Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 34 · Makkiy · 54 Oyatlar

Sura Saba

Saba qavmi

سورة سبأ
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ

    Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki boʻlgan Allohga hamd boʻlsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U oʻta hikmatli, oʻta xabardor zotdir.

  2. 2

    يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۚ وَهُوَ ٱلرَّحِيمُ ٱلْغَفُورُ

    U yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U oʻta rahmli va oʻta magʻfiratli zotdir.

  3. 3

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَأْتِينَا ٱلسَّاعَةُ ۖ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتَأْتِيَنَّكُمْ عَٰلِمِ ٱلْغَيْبِ ۖ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَآ أَصْغَرُ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرُ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍۢ

    Kufr keltirganlar: «Bizga (qiyomat) soati kelmas», dedilar. Sen: «Yoʻq! Gʻoyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham gʻoyib boʻlmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.

  4. 4

    لِّيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌۭ وَرِزْقٌۭ كَرِيمٌۭ

    Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun. Ana oʻshalarga, magʻfirat va goʻzal rizq bordir. (Qiyomat qoim boʻlishi zaruratdir. Bu dunyoda iymon keltirib, oʻsha eʼtiqod taqozosi ila jonining rohatidan kechib, kuch-quvvat, zehn-zakovat va pul-mol sarflab yaxshi amallarni qilganlar bor. Ular bu dunyoning oʻzida yaxshi ishlari uchun mukofotlarini toʻla olmasliklari mumkin. Shuning uchun ham: «Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun» qiyomat qoim boʻlishi zaruratdir.)

  5. 5

    وَٱلَّذِينَ سَعَوْ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌۭ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌۭ

    Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi boʻlish uchun harakat qilganlarga esa, ana oʻshalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.

  6. 6

    وَيَرَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ هُوَ ٱلْحَقَّ وَيَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ

    Ilm berilganlar senga Robbingdan nozil qilingan narsani ayni haq deb va aziz va maqtalgan zotning yoʻliga hidoyat qilur deb bilurlar. (Barcha haqiqiy ilm sohiblari senga, ey Paygʻambar, Robbingdan nozil qilingan Qurʼon hammaning ustidan gʻolib va hamma tomondan maqtalgan zotning–Alloh taoloning yoʻliga hidoyat qiladi deb biladilar.)

  7. 7

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هَلْ نَدُلُّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍۢ يُنَبِّئُكُمْ إِذَا مُزِّقْتُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّكُمْ لَفِى خَلْقٍۢ جَدِيدٍ

    Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chogʻingizda albatta yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini koʻrsataylikmi?!

  8. 8

    أَفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَم بِهِۦ جِنَّةٌۢ ۗ بَلِ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ فِى ٱلْعَذَابِ وَٱلضَّلَٰلِ ٱلْبَعِيدِ

    U Allohga nisbatan yolgʻon toʻqidimi yoki jinni boʻlib qoldimi? « dedilar. Yoʻq! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.

  9. 9

    أَفَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَىٰ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِن نَّشَأْ نَخْسِفْ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ نُسْقِطْ عَلَيْهِمْ كِسَفًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّكُلِّ عَبْدٍۢ مُّنِيبٍۢ

    Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni koʻrmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yutdirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda (Allohga) qaytguvchi har bir banda uchun oyat-belgi bordir. (Oxiratdagi qayta tirilishni inkor etayotgan kofirlar, osmonu yerdagi, oldilariyu ortlaridagi narsalarni koʻrmaydilarmi? Ularning toʻrt tarafida Alloh taolo oʻlganlarni qayta tiriltirishga qodir ekaniga, hujjatlar toʻlib yotibdi-ku! Agar aqllari ishlamayotgan boʻlsa, koʻzlarini ochib, hushlarini joyiga keltirib qoʻyishimiz mumkin.)

  10. 10

    ۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ مِنَّا فَضْلًۭا ۖ يَٰجِبَالُ أَوِّبِى مَعَهُۥ وَٱلطَّيْرَ ۖ وَأَلَنَّا لَهُ ٱلْحَدِيدَ

    Batahqiq, Biz Dovudga Oʻzimizdan fazl berdik. «Ey togʻlar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik. (Alloh taolo Dovud alayhissalomga temirni xamirdek yumshoq qilib bergan edi. U kishi temirni olovga solib toblamasdan ham, bolgʻa bilan urmasdan ham, nimani xohlasalar, qoʻllari bilan shuni yasay olar edilar.)

