Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 28 · Makkiy · 88 Oyatlar

Sura Qasas

Qissalar

سورة القصص
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    طسٓمٓ

    To. Siyn. Miym.

  2. 2

    تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Ushbular ochiq-oydin kitob oyatlaridir.

  3. 3

    نَتْلُوا۟ عَلَيْكَ مِن نَّبَإِ مُوسَىٰ وَفِرْعَوْنَ بِٱلْحَقِّ لِقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Iymon keltiradigan qavm uchun senga Muso va Firʼavnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz.

  4. 4

    إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًۭا يَسْتَضْعِفُ طَآئِفَةًۭ مِّنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَآءَهُمْ وَيَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketdi. U (oʻsha yer)ning aholisini boʻlib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, oʻgʻillarini soʻyib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzgʻunchilardan boʻlgan edi. (Ushbu oyati karimadagi: «Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketdi», degani Firʼavn butun yer yuziga hokim boʻlgan ekan, degan maʼnoni emas, balki Misr yerida «baland ketdi»–takabburlik qildi, tugʻyonga ketdi, haddan oshdi, kabi maʼnolarni beradi. Oʻzi hokim boʻlgan yer aholisini boʻlib tashlash har bir firʼavnning odati.)

  5. 5

    وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةًۭ وَنَجْعَلَهُمُ ٱلْوَٰرِثِينَ

    Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat neʼmat berishni, ularni peshvo qilishni va ularni vorislar qilishni.

  6. 6

    وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَنُرِىَ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَحْذَرُونَ

    Va yer yuzida ularga imkonlar berishni, Firʼavn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qoʻrqqan narsalarini koʻrsatishni istaymiz.

  7. 7

    وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنْ أَرْضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِى ٱلْيَمِّ وَلَا تَخَافِى وَلَا تَحْزَنِىٓ ۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qoʻrqqan chogʻingda uni daryoga tashla, qoʻrqma, xafa boʻlma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Paygʻambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik. (Arab tilshunos olimlari bu oyati karimani Qurʼoni Karimning yuksak darajadagi balogʻat va fasohatiga misol sifatida keltiradilar. Alloh taolo birgina oyatda ikkita buyruq –» emizaver» va «daryoga tashla», ikkita qaytarish–«qoʻrqma», «xafa boʻlma», ikkita bashorat–«uni senga qaytaramiz» va «Paygʻambarlardan qilguvchimiz» juftliklarini ishlatgandir. Onalari koʻngillariga Alloh taolo ilhom etgan buyruqni bajardilar. Goʻdakni sandiqqa solib, daryoga oqizib yubordilar.)

  8. 8

    فَٱلْتَقَطَهُۥٓ ءَالُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّۭا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا۟ خَٰطِـِٔينَ

    Bas, Firʼavn oilasi uni oʻzlariga dushman va gʻam-gʻussa boʻlishi uchun tutib oldilar. Albatta, Firʼavn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan boʻlgan edilar.

  9. 9

    وَقَالَتِ ٱمْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍۢ لِّى وَلَكَ ۖ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًۭا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Firʼavnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Holbuki, ular sezmasdilar.

  10. 10

    وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَٰرِغًا ۖ إِن كَادَتْ لَتُبْدِى بِهِۦ لَوْلَآ أَن رَّبَطْنَا عَلَىٰ قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Musoning onasining qalbi boʻshab qoldi. Moʻminlardan boʻlishi uchun qalbini mustahkam bogʻlamaganimizda, uni bildirib qoʻyishiga sal qoldi.

  11. 11

    وَقَالَتْ لِأُخْتِهِۦ قُصِّيهِ ۖ فَبَصُرَتْ بِهِۦ عَن جُنُبٍۢ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan koʻrdi. Holbuki, ular sezmasdilar.

  12. 12

    ۞ وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَرَاضِعَ مِن قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰٓ أَهْلِ بَيْتٍۢ يَكْفُلُونَهُۥ لَكُمْ وَهُمْ لَهُۥ نَٰصِحُونَ

    Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik. Bas, (opasi): «Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgoʻy boʻlguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi.

  13. 13

    فَرَدَدْنَٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Bas, Biz uni onasiga koʻzi quvonchga toʻlishi, xafa boʻlmasligi va, albatta, Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin koʻplari buni bilmaslar. (Alloh taolo Oʻzining hikmatli tadbiri ila Muso alayhissalomni onalariga qaytarib berdi. Oyatda taʼkidlanishicha, bundan quyidagi uchta maqsad koʻzlangan edi: 1. Muso alayhissalom ila onalarining koʻzlari quvonishi. 2. Onaning oʻgʻli Muso alayhissalom firoqi ila xafa boʻlmasligi. 3. Musoning alayhissalom onalari Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishlari. Chunki avval Alloh taolo u ayolga, Biz uni senga qaytarguvchimiz, deb vaʼda bergan edi. Ana oʻsha vaʼdasini haq ila amalga oshirdi. Ha, Alloh taolo nimani vaʼda qilsa, uni albatta bajaradi. Shunday qilib, Muso alayhissalom oilalaridan ayrilmagan holda Firʼavnning qasrida tarbiya topa boshladilar.)

