Sura 76 · Madaniy · 31 Oyatlar
Sura Inson
Odamzod
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
هَلْ أَتَىٰ عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ حِينٌۭ مِّنَ ٱلدَّهْرِ لَمْ يَكُن شَيْـًۭٔا مَّذْكُورًا
Hal ataa 'alal insaani heenum minad dahri lam yakun shai'am mazkooraa
Haqiqatda insonga, u esga olinadigan narsa boʻlmagan bir zamon kelmadimi?
-
2
إِنَّا خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِن نُّطْفَةٍ أَمْشَاجٍۢ نَّبْتَلِيهِ فَجَعَلْنَٰهُ سَمِيعًۢا بَصِيرًا
Innaa khalaqnal insaana min nutfatin amshaajin nabta leehi faja'alnaahu samee'am baseeraa
Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, koʻradigan qildik.
-
3
إِنَّا هَدَيْنَٰهُ ٱلسَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًۭا وَإِمَّا كَفُورًا
Innaa hadainaahus sabeela immaa shaakiranw wa immaa kafoora
Albatta, Biz unga yoʻl koʻrsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr qiluvchi boʻldi.
-
4
إِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ سَلَٰسِلَا۟ وَأَغْلَٰلًۭا وَسَعِيرًا
Innaaa a'tadnaa lilkaa fireena salaasila wa aghlaalanw wa sa'eeraa
Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va yonib turgan olovni tayyorlab qoʻydik.
-
5
إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ يَشْرَبُونَ مِن كَأْسٍۢ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا
innal abraara yashra boona min kaasin kaana mizaa juhaa kaafooraa
Albatta, yaxshilar kaafur aralashtirilgan qadahdan icharlar. (Kaafur–ichimlikni xushboʻ va xushtaʼm qiluvchi modda boʻlib arablar u aralashgan sharobni eng yaxshi sharob hisoblashadi.)
-
6
عَيْنًۭا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ ٱللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًۭا
'Aynany yashrabu bihaa 'ibaadul laahi yafajjiroonahaa tafjeeraa
Bir buloqdaniki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar.
-
7
يُوفُونَ بِٱلنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًۭا كَانَ شَرُّهُۥ مُسْتَطِيرًۭا
Yoofoona binnazri wa yakhaafoona yawman kaana sharruhoo mustateeraa
Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qoʻrqarlar.
-
8
وَيُطْعِمُونَ ٱلطَّعَامَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ مِسْكِينًۭا وَيَتِيمًۭا وَأَسِيرًا
Wa yut''imoonat ta'aama 'alaa hubbihee miskeenanw wa yatemanw wa aseeraa
Oʻzlari taomni yaxshi koʻrib tursalar ham, uni miskin, yetim va asirga berarlar. (Abrorlarning xislati nima ekan! Ular hattoki oʻzlariga taom kerak boʻlib, hojatlari tushib tursa ham, miskin, yetim, asirlarni oʻzlaridan ustun qoʻyib, taomni ularga beradilar.)
-
9
إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ ٱللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَآءًۭ وَلَا شُكُورًا
Innaamaa nut'imukum li wajhil laahi laa nureedu minkum jazaaa'anw wa laa shukooraa
«Albatta, Biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashukkur xohlasmiz.
-
10
إِنَّا نَخَافُ مِن رَّبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًۭا قَمْطَرِيرًۭا
Innaa nakhaafu mir Rabbinna Yawman 'aboosan qamtareeraa
Albatta, biz qoʻrqinchli, shiddatli, uzun kunda oʻz Robbimizdan qoʻrqamiz», (derlar).
-
11
فَوَقَىٰهُمُ ٱللَّهُ شَرَّ ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمِ وَلَقَّىٰهُمْ نَضْرَةًۭ وَسُرُورًۭا
Fa waqaahumul laahu sharra zaalikal yawmi wa laqqaahum nadratanw wa surooraa
Bas, ularni Robbilari oʻshal kun sharridan saqladi va ularga xushroʻylik hamda xursandchilik ato qildi.