  11. 11

    أَنِ ٱعْمَلْ سَٰبِغَٰتٍۢ وَقَدِّرْ فِى ٱلسَّرْدِ ۖ وَٱعْمَلُوا۟ صَٰلِحًا ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌۭ

    Va unga: «Sovutlar qilgin va bichimini oʻlchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi koʻrib turguvchiman», dedik.

  12. 12

    وَلِسُلَيْمَٰنَ ٱلرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌۭ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌۭ ۖ وَأَسَلْنَا لَهُۥ عَيْنَ ٱلْقِطْرِ ۖ وَمِنَ ٱلْجِنِّ مَن يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ۖ وَمَن يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

    Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yoʻl edi. Unga mis bulogʻini oqizib qoʻydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini totdiramiz. (Sulaymon alayhissalomga berilgan oʻsha shamol bir kunduzda ikki oylik yoʻlni yurib qoʻyar edi. U kishi misdan qiyinchiliksiz xohlagan narsalarini yasaydigan boʻldilar.)

  13. 13

    يَعْمَلُونَ لَهُۥ مَا يَشَآءُ مِن مَّحَٰرِيبَ وَتَمَٰثِيلَ وَجِفَانٍۢ كَٱلْجَوَابِ وَقُدُورٍۢ رَّاسِيَٰتٍ ۚ ٱعْمَلُوٓا۟ ءَالَ دَاوُۥدَ شُكْرًۭا ۚ وَقَلِيلٌۭ مِّنْ عِبَادِىَ ٱلشَّكُورُ

    U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.

  14. 14

    فَلَمَّا قَضَيْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَوْتَ مَا دَلَّهُمْ عَلَىٰ مَوْتِهِۦٓ إِلَّا دَآبَّةُ ٱلْأَرْضِ تَأْكُلُ مِنسَأَتَهُۥ ۖ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ ٱلْجِنُّ أَن لَّوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ ٱلْغَيْبَ مَا لَبِثُوا۟ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ

    Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga oʻlimni hukm etganimizda, ularga uning oʻlimi haqida asosini yeyayotgan yogʻoch qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular gʻaybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan boʻlishlari ayon boʻldi. (Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning jonlarini u kishi jinlarni ishlatib qoʻyib, asolariga suyanib turganlarida olgan. Jinlar esa, Sulaymon kuzatib turibdi, deb ishlarida davom etaverganlar. Alloh taoloning irodasi bilan bir yogʻoch qurti Sulaymon alayhissalom suyanib turgan asoni maʼlum miqdorda yeganidan keyin aso joyidan surilgan va Sulaymonning alayhissalom jussalari yerga yiqilgan. Jinlar shundagina, oʻz daʼvolariga qarshi oʻlaroq, gʻayb ilmini bilmasliklarini tushunib yetganlar.)

  15. 15

    لَقَدْ كَانَ لِسَبَإٍۢ فِى مَسْكَنِهِمْ ءَايَةٌۭ ۖ جَنَّتَانِ عَن يَمِينٍۢ وَشِمَالٍۢ ۖ كُلُوا۟ مِن رِّزْقِ رَبِّكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥ ۚ بَلْدَةٌۭ طَيِّبَةٌۭ وَرَبٌّ غَفُورٌۭ

    Batahqiq, sabaʼliklar uchun oʻz maskanlarida oyat-belgi bor edi–oʻng va chapdan ikki bogʻ bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne goʻzal yurtingiz va oʻta magʻfiratli Robbingiz (bor)», (dedik). (Sabaʼliklar Yaman janubida yashab oʻtgan qavmdir. Bobolari Sabaʼ ibn Yaxshab ibn Qaxoton ismi bilan «Sabaʼ qavmi», «sabaʼliklar», deb nomlanganlar. Ular juda ham hosildor yerga ega boʻlganlar. Sulaymon alayhissalom bilan qissasi oʻtgan malika ham shu yurtdan boʻlgan. Oyatda oʻsha qavm haqida xabar berilmoqda.)

  16. 16

    فَأَعْرَضُوا۟ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ سَيْلَ ٱلْعَرِمِ وَبَدَّلْنَٰهُم بِجَنَّتَيْهِمْ جَنَّتَيْنِ ذَوَاتَىْ أُكُلٍ خَمْطٍۢ وَأَثْلٍۢ وَشَىْءٍۢ مِّن سِدْرٍۢ قَلِيلٍۢ

    Ular yuz oʻgirdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bogʻlarini achchiq mevali, yulgʻunzor va bir ozgina sidrli ikki «bogʻ»ga aylantirdik. («Arim» soʻzi, katta toshlarni oqizib keladigan kuchli sel, degan maʼnoni bildiradi. «Sidr» butasiymon daraxt boʻlib, Arabistonda oʻsadi. Biroz mevasi ham boʻladi.)

