraiy-yarah
Va kim zarra ogʻirligida yomonlik qilsa ham koʻradir. (Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi boʻlmaydi. Hammasining hisob-kitobi boʻladi, qiyomatda javob berish kerak. Har doim yaxshilikni qilib, agar u koʻzga koʻrinmas zarra miqdorida boʻlsa ham yomonlikdan qochish kerak.)
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.