-
12
وَجَزَىٰهُم بِمَا صَبَرُوا۟ جَنَّةًۭ وَحَرِيرًۭا
Wa jazaahum bimaa sabaroo janatanw wa hareeraa
Va sabr qilganliklari uchun ularni bogʻu rogʻ va ipaklar bilan mukofotladi.
-
13
مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ۖ لَا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًۭا وَلَا زَمْهَرِيرًۭا
muttaki'eena feeha 'alal araaa 'iki laa yarawna feehaa shamsanw wa laa zamhareeraa
U yerda soʻrilarda suyangan holdalar. U yerda quyoshni ham, sovuqni ham koʻrmaslar.
-
14
وَدَانِيَةً عَلَيْهِمْ ظِلَٰلُهَا وَذُلِّلَتْ قُطُوفُهَا تَذْلِيلًۭا
Wa daaniyatan 'alaihim zilaaluhaa wa zullilat qutoofu haa tazleela
Va ustilariga u(jannat)ning soyalari yaqindir hamda uning mevalari juda ham oson qilingandir.
-
15
وَيُطَافُ عَلَيْهِم بِـَٔانِيَةٍۢ مِّن فِضَّةٍۢ وَأَكْوَابٍۢ كَانَتْ قَوَارِيرَا۠
Wa yutaafu 'alaihim bi aaniyatim min fiddatinw wa akwaabin kaanat qawaareeraa
Va ularga kumush idishlar va billurlardan boʻlgan qadahlar aylantirib turilar.
-
16
قَوَارِيرَا۟ مِن فِضَّةٍۢ قَدَّرُوهَا تَقْدِيرًۭا
Qawaareera min fiddatin qaddaroohaa taqdeeraa
Billurlar, kumushsiymon, (soqiylar) oʻlchovini keltirar.
-
17
وَيُسْقَوْنَ فِيهَا كَأْسًۭا كَانَ مِزَاجُهَا زَنجَبِيلًا
Wa yusawna feehaa kaasan kaana mizaajuhaa zanjabeelaa
Va ular u yerda aralashmasi zanjabil boʻlgan qadahdan sugʻorilar
-
18
عَيْنًۭا فِيهَا تُسَمَّىٰ سَلْسَبِيلًۭا
'Aynan feeha tusammaa salsabeelaa
Uyerdagi salsabiyl, deb nomlangan buloqdan. (Zanjabiyl–yerga tomir otgan oʻsimlik turi boʻlib, tomiri tuyilib xushboʻy modda yasaladi: arablar undan oʻz ichimliklariga qoʻshib ichishni juda-juda sevadilar. Ichuvchining tomogʻidan huzur bagʻishlab, osonlik bilan oʻtuvchi sharobni arablar salsabiyl deb ataydilar. «Salsabiylan» deyilganda shunga ishora qilinyapti.)
-
19
۞ وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌۭ مُّخَلَّدُونَ إِذَا رَأَيْتَهُمْ حَسِبْتَهُمْ لُؤْلُؤًۭا مَّنثُورًۭا
Wa yatoofu 'alaihim wildaanum mukhalladoona izaa ra aytahum hasibtahum lu'lu 'am mansoora
Va ularning atrofida abadiy yosh bolalar aylanurlar, agar ularni koʻrsang, sochilgan marjon, deb oʻylarsan.
-
20
وَإِذَا رَأَيْتَ ثَمَّ رَأَيْتَ نَعِيمًۭا وَمُلْكًۭا كَبِيرًا
Wa izaa ra ayta summa ra ayta na'eemanw wa mulkan kabeera
Va agar koʻrsang, u yerda neʼmatni va ulkan mulkni koʻrarsan.
