Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 96 · Makkiy · 19 Oyatlar

Sura Alaq

Laxta qon

سورة العلق
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱقْرَأْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلَّذِى خَلَقَ

    Yaratgan Robbing nomi bilan oʻqi.

  2. 2

    خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِنْ عَلَقٍ

    U insonni alaqdan yaratdi.

  3. 3

    ٱقْرَأْ وَرَبُّكَ ٱلْأَكْرَمُ

    Oʻqi! Va Robbing eng karamlidir!

  4. 4

    ٱلَّذِى عَلَّمَ بِٱلْقَلَمِ

    U qalam bilan ilm oʻrgatgandir.

  5. 5

    عَلَّمَ ٱلْإِنسَٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ

    U insonga u bilmagan narsani oʻrgatdi.

  6. 6

    كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَيَطْغَىٰٓ

    Yoʻq! Albatta inson tugʻyonga ketadir.

  7. 7

    أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ

    Oʻzini boy koʻrgani uchun.

  8. 8

    إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجْعَىٰٓ

    Albatta, qaytib borish Robbingadir.

  9. 9

    أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ

    Qaytarganni koʻrdingmi?!

  10. 10

    عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ

    Bandani namoz oʻqiyotganida?! (Makka mushriklari rahbari Abu Jahl, Muhammadni Kaʼba yonida namoz oʻqiyotganini koʻrsam, boʻynidan oyogʻim bilan bosaman, degan ekan. Shunga binoan bu oyatlardagi namoz oʻquvchidan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallam, namozdan qaytaruvchi esa Abu Jahldir.)

  11. 11

    أَرَءَيْتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلْهُدَىٰٓ

    Ayt-chi, agar oʻsha hidoyatda boʻlsa.

  12. 12

    أَوْ أَمَرَ بِٱلتَّقْوَىٰٓ

    Yoki taqvoga amr qilsa.

  13. 13

    أَرَءَيْتَ إِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰٓ

    Ayt-chi, oʻsha yolgʻonga chiqarsa va yuz oʻgirsa.

  14. 14

    أَلَمْ يَعْلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ

    Albatta Alloh uni koʻrishini bilmasmi?!

  15. 15

    كَلَّا لَئِن لَّمْ يَنتَهِ لَنَسْفَعًۢا بِٱلنَّاصِيَةِ

    Yoʻq! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddatla tutamiz.

  16. 16

    نَاصِيَةٍۢ كَٰذِبَةٍ خَاطِئَةٍۢ

    Yolgʻonchi, xatokor peshonasidan.

  17. 17

    فَلْيَدْعُ نَادِيَهُۥ

    Bas, oʻz toʻpini chaqirsin.

  18. 18

    سَنَدْعُ ٱلزَّبَانِيَةَ

    Biz ham zaboniyalarni chaqiramiz. (Yaʼni, doʻzaxiylarni azoblovchi farishtalarni.)

  19. 19

    كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩ ۩

    Yoʻq! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil. (Ushbu oyat sajda oyatlaridandir. Imom Muslim ulkan sahobiy Abu Hurayra r. a. dan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Banda Allohga eng yaqin boʻlgan payti–sajda paytidir, u paytda duoni koʻp qilinglar», –deganlar.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.