Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 84 · Makkiy · 25 Oyatlar

Sura Inshiqoq

Yorilish

سورة الانشقاق
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنشَقَّتْ

    Vaqtiki, osmon yorilsa.

  2. 2

    وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

    Va u (osmon) oʻz Robbisiga quloq osdi va shundoq boʻlishi kerak edi.

  3. 3

    وَإِذَا ٱلْأَرْضُ مُدَّتْ

    Va, vaqtiki, yer choʻzilsa.

  4. 4

    وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ

    Va oʻz ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.

  5. 5

    وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

    Va u (yer) oʻz Robbisiga quloq osdi va shundoq boʻlishi kerak edi.

  6. 6

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًۭا فَمُلَٰقِيهِ

    Ey inson! Albatta sen Robbingga yoʻliqquningcha, harakatu urinishda boʻlarsan va oxiri unga yoʻliqarsan.

  7. 7

    فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ

    Ammo kimning kitobi oʻng tarafdan berilsa.

  8. 8

    فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًۭا يَسِيرًۭا

    Tezda, osongina hisob qilinar.

  9. 9

    وَيَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًۭا

    Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borar.

  10. 10

    وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهْرِهِۦ

    Va, ammo, kimning kitobi orqa tarafdan berilsa.

  11. 11

    فَسَوْفَ يَدْعُوا۟ ثُبُورًۭا

    U tezda oʻziga halokatni chaqirar.

  12. 12

    وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا

    Va qizib turgan doʻzaxga kirar.

  13. 13

    إِنَّهُۥ كَانَ فِىٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا

    Chunki, u(bu dunyoda) oʻz ahli bilan xursand boʻlib oʻtgan edi. (Oxiratni hech ham oʻylamagan edi. Faqat ayshu ishrat, koʻngilxushi payidan boʻlgan edi. Gʻofil boʻlib, oʻz ahli ila besh kunlik dunyoning matohiga erishish uchun harakat qilgan edi. Shuning uchun endi qizib turgan doʻzaxda azoblanmoqda.)

  14. 14

    إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ

    Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni oʻylagan edi.

  15. 15

    بَلَىٰٓ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرًۭا

    Ha! Albatta, Robbisi uni doim koʻrib turuvchi edi.

  16. 16

    فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلشَّفَقِ

    Shafaq bilan qasamki.

  17. 17

    وَٱلَّيْلِ وَمَا وَسَقَ

    Kechasi va u oʻrab olgan narsalar bilan qasamki.

  18. 18

    وَٱلْقَمَرِ إِذَا ٱتَّسَقَ

    Va toʻlin oy bilan qasamki.

  19. 19

    لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍۢ

    Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.

  20. 20

    فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Nima boʻlgan ularga, iymon keltirmaslar?!

  21. 21

    وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ ٱلْقُرْءَانُ لَا يَسْجُدُونَ ۩ ۩

    Va agar ularga Qurʼon oʻqilsa, sajda qilmaslar?! (Kimki bu oyatlarni oʻqib yoki eshitib sajda qilmagan odam gunohkor boʻladi.)

  22. 22

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُكَذِّبُونَ

    Balki kofirlar yolgʻonga chiqararlar.

  23. 23

    وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ

    Ular qalblarida nimani saqlayotganlarini Allohning Oʻzi bilar.

  24. 24

    فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.

  25. 25

    إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍۭ

    Magar iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga, ularga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bordir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.