  14. 14

    وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَٱسْتَوَىٰٓ ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًۭا وَعِلْمًۭا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Qachonki u voyaga yetib, mukammal boʻlganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz. (Biz «voyaga yetib» deb tarjima qilgan «balagʻa ashudda» iborasini arablar jismoniy jihatdan voyaga yetish, «mukammal boʻlganida» deb oʻgirgan «itavo» soʻzini aqliy jihatdan kamolga yetish, deb tushunadilar. Hazrati Ibn Abbos (r. a.): «Voyaga yetish oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, mukammal boʻlish oʻttizdan qirqqacha», degan ekanlar.)

  15. 15

    وَدَخَلَ ٱلْمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفْلَةٍۢ مِّنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلَانِ هَٰذَا مِن شِيعَتِهِۦ وَهَٰذَا مِنْ عَدُوِّهِۦ ۖ فَٱسْتَغَٰثَهُ ٱلَّذِى مِن شِيعَتِهِۦ عَلَى ٱلَّذِى مِنْ عَدُوِّهِۦ فَوَكَزَهُۥ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيْهِ ۖ قَالَ هَٰذَا مِنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۖ إِنَّهُۥ عَدُوٌّۭ مُّضِلٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Va u shaharga uning aholisi gʻaflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini koʻrdi. Bunisi oʻz guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, oʻz guruhidan boʻlgan dushman boʻlganga qarshi undan yordam soʻradi. Shunda Muso uni bir musht urib oʻldirib qoʻydi. U (Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yoʻldan ozdirguvchidir», dedi. (Shahar aholisi gʻaflatda boʻladigan payt, tush vaqtidir. Issiq yurtlarda, jumladan, Misrda ham tush payti shahar va qishloq aholisi kunduzgi uyquda boʻladilar. Muso alayhissalom biri oʻz qavmi–Bani Isroildan, ikkinchisi dushman–Firʼavn qavmidan boʻlgan ikki kishining urishayotganini koʻrdilar. Bani isroillik kishi Musodan alayhissalom qibtiyga qarshi yordam soʻrar edi. «Shunda Muso uni bir musht urib oʻldirib qoʻydi». Muso alayhissalom qibtiyni umuman oʻldirmoqchi emas edilar. Uning oʻlib qolganini koʻrib qattiq afsuslandilar.)

  16. 16

    قَالَ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى فَٱغْفِرْ لِى فَغَفَرَ لَهُۥٓ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    U: «Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qildim. Bas, meni magʻfirat qil», dedi. Shunda U zot uni magʻfirat qildi. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi, mehribondir.

  17. 17

    قَالَ رَبِّ بِمَآ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ فَلَنْ أَكُونَ ظَهِيرًۭا لِّلْمُجْرِمِينَ

    U: «Ey Robbim, menga bergan neʼmatning haqqi-hurmati hargiz jinoyatchilarga yordamchi boʻlmasman», dedi.

  18. 18

    فَأَصْبَحَ فِى ٱلْمَدِينَةِ خَآئِفًۭا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا ٱلَّذِى ٱسْتَنصَرَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُۥ ۚ قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰٓ إِنَّكَ لَغَوِىٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Bas, u ertalab shaharda qoʻrqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan kecha undan yordam soʻragan yana yordam soʻrab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi.

  19. 19

    فَلَمَّآ أَنْ أَرَادَ أَن يَبْطِشَ بِٱلَّذِى هُوَ عَدُوٌّۭ لَّهُمَا قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ أَتُرِيدُ أَن تَقْتُلَنِى كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًۢا بِٱلْأَمْسِ ۖ إِن تُرِيدُ إِلَّآ أَن تَكُونَ جَبَّارًۭا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْمُصْلِحِينَ

    Qachonki ikkovlariga dushman boʻlganni tutmoqchi boʻlgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi, meni oʻldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor boʻlishni istaysan va isloh qilguvchilardan boʻlishni istamaysan», dedi.

  20. 20

    وَجَآءَ رَجُلٌۭ مِّنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ يَسْعَىٰ قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ ٱلْمَلَأَ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَٱخْرُجْ إِنِّى لَكَ مِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ

    Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: «Ey Muso, aniqki, aʼyonlar seni oʻldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket! Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi.

  21. 21

    فَخَرَجَ مِنْهَا خَآئِفًۭا يَتَرَقَّبُ ۖ قَالَ رَبِّ نَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Bas, xavfsirab, alanglagan holda u yerdan: «Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi.

  22. 22

    وَلَمَّا تَوَجَّهَ تِلْقَآءَ مَدْيَنَ قَالَ عَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يَهْدِيَنِى سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ

    Qachonki Madyan tomon yuzlanganida: «Shoyadki Robbim meni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa», dedi.

  23. 23

    وَلَمَّا وَرَدَ مَآءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةًۭ مِّنَ ٱلنَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِن دُونِهِمُ ٱمْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِى حَتَّىٰ يُصْدِرَ ٱلرِّعَآءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌۭ كَبِيرٌۭ

    Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir toʻp odamlarning hayvonlarini sugʻorayotganini koʻrdi va ulardan boshqa (qoʻylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni koʻrdi. U: «Sizlarga ne boʻldi?» dedi. Ular: «Choʻponlar qaytmagunlaricha sugʻora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar.

