Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 27 · Makkiy · 93 Oyatlar

Sura Naml

Chumolilar

سورة النمل
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    طسٓ ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْقُرْءَانِ وَكِتَابٍۢ مُّبِينٍ

    To. Siyn. Ushbular Qurʼon-ochiq kitob oyatlaridir.

  2. 2

    هُدًۭى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ

    Moʻminlar uchun hidoyat va xushxabardir.

  3. 3

    ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْءَاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ

    Ular namozni toʻkis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga qattiq ishonadiganlardir.

  4. 4

    إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ زَيَّنَّا لَهُمْ أَعْمَٰلَهُمْ فَهُمْ يَعْمَهُونَ

    Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab koʻrsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraverarlar.

  5. 5

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ وَهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ

    Ana oʻshalarga yomon azob bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻrguvchilardir. (Bu dunyoda oxiratdan umidi yoʻqligi uchun molu dunyo, ayshu ishrat, shahvatu lazzat ketidan tushib, oʻzini oʻtga-choʻqqa urib, rasvo boʻladi. Oxiratda esa, qanaqa azoblarga duchor boʻlishini Allohning Oʻzi biladi.)

  6. 6

    وَإِنَّكَ لَتُلَقَّى ٱلْقُرْءَانَ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ عَلِيمٍ

    Albatta, senga bu Qurʼon oʻta hikmatli va oʻta ilmli zot tomonidan berilur.

  7. 7

    إِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِأَهْلِهِۦٓ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًۭا سَـَٔاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ ءَاتِيكُم بِشِهَابٍۢ قَبَسٍۢ لَّعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ

    Muso oʻz ahliga: «Aniqki, men bir olov koʻrdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ keltiraman», deganini esla.

  8. 8

    فَلَمَّا جَآءَهَا نُودِىَ أَنۢ بُورِكَ مَن فِى ٱلنَّارِ وَمَنْ حَوْلَهَا وَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    U (olov)ga kelganida: «Olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi va Olamlarning Robbi–Alloh pokdir», deb nido qilindi.

  9. 9

    يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّهُۥٓ أَنَا ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    «Ey Muso! Albatta, bu Menman! Azizu hakim Allohman!

  10. 10

    وَأَلْقِ عَصَاكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّۭ وَلَّىٰ مُدْبِرًۭا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَٰمُوسَىٰ لَا تَخَفْ إِنِّى لَا يَخَافُ لَدَىَّ ٱلْمُرْسَلُونَ

    Va asoingni tashla!» Bas, qachonki Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini koʻrganida, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qoʻrqma! Zero, Mening huzurimda Paygʻambarlar qoʻrqmaslar!

  11. 11

    إِلَّا مَن ظَلَمَ ثُمَّ بَدَّلَ حُسْنًۢا بَعْدَ سُوٓءٍۢ فَإِنِّى غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Lekin kim zulm qilsayu soʻngra yomonlik ketidan unga yaxshilikni badal qilsa, bas, Men, albatta, magʻfiratli va mehribondirman.

  12. 12

    وَأَدْخِلْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍۢ ۖ فِى تِسْعِ ءَايَٰتٍ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَقَوْمِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًۭا فَٰسِقِينَ

    Qoʻlingni yoqangning ichiga suq, hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqur. Firʼavn va uning qavmiga qaratilgan toʻqqiz moʻʼjiza orasida (bu bordir). Albatta, ular buzgʻunchi qavm boʻldilar».

  13. 13

    فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ ءَايَٰتُنَا مُبْصِرَةًۭ قَالُوا۟ هَٰذَا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Bas, qachonki ularga oyat-moʻʼjizalarimiz koʻz ochguvchi boʻlib kelganida, «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.

  14. 14

    وَجَحَدُوا۟ بِهَا وَٱسْتَيْقَنَتْهَآ أَنفُسُهُمْ ظُلْمًۭا وَعُلُوًّۭا ۚ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Va oʻzlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(moʻʼjiza)larni inkor etdilar. Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol. (Ular bu moʻʼjizalarning nimaligini juda yaxshi bilganlar. Ammo bilib turib, zulm yuzasidan, iymonni mensimasdan, kibr qilgan hollarida inkor etdilar. Bu inkorning oqibati nima bilan tugashi maʼlum va mashhurdir.)

