Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 95 · Makkiy · 8 Oyatlar

Sura Tin

Anjir

سورة التين
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    وَٱلتِّينِ وَٱلزَّيْتُونِ

    Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam.

  2. 2

    وَطُورِ سِينِينَ

    Va Turi Siyno bilan qasam.

  3. 3

    وَهَٰذَا ٱلْبَلَدِ ٱلْأَمِينِ

    Va mana bu, eminlik yurti (Makka) bilan qasam.

  4. 4

    لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ فِىٓ أَحْسَنِ تَقْوِيمٍۢ

    Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik.

  5. 5

    ثُمَّ رَدَدْنَٰهُ أَسْفَلَ سَٰفِلِينَ

    Soʻngra uni asfala safilinga qaytardik. (Inson Yaratganiga ibodatda boʻlsa, farishtadan ham afzalroq martabaga erishdi. Ammo havoi nafsi, hayvoniy xirslari aqlidan ustun kelib nafsning aytganidan yuradigan boʻlsa, hayvondan ham battar holatga tushadi. Ana oʻshanda asfala safilinni koʻraveradi.)

  6. 6

    إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍۢ

    Magar iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz va uzluksiz ajrlar bordir.

  7. 7

    فَمَا يُكَذِّبُكَ بَعْدُ بِٱلدِّينِ

    Bas, seni nima oxiratni yolgʻonga chiqarishga olib keladi (ey kofir)?

  8. 8

    أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَحْكَمِ ٱلْحَٰكِمِينَ

    Alloh hukm qilguvchilarning eng hikmatlisi emasmi?!

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.