  24. 24

    فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ إِلَى ٱلظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّى لِمَآ أَنزَلْتَ إِلَىَّ مِنْ خَيْرٍۢ فَقِيرٌۭ

    Bas, ikkovlariga sugʻorib berdi. Soʻngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi. (Muso alayhissalom haligi ikki ayolning hayvonlarini sugʻorib berdilar. Buni oʻzlarining erkak kishilik burchi, deb bildilar. Demak, kun issiq ekan. Avval ham soyada oʻtirgan edilar. Lekin qiynalayotgan ikki ayolni koʻrib, gʻoyatda charchagan, horib-tolgan, ochiqqan boʻlsalar ham, turib ularga yordam berdilar. Qaytib borib yana soyadan joy oldilar. Yana yolgʻiz qoldilar. Yana muhojirlik gʻurbatini his etdilar. Yolgʻizning yori xudo, deb yana Robbul Olamiynga iltijo qilib: «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedilar.)

  25. 25

    فَجَآءَتْهُ إِحْدَىٰهُمَا تَمْشِى عَلَى ٱسْتِحْيَآءٍۢ قَالَتْ إِنَّ أَبِى يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَآءَهُۥ وَقَصَّ عَلَيْهِ ٱلْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ ۖ نَجَوْتَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sugʻorib berganing haqqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qoʻrqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi. (Qizlar otasiga hayvonlarini sugʻorib bergan gʻarib yigit haqida, uning mardligi, shijoatligi, yana oʻzi yolgʻiz soyada oʻtirib qolganligi haqida soʻzlab berishgan. Oʻshanda otalari qizlardan birini oʻsha gʻarib yigitni chaqirib kelish uchun yuboradi. Muso alayhissalom bu chaqiriqni qabul qilib, cholning oldiga boradilar. Muso alayhissalom uy egasiga boshlaridan oʻtgan qissani gapirib berdilar. Koʻpni koʻrgan tajribali chol u kishining koʻnglini koʻtarib, qoʻrqma, endi qutulib ketding, degan maʼnoni aytdi.)

  26. 26

    قَالَتْ إِحْدَىٰهُمَا يَٰٓأَبَتِ ٱسْتَـْٔجِرْهُ ۖ إِنَّ خَيْرَ مَنِ ٱسْتَـْٔجَرْتَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْأَمِينُ

    Ikki (qiz)dan biri: «Ey otaginam, uni ishga yollab ol. Chunki ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi.

  27. 27

    قَالَ إِنِّىٓ أُرِيدُ أَنْ أُنكِحَكَ إِحْدَى ٱبْنَتَىَّ هَٰتَيْنِ عَلَىٰٓ أَن تَأْجُرَنِى ثَمَٰنِىَ حِجَجٍۢ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًۭا فَمِنْ عِندِكَ ۖ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar oʻn yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamayman. Inshaalloh, mening solih kishilardan ekanimni koʻrasan», dedi.

  28. 28

    قَالَ ذَٰلِكَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ ۖ أَيَّمَا ٱلْأَجَلَيْنِ قَضَيْتُ فَلَا عُدْوَٰنَ عَلَىَّ ۖ وَٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌۭ

    U (Muso): «Bu men bilan sening oramizdadir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham, menga tajovuz qilinmas. Aytayotgan narsamizga Alloh vakildir», dedi.

  29. 29

    ۞ فَلَمَّا قَضَىٰ مُوسَى ٱلْأَجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِۦٓ ءَانَسَ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ نَارًۭا قَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓا۟ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًۭا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍۢ مِّنَ ٱلنَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ

    Qachonki, Muso muddatni tugatib, ahli bilan yoʻlga tushib ketayotib, Tur tomonda uzoqdan olovni koʻrib qoldi. U ahliga: «Turib turinglar, aniqki, men uzoqdan olovni koʻrdim. Balki u yerdan sizga biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ olib kelarman», dedi. (Muso alayhissalom qayinotasi bilan kelishgan muddatni oʻtab, ahli ayollarini olib Misrga qaytish uchun yoʻlga chiqdilar. Yoʻlda, Siyna yarim orolidagi Tur togʻiga yaqinlashganda, togʻ tomonda uzoqdan bir olov yonib turganini koʻrdilar.)

  30. 30

    فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ مِن شَٰطِئِ ٱلْوَادِ ٱلْأَيْمَنِ فِى ٱلْبُقْعَةِ ٱلْمُبَٰرَكَةِ مِنَ ٱلشَّجَرَةِ أَن يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّىٓ أَنَا ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Bas, qachonki uning oldiga yetib kelganida, vodiyning oʻng tomonidan, muborak joydan, daraxtdan unga: «Ey Muso, albatta, Men, Oʻzim, olamlarning Robbi Allohdirman.

  31. 31

    وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّۭ وَلَّىٰ مُدْبِرًۭا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَٰمُوسَىٰٓ أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ ۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلْءَامِنِينَ

    Va asongni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini koʻrgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qoʻrqma, albatta, sen omonlikdagilardansan» (deyildi). (Bu hol haqiqatda ajoyib edi. Bepoyon sahrodagi togʻning oʻng tomonida, muborak bir joyda Alloh taolo farishtani ham oʻrtaga qoʻymay, Musoga alayhissalom bevosita oʻzi nido qilmoqda. Bu joy haqiqatda ham muborak bir joy edi. Bu payt, shubhasiz, muborak bir payt edi. Bu nido haqiqatda ham muborak bir nido edi.)

  32. 32

    ٱسْلُكْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍۢ وَٱضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ ٱلرَّهْبِ ۖ فَذَٰنِكَ بُرْهَٰنَانِ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    «Qoʻlingni yoqangdan (qoʻltigʻingga) suq, biron nuqsonsiz oppoq boʻlib chiqur va qoʻrquvda qanot(qoʻl)ingni oʻzingga tortib ol. Bas, shu ikkisi Robbingdan Firʼavn va uning odamlariga ikki hujjatdir. Albatta, ular fosiq qavm boʻldilar» (deyildi).