  17. 17

    ذَٰلِكَ جَزَيْنَٰهُم بِمَا كَفَرُوا۟ ۖ وَهَلْ نُجَٰزِىٓ إِلَّا ٱلْكَفُورَ

    Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat oʻta noshukrlargagina jazo berurmiz.

  18. 18

    وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ ٱلْقُرَى ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا قُرًۭى ظَٰهِرَةًۭ وَقَدَّرْنَا فِيهَا ٱلسَّيْرَ ۖ سِيرُوا۟ فِيهَا لَيَالِىَ وَأَيَّامًا ءَامِنِينَ

    Biz ular bilan Oʻzimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni oʻlchovli etib qoʻygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering» (degan edik). (Alloh taolo sabaʼliklar bilan oʻzi barakotli qilgan Makka, Madina, Quddus kabi shahar-qishloqlar orasidagi yoʻllarda qishloqlar bino qilib qoʻygan edi. Sabaʼdan yoʻlga chiqqanlar qiynalmasdan qishloqlar orqali manzillariga bemalol yetib olar edilar.)

  19. 19

    فَقَالُوا۟ رَبَّنَا بَٰعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَجَعَلْنَٰهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَٰهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّكُلِّ صَبَّارٍۢ شَكُورٍۢ

    Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va oʻzlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir oʻta sabrli va oʻta shukrli uchun oyat-belgilar bordir.

  20. 20

    وَلَقَدْ صَدَّقَ عَلَيْهِمْ إِبْلِيسُ ظَنَّهُۥ فَٱتَّبَعُوهُ إِلَّا فَرِيقًۭا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini roʻyobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh moʻminlardan boshqalari unga ergashdilar.

  21. 21

    وَمَا كَانَ لَهُۥ عَلَيْهِم مِّن سُلْطَٰنٍ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يُؤْمِنُ بِٱلْءَاخِرَةِ مِمَّنْ هُوَ مِنْهَا فِى شَكٍّۢ ۗ وَرَبُّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌۭ

    Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukumronligi boʻlmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni, unda (oxiratda) shaki bordan ayrishimiz uchun boʻldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir. (Iblisda odamlarni oʻz yoʻliga majbur qilib yuritish uchun imkon ham, hukumronlik ham yoʻq. Uning igʻvosi va vasvasasi ham oʻz-oʻzidan taʼsir qilavermaydi. Alloh taolo faqat oxiratga iymoni borlarni iymoni yoʻqlardan ayirish hamda oxiratga shak-shubha bilan qaraydiganlarni alohida koʻrsatish uchun shu yoʻlni ishga soldi, xolos. Boʻlmasa, Alloh taolo kimning qandayligini azaldan yaxshi bilar edi.)

  22. 22

    قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍۢ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِن شِرْكٍۢ وَمَا لَهُۥ مِنْهُم مِّن ظَهِيرٍۢ

    Sen: «Allohdan oʻzga gumon qilgan (ilohlaringizga) duo qilaveringlar-chi?! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yoʻq. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yoʻq«, deb ayt.

  23. 23

    وَلَا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ عِندَهُۥٓ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُۥ ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمْ قَالُوا۟ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ ۖ قَالُوا۟ ٱلْحَقَّ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

    U zotning huzurida faqat Oʻzi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qoʻrqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk zotdir. (Qiyomat kuni hamma oʻzi bilan ovora boʻladi. Hatto, ulugʻ Paygʻambarlar ham, farishtalar ham biror narsa deyishga tortinib qoladilar. Birovga shafoatchilik borasida ogʻiz ocha olmaydilar. Shafoat qilishga Alloh taoloning oʻzi izn berib, sharoit yaratib bermaguncha qoʻrqinch ichida churq etmay turadilar.)

  24. 24

    ۞ قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ وَإِنَّآ أَوْ إِيَّاكُمْ لَعَلَىٰ هُدًى أَوْ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq berur?» deb ayt. «Alloh. Albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz».

  25. 25

    قُل لَّا تُسْـَٔلُونَ عَمَّآ أَجْرَمْنَا وَلَا نُسْـَٔلُ عَمَّا تَعْمَلُونَ

    Sen: «Sizlar biz qilgan jinoyatdan soʻralmassiz, biz esa siz qilgan amaldan soʻralmasmiz», deb ayt.