-
21
عَٰلِيَهُمْ ثِيَابُ سُندُسٍ خُضْرٌۭ وَإِسْتَبْرَقٌۭ ۖ وَحُلُّوٓا۟ أَسَاوِرَ مِن فِضَّةٍۢ وَسَقَىٰهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًۭا طَهُورًا
'Aaliyahum siyaabu sundusin khudrunw wa istabraq, wa hullooo asaawira min fiddatinw wa saqaahum Rabbuhum sharaaban tahooraa
Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istobraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sugʻorar.
-
22
إِنَّ هَٰذَا كَانَ لَكُمْ جَزَآءًۭ وَكَانَ سَعْيُكُم مَّشْكُورًا
Innaa haazaa kaana lakum jazz 'anw wa kaana sa'yukum mashkooraa
Albatta, bu sizga mukofot boʻldi, va amalingiz qabul boʻlmshdir.
-
23
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ تَنزِيلًۭا
Innaa nahnu nazzalnaa 'alaikal quraana tanzeelaa
Albatta, Biz senga Qurʼonni boʻlak-boʻlak qilib tushirdik.
-
24
فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تُطِعْ مِنْهُمْ ءَاثِمًا أَوْ كَفُورًۭا
Fasbir lihukmi Rabbika wa laa tuti' minhum aasiman aw kafooraa
Bas, Robbing hukmiga sabr qil va ulardan gunohkor yoki kofirlariga itoat qilma.
-
25
وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ بُكْرَةًۭ وَأَصِيلًۭا
Wazkuris ma Rabbika bukratanw wa aseelaa
Ertayu kech Robbing ismini zikr qil.
-
26
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَٱسْجُدْ لَهُۥ وَسَبِّحْهُ لَيْلًۭا طَوِيلًا
Wa minal laili fasjud lahoo wa sabbihhu lailan taweelaa
Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbih ayt. (Tafsirchilar «bukratan»dan murod Bamdod namozi, «asiylo»dan murod peshin va asr namozi, «Va minal layli» Shom va Xufton namozlari. «Laylan toviylo»dan murod kechasi bedorlik bilan oʻqilgan namoz deganlar.)
-
27
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ يُحِبُّونَ ٱلْعَاجِلَةَ وَيَذَرُونَ وَرَآءَهُمْ يَوْمًۭا ثَقِيلًۭا
Inna haaa'ulaa'i yuhibboona 'aajilata wa yazaroona waraaa'ahum yawman saqeelaa
Albatta, anavilar shoshgan dunyo)ni yaxshi koʻrarlar va ogʻir kunni ortlarida qoldirarlar.
-
28
نَّحْنُ خَلَقْنَٰهُمْ وَشَدَدْنَآ أَسْرَهُمْ ۖ وَإِذَا شِئْنَا بَدَّلْنَآ أَمْثَٰلَهُمْ تَبْدِيلًا
Nahnu khalaqnaahum wa shadadnaaa asrahum wa izaa shi'naa baddalnaaa amsaala hum tabdeelaa
Biz ularni yaratdik va yaratilishlarini mstahkam qildik. Va agar xohlasak ularning oʻrinlariga oʻxshashlarini keltirurmiz.
-
29
إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌۭ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًۭا
Inna haazihee tazkiratun fa man shaaa'at takhaza ilaa rabbihee sabeela
Albatta, bu(sura)eslatmadir. Bas, kim xohlasa oʻz Robbisiga yoʻl oladir.
-
30
وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًۭا
Wa maa tashaaa'oona illaa anyyashaaa'al laah; innal laahaa kaana'Aleeman Hakeema
Va Alloh xohlasagina, sizlar ham xohlarsiz. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.
-
31
يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّٰلِمِينَ أَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۢا
Yudkhilu mai yashaaa'u fee rahmatih; wazzaalimeena a'adda lahum 'azaaban aleemaa
U kimni xohlasa Oʻz rahmatiga kiritadir va zolimlar uchun alamli azoblar tayyorlab qoʻygandir.
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.