  33. 33

    قَالَ رَبِّ إِنِّى قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًۭا فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ

    U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni oʻldirganman, ular meni oʻldirishlaridan qoʻrqurman.

  34. 34

    وَأَخِى هَٰرُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّى لِسَانًۭا فَأَرْسِلْهُ مَعِىَ رِدْءًۭا يُصَدِّقُنِىٓ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ

    Birodarim Horun mendan koʻra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydir. Zero, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqurman», dedi. (Men ulardan bani isroillik bilan urishayotgan qibtiyni bilmasdan, noxosdan oʻldirib qoʻyganman. Firʼavn aʼyonlari meni oʻldirish uchun til biriktirayotganlarida qochib ketganman. Endi yana kirib borsam, ularning eski adovati qoʻzib meni oʻldirib qoʻysalar, diniy daʼvat ishi nima boʻladi, deb qoʻrqaman. Mening tilimda bir oz duduqlik bor, ogʻam Horun esa, tili burro odam. Kofirlar bilan tortishuvlarda ish beradi. Uni ham men bilan birga Paygʻambar qilib yubor. U ham men bilan birga Paygʻambar boʻlib, meni tasdiqlasin.)

  35. 35

    قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَٰنًۭا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا ۚ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنتُمَا وَمَنِ ٱتَّبَعَكُمَا ٱلْغَٰلِبُونَ

    U zot: «Biz seni ogʻang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar gʻolibdirsiz», dedi. (Demak, Muso va Horun alayhissalom hamda ularga ergashganlar gʻolib boʻlishlari turgan gap. Gʻalabaga erishish uchun Allohning oyatlari bilan harakat qilinsa, bas. Shunday harakat boʻldi ham.)

  36. 36

    فَلَمَّا جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا بَيِّنَٰتٍۢ قَالُوا۟ مَا هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّفْتَرًۭى وَمَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ

    Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma, sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar. (Koʻzlariga koʻrinib turgan moʻʼjizani, koʻzboʻyamachilik, sehrdan oʻzga narsa emas, u uydirmadir, dedilar. Allohning Paygʻambariga qarshi, Allohning moʻʼjizalariga qarshi bunday gapni aytishga biror dalil-hujjatlari bormidi? Albatta, yoʻq edi. Ota-bobolaridan eshitmaganlari uchun Allohning Paygʻambarini yolgʻonchi qilib, moʻʼjizasani sehr deyishlari toʻgʻrimi?! Ularning ota-bobolari kim edi oʻzi? Dunyoning oxirigacha boʻladigan narsalarni koʻrsatib ketishganmi?!)

  37. 37

    وَقَالَ مُوسَىٰ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ مِنْ عِندِهِۦ وَمَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Va Muso: «Robbim Oʻz huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga boʻlishini ham yaxshi bilguvchi zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi. (Kufr keltirib, Allohning Paygʻambarini inkor etib, Allohning oyat-moʻʼjizalarini sehr deb zulm qilganlar najot topmaslar.)

  38. 38

    وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرِى فَأَوْقِدْ لِى يَٰهَٰمَٰنُ عَلَى ٱلطِّينِ فَٱجْعَل لِّى صَرْحًۭا لَّعَلِّىٓ أَطَّلِعُ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    Va Firʼavn: «Ey aʼyonlar, men sizlarga oʻzimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey Homon, loyga oʻt yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini koʻrsay. Albatta, men uni yolgʻonchilardan deb oʻylamoqdaman», dedi. (Xudolik daʼvosida boʻlgan ahmoq firʼavnlar oʻylamay, ogʻziga nima kelsa gapiraveradi. Vaziriga nimani xohlasa, buyuraveradi. Homon loyga oʻt yoqib gʻisht pishirib, oʻta baland qasr qurarmish, Firʼavn unga chiqib, osmonda Allohni koʻrar emish. Alloh osmonda sening chiqishingga qarab turadigan zotmidi?! Senga oʻxshagan iflos Allohning dargohiga bora olarmidi?! Osmon senga oʻxshash bandalar uchun Alloh taolo tomonidan yaratilgan bir narsa-ku, nima uchun Allohni osmon bilan chegaralab qoʻymoqchisan?! Ushbu savollar ham oʻzini xudo sanayotgan Firʼavning naqadar esi past ekanini tushunishga yordam beradi. Oʻsha esi past maxluq oʻzining ahmoqona gapi bilan Alloh yuborgan Paygʻambar Musoni alayhissalom yolgʻonchiga chiqarmoqda.)

  39. 39

    وَٱسْتَكْبَرَ هُوَ وَجُنُودُهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ إِلَيْنَا لَا يُرْجَعُونَ

    U va uning askarlari yer yuzida nohaqdan takabburlik qildilar hamda oʻzlarini Bizga qaytarilmaydilar deb gumon qildilar.

  40. 40

    فَأَخَذْنَٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik. Endi zolimlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar sol.

  41. 41

    وَجَعَلْنَٰهُمْ أَئِمَّةًۭ يَدْعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا يُنصَرُونَ

    Va ularni doʻzaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni esa, ularga yordam berilmas. (Axir, bu dunyodan nohaq takabburlik qilib, doʻzaxga daʼvat boʻyicha peshvolik bilan oʻtgan boʻlsalar, ularga qanday qilib yordam berilishi mumkin?)