  26. 26

    قُلْ يَجْمَعُ بَيْنَنَا رَبُّنَا ثُمَّ يَفْتَحُ بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَهُوَ ٱلْفَتَّاحُ ٱلْعَلِيمُ

    Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, soʻngra haq ila oramizni ochiq qilur. U oʻta ochguvchi va oʻta bilguvchidir», deb ayt.

  27. 27

    قُلْ أَرُونِىَ ٱلَّذِينَ أَلْحَقْتُم بِهِۦ شُرَكَآءَ ۖ كَلَّا ۚ بَلْ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga koʻrsating. Yoʻq! Faqat aziz va hakim boʻlgan Allohgina bordir», deb ayt.

  28. 28

    وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا كَآفَّةًۭ لِّلنَّاسِ بَشِيرًۭا وَنَذِيرًۭا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Biz seni barcha odamlarga faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar.

  29. 29

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻlur?» derlar. (Kofirlar, ey Paygʻambar, ey moʻminlar, agar sizlar bizni qoʻrqitib, albatta qiyomat boʻladi, deb berayotgan vaʼdangizda rostgoʻy boʻlsangiz, ayting-chi, bu vaʼda qachon roʻyobga chiqadi, deydilar.)

  30. 30

    قُل لَّكُم مِّيعَادُ يَوْمٍۢ لَّا تَسْتَـْٔخِرُونَ عَنْهُ سَاعَةًۭ وَلَا تَسْتَقْدِمُونَ

    Sen: «Sizga bir kunning vaʼdasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt. (Sizga vaʼda qilingan kun qiyomat kunidir. Uning vaʼdasi bor. U vaʼda albatta amalga oshadi. Undan siz qochib qutila olmaysiz. Bir onki, uni ortga ham, oldga ham sura bilmaysiz. U ayni berilgan vaqtida boʻladi.)

  31. 31

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ بِهَٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَلَا بِٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ مَوْقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمْ يَرْجِعُ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ ٱلْقَوْلَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ لَوْلَآ أَنتُمْ لَكُنَّا مُؤْمِنِينَ

    Kufr keltirganlar: «Ushbu Qurʼonga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmaymiz», dedilar. Agar sen oʻsha zolimlarni Robbilari huzurida turgʻazib qoʻyilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsang edi. Oʻshanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz boʻlmaganingizda, albatta, biz moʻmin boʻlar edik», derlar. (Qurʼonga ham, undan oldingi kitoblarga ham hech qachon iymon keltirmaymiz, degan oʻsha zolimlarni qiyomat kuni mahshargohda Robbilari huzurida turgʻazib qoʻyilganlarida har biri oʻzini oqlash uchun bir-biriga gap qaytarayotganlarini koʻrsang edi. Ajoyib bir holatni, yaʼni, bu dunyodagi mutakabbirlik, manmanlik va tugʻyondan asar ham qolmaganini koʻrar eding. Ular ikkiga boʻlinib olib, bir-birlariga ayb agʻdarishlarini koʻrar eding. Ayb sizlarda, sizlarning gapingizga kirib, biz ham kofir boʻldik, mana, oqibat nima boʻldi?! deydilar.)

  32. 32

    قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوٓا۟ أَنَحْنُ صَدَدْنَٰكُمْ عَنِ ٱلْهُدَىٰ بَعْدَ إِذْ جَآءَكُم ۖ بَلْ كُنتُم مُّجْرِمِينَ

    Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan toʻsdikmi?! Yoʻq! Oʻzingiz jinoyatchi boʻldingiz», derlar.

  33. 33

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ بَلْ مَكْرُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ إِذْ تَأْمُرُونَنَآ أَن نَّكْفُرَ بِٱللَّهِ وَنَجْعَلَ لَهُۥٓ أَندَادًۭا ۚ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ وَجَعَلْنَا ٱلْأَغْلَٰلَ فِىٓ أَعْنَاقِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yoʻq! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (toʻsdi). Oʻshanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, Unga tengdoshlar qoʻshishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni koʻrgan chogʻlarida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning boʻyinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.