  15. 15

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ عِلْمًۭا ۖ وَقَالَا ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى فَضَّلَنَا عَلَىٰ كَثِيرٍۢ مِّنْ عِبَادِهِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar boʻlsin», dedilar.

  16. 16

    وَوَرِثَ سُلَيْمَٰنُ دَاوُۥدَ ۖ وَقَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ عُلِّمْنَا مَنطِقَ ٱلطَّيْرِ وَأُوتِينَا مِن كُلِّ شَىْءٍ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْمُبِينُ

    Va Sulaymon Dovudga voris boʻldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili oʻrgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi. (Ushbu oyatdagi vorislik, ilmga vorislikdir. Ota vafot etgandagi bolalarning vorisligi emas. Chunki Dovud alayhissalomning Sulaymon alayhissalomdan boshqa farzandlari ham koʻp edi. Ular molu dunyo masalasidagi merosda teng huquqli edilar. Ammo ilm maʼnosidagi merosga faqat Sulaymon alayhissalom voris boʻldilar. Shuning uchun ham «Va Sulaymon Dovudga voris boʻldi» jumlasidan keyin Sulaymonning alayhissalom «Ey odamlar, bizga qush tili oʻrgatildi», degan soʻzlari kelmoqda. Sulaymon alayhissalom oʻzlariga Alloh tomonidan qushlarning tilini anglash ilmi berilganligini barcha odamlarga eʼlon qilmoqdalar. Bu eʼlon faxr va riyokorlik uchun emas, balki Allohning neʼmatini eslash maʼnosidadir.)

  17. 17

    وَحُشِرَ لِسُلَيْمَٰنَ جُنُودُهُۥ مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ وَٱلطَّيْرِ فَهُمْ يُوزَعُونَ

    Sulaymonga jin, ins va qushlardan boʻlgan askarlari toʻplanib, tizilgan holda turdilar.

  18. 18

    حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَوْا۟ عَلَىٰ وَادِ ٱلنَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌۭ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّمْلُ ٱدْخُلُوا۟ مَسَٰكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَٰنُ وَجُنُودُهُۥ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi. (Chumolilar ham asalarilarga oʻxshab, ajoyib intizomga ega. Hali-hanuz ularning jamoat boʻlib yashashlari siri anglangan emas. Bu oyatda ular bir-birlarini xavf-xatardan ogoh etishlari aytilmoqda.)

  19. 19

    فَتَبَسَّمَ ضَاحِكًۭا مِّن قَوْلِهَا وَقَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَٰلِحًۭا تَرْضَىٰهُ وَأَدْخِلْنِى بِرَحْمَتِكَ فِى عِبَادِكَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Bas, u uning soʻzidan tabassum qildi va: «Robbim, meni Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr etishimga va sen rozi boʻladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. Oʻz rahmating ila meni solih bandalaringga qoʻshgin», dedi. (Sulaymon alayhissalom chumolining soʻzlarini eshitib jilmaydilar.)

  20. 20

    وَتَفَقَّدَ ٱلطَّيْرَ فَقَالَ مَا لِىَ لَآ أَرَى ٱلْهُدْهُدَ أَمْ كَانَ مِنَ ٱلْغَآئِبِينَ

    Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni koʻrmayotirman yoki gʻoyiblardan boʻldimi?

  21. 21

    لَأُعَذِّبَنَّهُۥ عَذَابًۭا شَدِيدًا أَوْ لَأَا۟ذْبَحَنَّهُۥٓ أَوْ لَيَأْتِيَنِّى بِسُلْطَٰنٍۢ مُّبِينٍۢ

    Albatta, uni shiddatli azobla azoblarman yoki soʻyib yuborurman yoxud menga, albatta, ochiq-oydin hujjat keltirajak», dedi.

  22. 22

    فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍۢ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ وَجِئْتُكَ مِن سَبَإٍۭ بِنَبَإٍۢ يَقِينٍ

    Koʻp oʻtmasdan u kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Sabaʼdan ishonchli bir xabar olib keldim. (Sabaʼ Arabiston yarim orolining janubida, Yamanda joylashgan bir mamlakat edi. Ana oʻsha mamlakatdan oʻta muhim bir xabar keltirganini aytdi.)

