Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 75 · Makkiy · 40 Oyatlar

Sura Qiyomat

Qayta tirilish kuni

سورة القيامة
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    لَآ أُقْسِمُ بِيَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ

    Qiyomat kuni bilan qasam.

  2. 2

    وَلَآ أُقْسِمُ بِٱلنَّفْسِ ٱللَّوَّامَةِ

    Va malomatchi nafs bilan qasam.

  3. 3

    أَيَحْسَبُ ٱلْإِنسَٰنُ أَلَّن نَّجْمَعَ عِظَامَهُۥ

    (Kofir) Inson Bizni, uning suyaklarini jamlay olmas, deb oʻylarmi?

  4. 4

    بَلَىٰ قَٰدِرِينَ عَلَىٰٓ أَن نُّسَوِّىَ بَنَانَهُۥ

    Ha, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga keltirishga qodirmiz.

  5. 5

    بَلْ يُرِيدُ ٱلْإِنسَٰنُ لِيَفْجُرَ أَمَامَهُۥ

    Balki inson kelajakda fisqu fujur qilishni xohlaydir.

  6. 6

    يَسْـَٔلُ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلْقِيَٰمَةِ

    U: «Qiyomat kuni qachon?» deb soʻraydir.

  7. 7

    فَإِذَا بَرِقَ ٱلْبَصَرُ

    Qachonki koʻz dahshatda lol qolsa.

  8. 8

    وَخَسَفَ ٱلْقَمَرُ

    Va oy tutilsa.

  9. 9

    وَجُمِعَ ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ

    Va quyosh bilan oy jamlansa.

  10. 10

    يَقُولُ ٱلْإِنسَٰنُ يَوْمَئِذٍ أَيْنَ ٱلْمَفَرُّ

    Oʻshal kunda inson, qochar joy qayda? deb qolar.

  11. 11

    كَلَّا لَا وَزَرَ

    Yoʻq! Qochadigan joy yoʻq!

  12. 12

    إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ ٱلْمُسْتَقَرُّ

    U kunda istiqror faqat Robbing huzurida boʻlar.

  13. 13

    يُنَبَّؤُا۟ ٱلْإِنسَٰنُ يَوْمَئِذٍۭ بِمَا قَدَّمَ وَأَخَّرَ

    U kunda insonga avvalu oxir qilganining xabari berilar.

  14. 14

    بَلِ ٱلْإِنسَٰنُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ بَصِيرَةٌۭ

    Ha, inson oʻz nafsiga qarshi oʻzi shohiddir.

  15. 15

    وَلَوْ أَلْقَىٰ مَعَاذِيرَهُۥ

    Garchi uzr-maʼzurlarini toʻkib soladir.

  16. 16

    لَا تُحَرِّكْ بِهِۦ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِۦٓ

    Sen shoshilib, u(Qurʼon) bilan, tilingni qimirlatma.

  17. 17

    إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُۥ وَقُرْءَانَهُۥ

    Albatta, uni jamlash va oʻqib berish Bizning zimmamizdadir.

  18. 18

    فَإِذَا قَرَأْنَٰهُ فَٱتَّبِعْ قُرْءَانَهُۥ

    Bas, Biz uni oʻqisak, qiroatiga zehn solib tur.

  19. 19

    ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُۥ

    Soʻngra uni bayon qilib berish ham Bizning zimmamizdadir.

  20. 20

    كَلَّا بَلْ تُحِبُّونَ ٱلْعَاجِلَةَ

    Yoʻq! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi koʻrasizlar.

  21. 21

    وَتَذَرُونَ ٱلْءَاخِرَةَ

    Va oxiratni tark etasizlar.

  22. 22

    وُجُوهٌۭ يَوْمَئِذٍۢ نَّاضِرَةٌ

    U kunda bor chiroyli yuzlar.

  23. 23

    إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌۭ

    Robbisiga nazar soluvchilar.

  24. 24

    وَوُجُوهٌۭ يَوْمَئِذٍۭ بَاسِرَةٌۭ

    Va u kunda bor tirishib-burishgan yuzlar.

  25. 25

    تَظُنُّ أَن يُفْعَلَ بِهَا فَاقِرَةٌۭ

    Oʻziga umurtqasin sindirar ish boʻlishiga ishonar.

  26. 26

    كَلَّآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلتَّرَاقِىَ

    Yoʻq! jon halqumga kelganda.

  27. 27

    وَقِيلَ مَنْ ۜ رَاقٍۢ

    Va, qutqaruvchi kim? deganda.

  28. 28

    وَظَنَّ أَنَّهُ ٱلْفِرَاقُ

    Va, albatta, u firoqligin bilganda.

  29. 29

    وَٱلْتَفَّتِ ٱلسَّاقُ بِٱلسَّاقِ

    Va boldirlar bir-biriga almashganda.

  30. 30

    إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ ٱلْمَسَاقُ

    U kunda haydab borar joy faqat Robbinggadir. (Yaʼni, joni halqumiga kelib qolganda, uni hayotda olib qolish uchun barcha chora koʻriladi, Kim qutqararkin, deb iltijo qilinadi. Lekin iloji boʻlmay firoq vaqti kelganiga ishonch hosil boʻladi. Jon chiqqanda esa oyoqlar jonsiz boʻlib bir-biriga chalmashadi.)

  31. 31

    فَلَا صَدَّقَ وَلَا صَلَّىٰ

    Bas, u tasdiqlamadi va namoz oʻqimadi.

  32. 32

    وَلَٰكِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ

    Va lekin yolgʻonga chiqardi va yuz oʻgirdi.

  33. 33

    ثُمَّ ذَهَبَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ يَتَمَطَّىٰٓ

    Soʻng oʻz ahliga kerilib bordi.

  34. 34

    أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰ

    Holingga voy boʻlsin sening, voy boʻlsin!

  35. 35

    ثُمَّ أَوْلَىٰ لَكَ فَأَوْلَىٰٓ

    Yana holingga voy boʻlsin sening, voy boʻlsin!

  36. 36

    أَيَحْسَبُ ٱلْإِنسَٰنُ أَن يُتْرَكَ سُدًى

    Inson behuda tark qilinishning hisobini qilurmi?

  37. 37

    أَلَمْ يَكُ نُطْفَةًۭ مِّن مَّنِىٍّۢ يُمْنَىٰ

    U maniydan oqqan nutfa boʻlmaganmidi?

  38. 38

    ثُمَّ كَانَ عَلَقَةًۭ فَخَلَقَ فَسَوَّىٰ

    Soʻng alaqa boʻldi. Bas bekamu-koʻst etib yaratdi.

  39. 39

    فَجَعَلَ مِنْهُ ٱلزَّوْجَيْنِ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰٓ

    Bas undan juftni–erkak va ayolni yaratdi.

  40. 40

    أَلَيْسَ ذَٰلِكَ بِقَٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْۦِىَ ٱلْمَوْتَىٰ

    Shunday zot oʻliklarni tiriltirishga qodir emasmi?!

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.