  34. 34

    وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍۢ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ

    Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar. (Oyati karimada biz «maishatbozlar» deb tarjima qilgan toifa maishatga berilib, barcha nozu-neʼmatlarga ega boʻlib olib hukmini oʻtkazgan, kishilarni yomonlikka boshlagan, xalqning yelkasiga minib olgan shaxslardir. Muhammad (s. a. v.) Paygʻambar boʻlib kelganlarida ham xuddi shunday holat sodir boʻldi. Ahli Makkaning maishatboz kattalari u zotga (s. a. v.) yuborilgan dinga kufr keltirganlarini eʼlon qildilar. Oddiy xalqni ham u zotga (s. a. v.) ergashishdan qaytardilar. Bu ish barcha zamon va makonda boʻlib kelgantakrorlansa, ajablanishi kerak emas.)

  35. 35

    وَقَالُوا۟ نَحْنُ أَكْثَرُ أَمْوَٰلًۭا وَأَوْلَٰدًۭا وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ

    Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz koʻproq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.

  36. 36

    قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

    Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning koʻplari bilmaslar», deb ayt.

  37. 37

    وَمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُم بِٱلَّتِى تُقَرِّبُكُمْ عِندَنَا زُلْفَىٰٓ إِلَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَأُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمْ جَزَآءُ ٱلضِّعْفِ بِمَا عَمِلُوا۟ وَهُمْ فِى ٱلْغُرُفَٰتِ ءَامِنُونَ

    Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar. (Ha, insonning ikki dunyodagi qadr-qiymati faqatgina iymoni va yaxshi amaliga qarab belgilanadi. Molu dunyo va bola-chaqa ham iymonli va solih amalli kishilargagina foyda berishi mumkin. Chunki iymonli odam molu dunyoni Alloh rozi boʻladigan ishlarga sarflaydi.)

  38. 38

    وَٱلَّذِينَ يَسْعَوْنَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُو۟لَٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ

    Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana oʻshalar azob ichiga hozir qilinganlardir. (Kimki, Alloh taoloning dini taʼsirini toʻsishga uringan boʻlsa, garchi molu dunyosi va bola-chaqasi koʻp boʻlsa ham, azobga duchor qilinadilar.)

  39. 39

    قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥ ۚ وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن شَىْءٍۢ فَهُوَ يُخْلِفُهُۥ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

    Ayt: «Albatta, Robbim rizqni Oʻz bandalaridan kimni xohlasa oʻshanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning oʻrnini U toʻldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir». (Alloh taolo xohlagan bandasining rizqini keng va hohlagan bandasining rizqini tor qilib qoʻyadi. Alloh taolo ato etgan rizqdan banda Alloh yoʻlida infoq qilsa, shundan foyda koʻradi.)

  40. 40

    وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا ثُمَّ يَقُولُ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ أَهَٰٓؤُلَآءِ إِيَّاكُمْ كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ

    Ularning barchalarini jamlaydigan, soʻngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda.

  41. 41

    قَالُوا۟ سُبْحَٰنَكَ أَنتَ وَلِيُّنَا مِن دُونِهِم ۖ بَلْ كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ ٱلْجِنَّ ۖ أَكْثَرُهُم بِهِم مُّؤْمِنُونَ

    Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiymizsan! Ular emas! Yoʻq! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Koʻplari oʻshalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar. (Arablar ichida jinlarga ibodat qiladiganlar koʻp edi. Shuning uchun ham suraning avvalida Sulaymonning alayhissalom jinlarga munosabati keltirildi.)

  42. 42

    فَٱلْيَوْمَ لَا يَمْلِكُ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍۢ نَّفْعًۭا وَلَا ضَرًّۭا وَنَقُولُ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ

    Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «Oʻzingiz yolgʻonga chiqarib yurgan olovning azobini tatib koʻring», dermiz.

  43. 43

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍۢ قَالُوا۟ مَا هَٰذَآ إِلَّا رَجُلٌۭ يُرِيدُ أَن يَصُدَّكُمْ عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُكُمْ وَقَالُوا۟ مَا هَٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌۭ مُّفْتَرًۭى ۚ وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan toʻsmoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu toʻqilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar oʻzlariga haq kelgan chogʻda: «Bu ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.

  44. 44

    وَمَآ ءَاتَيْنَٰهُم مِّن كُتُبٍۢ يَدْرُسُونَهَا ۖ وَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ قَبْلَكَ مِن نَّذِيرٍۢ

    Holbuki Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.

  45. 45

    وَكَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَمَا بَلَغُوا۟ مِعْشَارَ مَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ فَكَذَّبُوا۟ رُسُلِى ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Ulardan ilgari oʻtganlar ham (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning oʻndan biriga ham yetganlari yoʻq. Bas, Paygʻambarlarimni yolgʻonchi qildilar, ammo Mening inkorim qandoq boʻldi?!