  23. 23

    إِنِّى وَجَدتُّ ٱمْرَأَةًۭ تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِن كُلِّ شَىْءٍۢ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌۭ

    Darhaqiqat, men bir ayolni koʻrdim. U ularning malikasi ekan. Unga har narsa berilgan ekan. Hamda uning ulugʻ taxti bor ekan. (Oʻsha Sabaʼ yurtida bir ayolni koʻrdim. U ayol xalqqa podshoh ekan. Ayolga har narsa berilgan ekan. Hamda oʻsha malikaning katta taxti bor ekan.)

  24. 24

    وَجَدتُّهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ فَهُمْ لَا يَهْتَدُونَ

    Men u(ayol)ning va qavmining Allohni qoʻyib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini ziynatlab, yoʻldan toʻsayotganini koʻrdim. Bas, ular hidoyat topmaslar. (Gap shu yerga kelganda, eng muhim xabar chiqdi. Oʻsha Sabaʼ mamlakatiga podshoh boʻlgan ayol va uning qavmi Allohga emas, quyoshga sajda qilayotgan ekan. Bu notoʻgʻri yoʻl. Allohning Paygʻambari Sulaymon alayhissalom ularning bu xatolarini tuzatishlari zarur. Shayton laʼnati ular qilayotgan gunoh amallarni oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyibdi. Agar shu hollarida yuraversalar, hidoyat topmaydilar.)

  25. 25

    أَلَّا يَسْجُدُوا۟ لِلَّهِ ٱلَّذِى يُخْرِجُ ٱلْخَبْءَ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُخْفُونَ وَمَا تُعْلِنُونَ

    Osmonlaru yerdagi sirlarni oshkor qiladigan, maxfiy va oshkor qilgan narsalaringizni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!

  26. 26

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ ۩ ۩

    Alloh–Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻq zotdir. U ulugʻ arshning Robbidir», dedi.

  27. 27

    ۞ قَالَ سَنَنظُرُ أَصَدَقْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ

    U: «Koʻramiz, rost soʻzladingmi yoki yolgʻonchilardan boʻldingmi?

  28. 28

    ٱذْهَب بِّكِتَٰبِى هَٰذَا فَأَلْقِهْ إِلَيْهِمْ ثُمَّ تَوَلَّ عَنْهُمْ فَٱنظُرْ مَاذَا يَرْجِعُونَ

    Bu maktubimni olib borib, ularga tashla, soʻngra chetga chiqib nazar sol-chi, nima qaytararlar», dedi.

  29. 29

    قَالَتْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ إِنِّىٓ أُلْقِىَ إِلَىَّ كِتَٰبٌۭ كَرِيمٌ

    U (Malika): «Ey aʼyonlar! Menga karomatli bir maktub tashlandi. (Malika aʼyonlariga maktub haqida xabar berishi uning oʻz odamlari bilan maslahatlashib ish koʻrishiga dalolat qiladi. Shu bilan birga, malika oʻzi sezgan belgilar asosida maktubning karomatli ekanini aytmoqda.)

  30. 30

    إِنَّهُۥ مِن سُلَيْمَٰنَ وَإِنَّهُۥ بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

    Albatta, u Sulaymondandir, albatta, unda: «Bismillahir rohmanir rohiym.

  31. 31

    أَلَّا تَعْلُوا۟ عَلَىَّ وَأْتُونِى مُسْلِمِينَ

    Menga qarshi bosh koʻtarmay, taslim boʻlgan holingizda keling», deyilmishdir», dedi.

  32. 32

    قَالَتْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ أَفْتُونِى فِىٓ أَمْرِى مَا كُنتُ قَاطِعَةً أَمْرًا حَتَّىٰ تَشْهَدُونِ

    U: «Ey aʼyonlar! Menga bu ishimda fatvo beringlar. Sizlar shohid boʻlmaguningizcha, men bir ishga qatʼiy qaror qilmasman», dedi.

  33. 33

    قَالُوا۟ نَحْنُ أُو۟لُوا۟ قُوَّةٍۢ وَأُو۟لُوا۟ بَأْسٍۢ شَدِيدٍۢ وَٱلْأَمْرُ إِلَيْكِ فَٱنظُرِى مَاذَا تَأْمُرِينَ

    Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish oʻzingga havola. Nima amr qilishingni oʻylab koʻr», dedilar.