  42. 42

    وَأَتْبَعْنَٰهُمْ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةًۭ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ هُم مِّنَ ٱلْمَقْبُوحِينَ

    Va bu dunyoda ularga laʼnatni ergashtirib qoʻydik. Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandirlar.

  43. 43

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ مِنۢ بَعْدِ مَآ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ ٱلْأُولَىٰ بَصَآئِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan soʻng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki ular eslasalar.

  44. 44

    وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلْغَرْبِىِّ إِذْ قَضَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَى ٱلْأَمْرَ وَمَا كُنتَ مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ

    Biz Musoga ishni hukm qilgan paytimizda sen gʻarbiy tomonda emas eding va guvohlardan ham boʻlmagansan. ( Ey Muhammad! Musoga Paygʻambarlikni, Tavrot va uning hukmini bergan paytimizda Tur togʻining gʻarbiy tomonida yoʻq eding. Bu ishga guvohlardan ham boʻlmagansan.)

  45. 45

    وَلَٰكِنَّآ أَنشَأْنَا قُرُونًۭا فَتَطَاوَلَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۚ وَمَا كُنتَ ثَاوِيًۭا فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ تَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا وَلَٰكِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ

    Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri choʻzildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yoʻq. Ammo Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.

  46. 46

    وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلطُّورِ إِذْ نَادَيْنَا وَلَٰكِن رَّحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًۭا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍۢ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Biz nido qilgan chogʻimizda Turning yonida yoʻq eding. Lekin Robbingdan rahmat sifatida sendan oldin ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirish uchun (qissalarni senga bildirdik). Shoyadki eslasalar. (Yaʼni, Biz Musoga Tur togʻining yonida nido qilganimizda sen u yerda yoʻq eding. Ammo Biz u yerda boʻlib oʻtgan qissani senga bildirdik. Bu ish sendan oldin ogohlantirguvchi-Paygʻambar kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingning senga bergan rahmatidir. Shoyadki ushbu qissalar taʼsirida ular eslashlari lozim boʻlgan narsalarni esga olsalar.)

  47. 47

    وَلَوْلَآ أَن تُصِيبَهُم مُّصِيبَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَيَقُولُوا۟ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًۭا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Agar ularga qilmishlari tufayli musibat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va moʻminlardan boʻlar edik», demasalar edi.

  48. 48

    فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوا۟ لَوْلَآ أُوتِىَ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ مُوسَىٰٓ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُوا۟ بِمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ مِن قَبْلُ ۖ قَالُوا۟ سِحْرَانِ تَظَٰهَرَا وَقَالُوٓا۟ إِنَّا بِكُلٍّۢ كَٰفِرُونَ

    Qachonki ularga Bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr oʻrtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar. (Ha, Muhammaddan (s. a. v.) ilgari ular Musoga alayhissalom tushgan narsaga ham kufr keltirgan edilar. Endi boʻlsa, Muhammadga (s. a. v.) iymon keltirmasliklariga Musoga alayhissalom berilgan narsaga oʻxshash narsa u kishiga berilmaganini sabab turibdilar. Ular «ikki sehr» deb Tavrot bilan Qurʼonn nazarda tutishyapti. Tavrot ham, Qurʼon ham sehrdir, ular birga oʻrtaga chiqib, bir-biriga yordam bermoqda, biz har ikkisiga ham kufr keltiruvchilarmiz, deyishyapti.)

  49. 49

    قُلْ فَأْتُوا۟ بِكِتَٰبٍۢ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ هُوَ أَهْدَىٰ مِنْهُمَآ أَتَّبِعْهُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Sen: «Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, Allohning huzuridagi u ikkisidan koʻra toʻgʻriroq bir kitob keltiring, men unga ergashaman», degin.

  50. 50

    فَإِن لَّمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَكَ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ بِغَيْرِ هُدًۭى مِّنَ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan boʻlgan hidoyatsiz, oʻz havoi nafsiga ergashgandan koʻra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (Qurʼonga ergashmagan har bir kimsa havoi nafsi yoʻlida yurgan boʻladi. Havoi nafsi ixtiyoridagi har bir kimsa dunyodagi eng gumroh kimsadir. Agar bunga eʼtiroz boʻlsa, Qurʼondan koʻra toʻgʻriroq kitobni keltirsin!)

  51. 51

    ۞ وَلَقَدْ وَصَّلْنَا لَهُمُ ٱلْقَوْلَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ

    Batahqiq, Biz ularga gapni yetkazib qoʻydik. Shoyadki eslasalar.

  52. 52

    ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِهِۦ هُم بِهِۦ يُؤْمِنُونَ

    U(Qurʼon)dan oldin kitob berilganlar unga iymon keltirurlar. (Bu oyati karima tushgan paytda yahudiylardan ham, masihiylardan ham iymon keltirib, moʻmin-musulmon boʻlgan kishilar bor edi. Oyatda ana shunga ishora qilinmoqda.)

  53. 53

    وَإِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِهِۦٓ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّنَآ إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلِهِۦ مُسْلِمِينَ

    Ularga tilovat qilingan choqda: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar.

  54. 54

    أُو۟لَٰٓئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُم مَّرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُوا۟ وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Ana oʻshalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan. Ular yaxshilik ila yomonlikni daf qilurlar va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar.