  46. 46

    ۞ قُلْ إِنَّمَآ أَعِظُكُم بِوَٰحِدَةٍ ۖ أَن تَقُومُوا۟ لِلَّهِ مَثْنَىٰ وَفُرَٰدَىٰ ثُمَّ تَتَفَكَّرُوا۟ ۚ مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌۭ لَّكُم بَيْنَ يَدَىْ عَذَابٍۢ شَدِيدٍۢ

    Sen: «Men sizga birgina nasihat qilaman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va toʻp-toʻp turib bir fikr yuritib koʻringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yoʻq. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt. (Xohlasangiz, birov halaqit bermasligi uchun yakka-yakka turib fikr yuriting. Xohlasangiz, jamlanib, bir-biringizni toʻgʻrilab, koʻplashib fikr yuriting. Fikrlang, oʻylab koʻring-a! Sohibingiz, birodaringiz va oʻzingiz yaxshi tanigan shaxs boʻlmish Muhammadda (s. a. v.) jinga oid hech narsa yoʻq. U jinni ham emas, jinlar bilan aloqador ham emas. Uni yaxshi tanir edingiz. U esli-hushli, aqlli, tafakkurli, vazmin va obroʻyli bir odamligini yaxshi bilasiz. U aytayotgan gaplar ham jinlarning soʻzi emas, ochiq-oydin, baquvvat va hikmatli. U sizlar aytayotgandek, jinni ham, shoir ham, sehrgar ham emas.)

  47. 47

    قُلْ مَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍۢ فَهُوَ لَكُمْ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدٌۭ

    Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq soʻramadim. Bas, u sizga boʻlsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga Oʻzi shohiddir», deb ayt.

  48. 48

    قُلْ إِنَّ رَبِّى يَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ

    Sen: «Albatta, Robbim haqni otur. U zot gʻayblarni oʻta bilguvchidir», deb ayt. (Qurʼon Robbim otgan eng kuchli haqdir. Haqqa qarshi chiqib nima qilasizlar?)

  49. 49

    قُلْ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَمَا يُبْدِئُ ٱلْبَٰطِلُ وَمَا يُعِيدُ

    Sen: «Haq keldi! Botil boshlay olmas va qaytara ham olmas», deb ayt.

  50. 50

    قُلْ إِن ضَلَلْتُ فَإِنَّمَآ أَضِلُّ عَلَىٰ نَفْسِى ۖ وَإِنِ ٱهْتَدَيْتُ فَبِمَا يُوحِىٓ إِلَىَّ رَبِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌۭ قَرِيبٌۭ

    Sen: «Agar men zalolatga ketgan boʻlsam, oʻz zararimga keturman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topurman. Albatta, U zot oʻta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.

  51. 51

    وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ فَزِعُوا۟ فَلَا فَوْتَ وَأُخِذُوا۟ مِن مَّكَانٍۢ قَرِيبٍۢ

    Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yoʻq va yaqin makondan tutilishlarini bir koʻrsang edi? (Qochib qayoqqa ham borar edilar. Mahsharda, Robbul olamiyn huzurida xoru zor boʻlib turibdilar. Kuchli, shiddatli, qoʻpol va ularga nisbatan shafqatsiz farishtalar sergaklik bilan ularni kuzatib turishibdi. Kim qimir etsa, holi xarob boʻladi.)

  52. 52

    وَقَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِهِۦ وَأَنَّىٰ لَهُمُ ٱلتَّنَاوُشُ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍۢ

    Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qoʻllari qandoq yetsin?!

  53. 53

    وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِهِۦ مِن قَبْلُ ۖ وَيَقْذِفُونَ بِٱلْغَيْبِ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍۢ

    Holbuki, unga oldin kufr keltirgan edilar. Gʻoyibga uzoq joydan tosh otar edilar.

  54. 54

    وَحِيلَ بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ مَا يَشْتَهُونَ كَمَا فُعِلَ بِأَشْيَاعِهِم مِّن قَبْلُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ فِى شَكٍّۢ مُّرِيبٍۭ

    Va ular bilan oʻzlari ishtaha qilgan narsaning orasi toʻsildi. Xuddi oldin oʻtgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar. (Ular iymonga kelib, jannatga kirishni istab qoldilar. Ammo bunga imkon berilmadi. Ulardan oldin oʻtgan kofir va mushriklarga ham ayni shu muomalada boʻlingan edi.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.