  34. 34

    قَالَتْ إِنَّ ٱلْمُلُوكَ إِذَا دَخَلُوا۟ قَرْيَةً أَفْسَدُوهَا وَجَعَلُوٓا۟ أَعِزَّةَ أَهْلِهَآ أَذِلَّةًۭ ۖ وَكَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ

    U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar.

  35. 35

    وَإِنِّى مُرْسِلَةٌ إِلَيْهِم بِهَدِيَّةٍۢ فَنَاظِرَةٌۢ بِمَ يَرْجِعُ ٱلْمُرْسَلُونَ

    Men ularga bir hadya yuborurman, koʻray-chi, elchilar nima bilan qaytar ekanlar», dedi.

  36. 36

    فَلَمَّا جَآءَ سُلَيْمَٰنَ قَالَ أَتُمِدُّونَنِ بِمَالٍۢ فَمَآ ءَاتَىٰنِۦَ ٱللَّهُ خَيْرٌۭ مِّمَّآ ءَاتَىٰكُم بَلْ أَنتُم بِهَدِيَّتِكُمْ تَفْرَحُونَ

    Qachonki, (elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz.

  37. 37

    ٱرْجِعْ إِلَيْهِمْ فَلَنَأْتِيَنَّهُم بِجُنُودٍۢ لَّا قِبَلَ لَهُم بِهَا وَلَنُخْرِجَنَّهُم مِّنْهَآ أَذِلَّةًۭ وَهُمْ صَٰغِرُونَ

    (Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, Biz ular bas kela olmaydigan qoʻshin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi.

  38. 38

    قَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ أَيُّكُمْ يَأْتِينِى بِعَرْشِهَا قَبْلَ أَن يَأْتُونِى مُسْلِمِينَ

    U (Sulaymon): «Ey aʼyonlar! Ular menga taslim boʻlib kelishlaridan oldin qaysingiz huzurimga u(malika)ning taxtini keltira oladir?» dedi.

  39. 39

    قَالَ عِفْرِيتٌۭ مِّنَ ٱلْجِنِّ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن تَقُومَ مِن مَّقَامِكَ ۖ وَإِنِّى عَلَيْهِ لَقَوِىٌّ أَمِينٌۭ

    Jinlardan boʻlgan Ifrit: «Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi. (Arab tilida yomonlikda uchiga chiqqan va quvvatli jin-shayton «ifrit» deyiladi. Bu soʻz shaytonga oʻxshash odamga ham ishlatiladi.)

  40. 40

    قَالَ ٱلَّذِى عِندَهُۥ عِلْمٌۭ مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن يَرْتَدَّ إِلَيْكَ طَرْفُكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهُ مُسْتَقِرًّا عِندَهُۥ قَالَ هَٰذَا مِن فَضْلِ رَبِّى لِيَبْلُوَنِىٓ ءَأَشْكُرُ أَمْ أَكْفُرُ ۖ وَمَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّى غَنِىٌّۭ كَرِيمٌۭ

    Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga koʻzingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki, u(Sulaymon) u(taxt)ni oʻz huzurida qaror topganini koʻrgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni neʼmat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, oʻzi uchungina shukr qilur. Kim kufroni neʼmat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli zotdir», dedi. (Ulamolar «kitobdan ilmi bor shaxs»ning kimligi haqida koʻp fikrlar aytganlar. U Tavrotni, Ismul Aʼzamni biladigan, Lavhul Mahfuzdan xabardor edi, degan gaplarni aytishgan. Lekin Qurʼoni Karim yoki Paygʻambarimiz (s. a. v.) aytmaganlaridan keyin, ishonchli ilmiy dalil boʻlmagach, Qurʼon iborasi bilan kifoyalanib, Alloh oʻsha shaxsni «kitobdan ilmi bor», deb aytibdi, u yogʻini oʻzi biladi, deyishimiz toʻgʻridir.)

  41. 41

    قَالَ نَكِّرُوا۟ لَهَا عَرْشَهَا نَنظُرْ أَتَهْتَدِىٓ أَمْ تَكُونُ مِنَ ٱلَّذِينَ لَا يَهْتَدُونَ

    U (Sulaymon): «Uning taxtini tanimaydigan qilib qoʻying. Koʻraylik-chi, u(malika) uni taniydimi yoki tanimaydiganlardan boʻladimi?» dedi.