  55. 55

    وَإِذَا سَمِعُوا۟ ٱللَّغْوَ أَعْرَضُوا۟ عَنْهُ وَقَالُوا۟ لَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ لَا نَبْتَغِى ٱلْجَٰهِلِينَ

    Qachonki behuda narsa eshitsalar, undan yuz oʻgirib: «Bizga oʻz amallarimiz, sizga oʻz amallaringiz, omon boʻlinglar, biz johillarni istamasmiz», dedilar.

  56. 56

    إِنَّكَ لَا تَهْدِى مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ

    Albatta, sen oʻzing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, oʻshani hidoyat qilur. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi zotdir. (Demak, odamlarni hidoyat qilish faqat Alloh taoloning izmidadir. Allohdan boshqa hech kim, hatto oxirzamon Paygʻambarining (s. a. v.) ham bu ishga qurblari yetmaydi. Agar u zot (s. a. v.) biror kishini hidoyat qilish imkoniga ega boʻlganlarida, amakilari Abu Tolibni hidoyat qilgan boʻlar edilar. Ammo buning imkoni boʻlmadi. Abu Tolib hidoyatga muyassar boʻlmay dunyodan oʻtdi. Bunga Rasuli Akram (s. a. v.) qattiq afsus chekdilar. Alloh taolo esa, bu haqda Paygʻambariga ushbu oyatdagi bayonotni berdi.)

  57. 57

    وَقَالُوٓا۟ إِن نَّتَّبِعِ ٱلْهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفْ مِنْ أَرْضِنَآ ۚ أَوَلَمْ نُمَكِّن لَّهُمْ حَرَمًا ءَامِنًۭا يُجْبَىٰٓ إِلَيْهِ ثَمَرَٰتُ كُلِّ شَىْءٍۢ رِّزْقًۭا مِّن لَّدُنَّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Ular: «Agar sen bilan hidoyatga ergashsak, oʻz yerimizdan yulib olinamiz», dedilar. Biz ularga omonlik haramini makon qilib bermadikmi?! U yerga har narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq oʻlaroq yigʻiladi-ku! Ammo koʻplari bilmaslar.

  58. 58

    وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍۭ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلْكَ مَسَٰكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَن مِّنۢ بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًۭا ۖ وَكُنَّا نَحْنُ ٱلْوَٰرِثِينَ

    Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar, ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz oʻzimiz voris boʻlib qoldik.

  59. 59

    وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبْعَثَ فِىٓ أُمِّهَا رَسُولًۭا يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا ۚ وَمَا كُنَّا مُهْلِكِى ٱلْقُرَىٰٓ إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَٰلِمُونَ

    Robbing shahar-qishloqlarni to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Paygʻambar yubormasdan turib halok qiluvchi boʻlmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim boʻlgan holdagina halok qilguvchi boʻlganmiz. (Alloh taoloning odati shuki, insonlarga jon, aql-idrok berib qoʻysa ham, yana Paygʻambar orqli ogohlantirmasdan turib ularni halok qilmaydi. Paygʻambarni qachon va qayerga yuborishni oʻzi biladi. Mana, Makka ahliga ham Paygʻambar kelmagan edi. Endi Muhammadni (s. a. v.) yubordi. U kishini faqat Makka ahliga emas, balki barcha makon va zamonlarga ogohlantirguvchi Paygʻambar qilib yubordi.)

  60. 60

    وَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍۢ فَمَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتُهَا ۚ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ وَأَبْقَىٰٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi?

  61. 61

    أَفَمَن وَعَدْنَٰهُ وَعْدًا حَسَنًۭا فَهُوَ لَٰقِيهِ كَمَن مَّتَّعْنَٰهُ مَتَٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ثُمَّ هُوَ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ

    Biz unga goʻzal vaʼda qilgan, keyin oʻshanga erishuvchi kishi bu hayoti dunyo matohini berganimizdan soʻngra qiyomat kuni (azobga) hozir qilinganlardan boʻlgan kishi kabi boʻlarmidi?! (Bu oyati karimada moʻmin bilan kofir bir-birlariga solishtirib koʻrsatilmoqda. Bir tomonda moʻmin kishi. Unga Alloh taolo moʻminligi uchun bu dunyoda goʻzal yashashni, u dunyoda goʻzal jannatga ega boʻlishni vaʼda qilgan. Ikkinchi tomonda kofir kishi. Alloh taolo unga hayoti dunyoning ozgina matohini bergan. Keyin u dunyoda azoblash uchun doʻzaxni tayyorlab qoʻyadi. Xoʻsh, shu ikki kishini oʻzaro teng deya olamizmi? Albatta, yoʻq!)

  62. 62

    وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

    U zot ularni chaqirgan kunida: «Siz daʼvo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» deydir.

  63. 63

    قَالَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَغْوَيْنَآ أَغْوَيْنَٰهُمْ كَمَا غَوَيْنَا ۖ تَبَرَّأْنَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كَانُوٓا۟ إِيَّانَا يَعْبُدُونَ

    Ustilariga soʻz(langan azob) tushishi haq boʻlganlar: «Ey Robbimiz, anavi yoʻldan ozdirganlarimizni oʻzimiz yoʻldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga oʻzimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar.

  64. 64

    وَقِيلَ ٱدْعُوا۟ شُرَكَآءَكُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُمْ وَرَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ۚ لَوْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَهْتَدُونَ

    Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqiradrlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni koʻrurlar. Koshki, hidoyat topgan boʻlganlarida edi! (Qani, u dunyoda ibodat qilib yurgan xudolarini endi chaqirsinlar, ularga yordam berishsin. Hozir yordam berishmasa, qachon yordam berishadi? Mushriklar Allohga sherik qilgan soxta xudolarini chaqiradilar. «Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar». Bu dunyoda javob bera olmagan soxta xudolar u dunyoda javob bera bilarmidi? Demak, mushriklarning umidlari uzildi. Ana shunda ular «azobni koʻrurlar».)

