Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 63 · Madaniy · 11 Oyatlar

Sura Munofiqun

Munofiqlar

سورة المنافقون
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُنَٰفِقُونَ قَالُوا۟ نَشْهَدُ إِنَّكَ لَرَسُولُ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّكَ لَرَسُولُهُۥ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَكَٰذِبُونَ

    Munofiqlar huzuringga kelganlarida, guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan, derlar. Holbuki, Alloh albatta sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohli berurki, albatta, munofiqlar yolgʻonchidirlar.

  2. 2

    ٱتَّخَذُوٓا۟ أَيْمَٰنَهُمْ جُنَّةًۭ فَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va (odamlarni) Allohning yoʻlidan burdilar. Bas, albatta, ularning qilgan ishlari yomon boʻldi!

  3. 3

    ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ فَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ

    Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, soʻng kofir boʻldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar.

  4. 4

    ۞ وَإِذَا رَأَيْتَهُمْ تُعْجِبُكَ أَجْسَامُهُمْ ۖ وَإِن يَقُولُوا۟ تَسْمَعْ لِقَوْلِهِمْ ۖ كَأَنَّهُمْ خُشُبٌۭ مُّسَنَّدَةٌۭ ۖ يَحْسَبُونَ كُلَّ صَيْحَةٍ عَلَيْهِمْ ۚ هُمُ ٱلْعَدُوُّ فَٱحْذَرْهُمْ ۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُ ۖ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Va agar ularni koʻrsang, jismlari seni ajablantirur va agar gapirsalar, gaplariga quloq osursan. Ular xuddi suyab quyilgan xodaga oʻxsharlar. Har qichqiriqni ziddilariga hisoblaydilar. Ular dushmandirlar. Ulardan hazir boʻl. Alloh ularga urush ochsin, haqdan qandoq oʻgirilurlar. (Bu oyatda Alloh taolo munofiqlarning baʼzi sifatlari va tasarruflarini moʻminlar ulardan ehtiyot boʻlishlari uchun bayon qilmoqda. Chunki munofiqlarning ichida chiroyli yuzli, kelishgan gavdali, soʻzga usta kishilar bor. Bunday qaraganda, kelishgan, tuppa-tuzuk odamlar, gaplari ham kishilarni rom qiladigan. Masalan, munofiqlarning oʻsha paytdagi rahbari Abdulloh ibn Ubay qomatli, chiroyli va soʻzlamol odam edi. Boshqa munofiqlardan ham unga oʻxshashlari bor edi. Paygʻambar alayhissalomning majlislariga kelib, devorga suyanib oʻtirar edilar. Sahobalar ularning qomatlariga havas bilan boqishar, gaplariga quloq solar edilar. Lekin baribir qalblari iymondan, yaxshilikdan xoli boʻlgani uchun Alloh taolo ularni devorga suyab qoʻygan xodaga oʻxshatmoqda.)

  5. 5

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ يَسْتَغْفِرْ لَكُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ لَوَّوْا۟ رُءُوسَهُمْ وَرَأَيْتَهُمْ يَصُدُّونَ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ

    Va agar ularga: «Kelinglar, Allohning Rasuli sizlarga istigʻfor aytadir», deyilsa, ular boshlarini chayqarlar. Va ularni mutakabbirlik holida yuz oʻgirayotganlarini koʻrarsan.

  6. 6

    سَوَآءٌ عَلَيْهِمْ أَسْتَغْفَرْتَ لَهُمْ أَمْ لَمْ تَسْتَغْفِرْ لَهُمْ لَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ

    Ularga istigʻfor aytasanmi yoki aytmaysanmi-ular uchun bari bir. Alloh ularni hech magʻfirat qilmas. Zero, Alloh fosiq qavmlarni hidoyatga boshlamas. (Istigʻfor aytish - gunohning kechishini Allohdan soʻrash. Suraning nozil boʻlishi haqidagi rivoyatlarda kelishicha, munofiqlarning rahbari Abdulloh ibn Ubayning yolgʻonchiligi fosh boʻlgandan soʻng kishilar unga: «Endi Rasulullohning huzurlariga borib uzr soʻra, u kishi sening gunohlaringni kechishini soʻrab Allohga duo qilsalar, gunohlaring magʻfirat qilinsa ajab emas», deyishganda, mutakabbirlik bilan bosh chayqab, bormagan ekan. Lekin oyatning hukmi hamma munofiqlar uchun bir.)

  7. 7

    هُمُ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ لَا تُنفِقُوا۟ عَلَىٰ مَنْ عِندَ رَسُولِ ٱللَّهِ حَتَّىٰ يَنفَضُّوا۟ ۗ وَلِلَّهِ خَزَآئِنُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَٰكِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَا يَفْقَهُونَ

    Ular, Rasulullohning huzuridagilarga nafaqa bermanglar, toki tarqab ketsinlar, derlar. Holbuki, osmonlaru yerning xazinalari Allohnikidir. Va lekin munofiqlar tushunmaslar.

  8. 8

    يَقُولُونَ لَئِن رَّجَعْنَآ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ لَيُخْرِجَنَّ ٱلْأَعَزُّ مِنْهَا ٱلْأَذَلَّ ۚ وَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِۦ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَلَٰكِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ لَا يَعْلَمُونَ

    Ular, agar Madinaga qaytib borsak, albatta aziz xorni undan chiqarur, derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va moʻminlariga xosdir. Lekin munofiqlar bilmaslar. (Ushbu oyati karima munofiqlar boshligʻining Paygʻambar alayhissalomni Madinadan xorlarcha quvib chiqaraman, deb qilgan doʻq-poʻpisasiga raddiya beradi. «Madinaga qaytib borsak», deyilgandan murod Mustalaq qavmiga qarshi gʻazotdan qaytib Madina shahriga borsak, deganidir. Bundan koʻrinib turibdiki, munofiqlar qarshi turli jabha va uslublarni, shu jumladan, mahalliychilikni ham ishga soladilar.)

  9. 9

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تُلْهِكُمْ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُمْ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ

    Ey iymon keltirganlar. Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalgʻitmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana oʻshalar yutqazuvchilardir.

  10. 10

    وَأَنفِقُوا۟ مِن مَّا رَزَقْنَٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ فَيَقُولَ رَبِّ لَوْلَآ أَخَّرْتَنِىٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ قَرِيبٍۢ فَأَصَّدَّقَ وَأَكُن مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Va biringizga oʻlim kelib: «Ey Robbim, agar mening oʻlimimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan boʻlsam», demasdan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling. (Rizqning asosiy manbai Allohning Oʻzidir va U odamlarga Oʻzi xohlaganicha berib qoʻygan va uning nafaqa, xayr-ehson qilib turishga buyurgan. Albatta, bu ish oʻlim kelishidan avval boʻlishi shart. Sogʻ-salomatlikda, hamma narsaga qodirlik paytda xayr-ehson qilsa, oʻrniga tushadi.)

  11. 11

    وَلَن يُؤَخِّرَ ٱللَّهُ نَفْسًا إِذَا جَآءَ أَجَلُهَا ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Alloh ajali kelgan jonni hech-hech orqaga surmas. Zero, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Oqil kishi boshiga oʻlim kelmasidan xayrli ishlarni koʻproq qilib qolishga intiladi va shunday boʻlishi ham lozim. Chunki Alloh taolo har bir gapu ishdan xabardor zotdir.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.