  65. 65

    وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ مَاذَآ أَجَبْتُمُ ٱلْمُرْسَلِينَ

    U kunda, U zot ularga nido qilib: «Paygʻambarlarga nima deb javob berdingiz», der.

  66. 66

    فَعَمِيَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَنۢبَآءُ يَوْمَئِذٍۢ فَهُمْ لَا يَتَسَآءَلُونَ

    Ana oʻsha kunda xabarlar ulardan maxfiy boʻlur va ular bir-birlaridan soʻray olmaslar ham.

  67. 67

    فَأَمَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا فَعَسَىٰٓ أَن يَكُونَ مِنَ ٱلْمُفْلِحِينَ

    Ammo tavba qilganlar, iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilar shoyadki najot topguvchilardan boʻlsalar.

  68. 68

    وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ وَيَخْتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yoʻqdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir.

  69. 69

    وَرَبُّكَ يَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ

    Va Robbing ularning qalblari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham bilur.

  70. 70

    وَهُوَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْأُولَىٰ وَٱلْءَاخِرَةِ ۖ وَلَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    U Alloh, Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yoʻq zotdir. Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir. Hukm ham Uning Oʻzigadir va Ungagina qaytarilursizlar.

  71. 71

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِضِيَآءٍ ۖ أَفَلَا تَسْمَعُونَ

    Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizga yorugʻlik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt.

  72. 72

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلنَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِلَيْلٍۢ تَسْكُنُونَ فِيهِ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

    Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Koʻrmaysizlarmi?!» deb ayt.

  73. 73

    وَمِن رَّحْمَتِهِۦ جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    U zot Oʻz rahmati ila sizlarga kecha va kunduzni orom olishingiz va oʻz fazlidan talab qilishingiz uchun paydo qildi. Shoyadki shukr keltirsangiz.

  74. 74

    وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

    U kunda, U zot ularga nido qilib: «Sizlar daʼvo qilgan «sherik»larim qani?» deydir.

  75. 75

    وَنَزَعْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍۢ شَهِيدًۭا فَقُلْنَا هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ فَعَلِمُوٓا۟ أَنَّ ٱلْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va oʻzlari uydirib yurgan narsalari gʻoyib boʻlur. (Qiyomat kunida Alloh taolo har ummatning Paygʻambarini guvoh sifatida chiqarib olib, ummatlarga, mening sherigim borligi haqida qilgan daʼvolaringizga hujjatlaringizni keltiring, deydi. Ularning oʻzlari oʻylab topgan soxta xudolari gʻoyib boʻlib qoladi. Ana oʻshanda sharmandalari chiqadi.)

  76. 76

    ۞ إِنَّ قَٰرُونَ كَانَ مِن قَوْمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيْهِمْ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ مِنَ ٱلْكُنُوزِ مَآ إِنَّ مَفَاتِحَهُۥ لَتَنُوٓأُ بِٱلْعُصْبَةِ أُو۟لِى ٱلْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُۥ قَوْمُهُۥ لَا تَفْرَحْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْفَرِحِينَ

    Albatta, Qorun Muso qavmidan boʻlib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham ogʻirlik qiladigan xazinalarni bergan edik. Oʻshanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas. (Demak, Qorun Muso alayhissalomning, yaʼni, Bani Isroil qavmidan boʻlib, qavmiga takabburlik qilgan. Qorun katta boylikka uchib, qavmiga takabburlik qildi. Molu mulki shu darajada koʻp ediki, xazinalarining kalitlarini koʻtarish bir toʻda kuchli odamlarga ham ogʻirlik qilar edi. Oʻsha vaqtda shunchalik molga egalik uni hovliqtirib yuboradi. Shu sababli, oʻz qavmiga takabburlik qiladi.)

  77. 77

    وَٱبْتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلْءَاخِرَةَ ۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِن كَمَآ أَحْسَنَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ ٱلْفَسَادَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzgʻunchilikni izlama. Albatta, Alloh buzgʻunchilarni suymas», dedilar. (Alloh taolo bergan molu dunyoga qanday munosabatda boʻlish kerakligi ushbu oyati karimada oʻz aksini topgan. Musulmon banda qoʻliga molu dunyo tushganda oʻzini xuddi shu oyatga mos tutmogʻi lozim. Musulmon odam, avvalo, Alloh bergan molu dunyo bilan oxiratni izlashga intiladi. Yaʼni, molu mulkini shariatda koʻrsatilgan, oxiratda foyda beradigan joylarga sarflaydi. Harom-xarish, gunoh, fisqu fujur va behuda ishlarga sarf etmaydi. Chunki behuda ishlarga sarflangan molu dunyo bu dunyoda ham, u dunyoda ham foyda bermaydi. Aksincha, ikki dunyoda ham ziyon keltiradi. Lekin musulmon odam oxiratni oʻylab, bu dunyosini tark qilib-unutib ham yubormaydi.)

  78. 78

    قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍ عِندِىٓ ۚ أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِن قَبْلِهِۦ مِنَ ٱلْقُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةًۭ وَأَكْثَرُ جَمْعًۭا ۚ وَلَا يُسْـَٔلُ عَن ذُنُوبِهِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ

    U: «Menga u faqat oʻzimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. U, albatta, Alloh undan oldingi asrlarda undan koʻra quvvatliroq, undan koʻra koʻproq (mol) toʻplaganlarni halok etganini bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida soʻrab oʻtirilmas.

  79. 79

    فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ فِى زِينَتِهِۦ ۖ قَالَ ٱلَّذِينَ يُرِيدُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا يَٰلَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَآ أُوتِىَ قَٰرُونُ إِنَّهُۥ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍۢ

    Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan boʻlsa edi. Haqiqatda u ulugʻ nasiba egasidir», dedilar. (Molu dunyosiga ishonib mutakabbirlik bilan gʻururga ketgan, dunyoda buzgʻunchilik qilishga uringan, noshukr odamga faqat hayoti dunyoni oʻylaydigan kishilargina havas qilishi mumkin. Ushbu dunyoning besh kunlik matohiga erishishdan boshqa maqsadi yoʻqlargina oʻsha tugʻyonkor, buzgʻunchiga oʻxshagan boʻlishni orzu qilishi mumkin. Ana oʻshalargina gʻururga ketgan mazkur mutakabbirni «ulugʻ nasiba egasi, deyishi mumkin.)

  80. 80

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ ٱللَّهِ خَيْرٌۭ لِّمَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًۭا وَلَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلصَّٰبِرُونَ

    Ilm berilganlar esa: «Voy boʻlsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar.

  81. 81

    فَخَسَفْنَا بِهِۦ وَبِدَارِهِ ٱلْأَرْضَ فَمَا كَانَ لَهُۥ مِن فِئَةٍۢ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُنتَصِرِينَ

    Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yutdirdik. Unga Alloh (azobi)dan yordam beradigan guruh ham boʻlmadi, uning oʻzi nusratga erishguvchilardan ham boʻlmadi. (Hammasi oddiygina tugadi. Qorunni ham, hovli-joyini ham yer yutdi-qoʻydi. Qorun ham, uning boyliklari ham, kibru havosi ham yoʻq boʻldi-ketdi. Qorunga Allohning azobi kelganida unga yordam beruvchi topilmadi. Uning oʻzi ham ilmi ila, molu dunyosi ila oʻzini qutqarib qola olmadi.)

  82. 82

    وَأَصْبَحَ ٱلَّذِينَ تَمَنَّوْا۟ مَكَانَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَآ أَن مَّنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَٰفِرُونَ

    Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan Oʻzi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga oʻxshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yutgizar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga oʻxshaydi-ku!» deyishga oʻtdilar. (Hayoti dunyoga berilgan gʻofillarning koʻzi shunga oʻxshash falokatlar vaqtida ochilishi mumkin. Qorunni va uning hovli-joyini yer yutganidan keyingina unga havas qilayotgan hayoti dunyo ixlosmandlarining koʻzi ochildi.)

  83. 83

    تِلْكَ ٱلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّۭا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فَسَادًۭا ۚ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ

    Oʻsha oxirat diyorini Biz yer yuzida takabburlik va buzgʻunchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir. (Oʻsha ilmlilar aytgan oxirat diyorini yer yuzida Qorun kabi takabburlik va buzgʻunchilik qilmaganlar, ularning yer yuzida boʻlishini istamaydiganlarga beramiz. Kim taqvodor boʻlsa, oqibat yaxshi boʻladi.)

  84. 84

    مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌۭ مِّنْهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى ٱلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Kim bir yaxshilik keltirsa, unga u(yaxshiligi)dan koʻra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar. (Yaʼni, yaxshilikning savobi koʻpaytirib beriladi. Yomonlik esa, oʻz holicha jazoga tortiladi. U koʻpaytirilmaydi.)

  85. 85

    إِنَّ ٱلَّذِى فَرَضَ عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لَرَآدُّكَ إِلَىٰ مَعَادٍۢ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ مَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ وَمَنْ هُوَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Senga Qurʼonni farz qilgan zot, albatta, seni qaytar joyga qaytarguvchidir. Sen: «Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb ayt. (Sen ona yurtingdan hijrat qilib ketishga majbur boʻlayotganingdan oʻkinma. Senga Qurʼon tilovati va unga amal qilishni farz qilgan zot–Alloh, albatta, seni qaytar joyga–Makkaga yana qaytarguvchidir.)

  86. 86

    وَمَا كُنتَ تَرْجُوٓا۟ أَن يُلْقَىٰٓ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبُ إِلَّا رَحْمَةًۭ مِّن رَّبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرًۭا لِّلْكَٰفِرِينَ

    Sen oʻzingga kitob tushirilishidan umidvor ham emas eding. Illo, Robbing rahmati boʻlib (tushdi). Bas, hargiz kofirlarga yordamchi boʻlma.

  87. 87

    وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بَعْدَ إِذْ أُنزِلَتْ إِلَيْكَ ۖ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Va seni ular hargiz senga tushirilgan Allohning oyatlaridan toʻsmasinlar. Robbingga daʼvat qil. Aslo mushriklardan boʻlma.

  88. 88

    وَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۘ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُۥ ۚ لَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Allohdan oʻzga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Undan oʻzga har bir narsa halok boʻlguvchidir. Hukm Uning Oʻzigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz. (Sen ularning gap-soʻzlariga, xohish-istaklariga qarab oʻtirma. Allohning oyatlariga amal qilishda davom etaver.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.