  42. 42

    فَلَمَّا جَآءَتْ قِيلَ أَهَٰكَذَا عَرْشُكِ ۖ قَالَتْ كَأَنَّهُۥ هُوَ ۚ وَأُوتِينَا ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهَا وَكُنَّا مُسْلِمِينَ

    Qachonki u(malika) kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi oʻshaning oʻzi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon boʻlgan edik».

  43. 43

    وَصَدَّهَا مَا كَانَت تَّعْبُدُ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهَا كَانَتْ مِن قَوْمٍۢ كَٰفِرِينَ

    Va u(malika)ni Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsa toʻsdi. Albatta, u kofir qavmlardan boʻlgan edi.

  44. 44

    قِيلَ لَهَا ٱدْخُلِى ٱلصَّرْحَ ۖ فَلَمَّا رَأَتْهُ حَسِبَتْهُ لُجَّةًۭ وَكَشَفَتْ عَن سَاقَيْهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ صَرْحٌۭ مُّمَرَّدٌۭ مِّن قَوَارِيرَ ۗ قَالَتْ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى وَأَسْلَمْتُ مَعَ سُلَيْمَٰنَ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni koʻrganida, suv deb oʻylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U (malika): «Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi– Allohga musulmon boʻldim!» dedi. (Saroy oldidagi maydon ham billurdan yasalgan, juda silliq, uni suv deb oʻylab, kiyimingni koʻtarma. Ana shunda malika roʻy berayotgan hodisalar oddiy emasligiga, balki Alloh yuborgan Paygʻambarning moʻʼjizalari ekaniga ishonch hosil qildi. Alloh taoloning qudratiga tan berdi.)

  45. 45

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًا أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ فَإِذَا هُمْ فَرِيقَانِ يَخْتَصِمُونَ

    Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh ular ikki guruh boʻlib tortisha boshladilar.

  46. 46

    قَالَ يَٰقَوْمِ لِمَ تَسْتَعْجِلُونَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ ۖ لَوْلَا تَسْتَغْفِرُونَ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    U (Solih): «Ey qavmim, nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqasiz?! Allohdan magʻfirat soʻrasangiz-chi?! Shoyad rahm qilinsangiz», dedi. (Oʻzingizga azob soʻrash oʻrniga, Allohdan gunohlaringizni kechirishini tilasangiz boʻlmaydimi? Ana oʻshanda shoyad gunohingiz kechirilib, Allohning rahmatiga erishsangiz, dedilar.)

  47. 47

    قَالُوا۟ ٱطَّيَّرْنَا بِكَ وَبِمَن مَّعَكَ ۚ قَالَ طَٰٓئِرُكُمْ عِندَ ٱللَّهِ ۖ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ تُفْتَنُونَ

    Ular: «Sendan va sen bilan boʻlganlardan shumlandik», dedilar. U: «Shumlanishingiz (sababi) Allohning huzuridadir. Balki sizlar sinalayotgan qavmsiz», dedi. (Biz «shumlanish» deb tarjima qilgan maʼno oyati karima matnida «toir», «toyyar» kabi iboralar bilan kelgan. Bu ibora qush, qush uchirish maʼnolarini beradi. Oʻsha paytlar mushriklar biror ish qilmoqchi boʻlsalar, qush uchirib koʻrar edilar. Agar qush oʻng tomonidan uchsa, xursand boʻlar va oʻsha ishni boshlar edi. Agar qush chap tomoniga uchsa, shumqadamlik deb oʻylar, xafa boʻlar, shumlanar va u ishni qilmas edi. Keyin borib-borib bu ibora qush uchirmasa ham, biror narsaning shumqadamligini anglatish uchun ishlatiladigan boʻlib ketgan. Samud qavmi ham oʻzlariga «Allohga ibodat qiling» shiorini olib kelgan, ularni Allohga istigʻfor aytishga, undan rahmatini soʻrashga chaqirgan Paygʻambarlari Solihdan alayhissalom shumlanganlarini aytishdi.)

  48. 48

    وَكَانَ فِى ٱلْمَدِينَةِ تِسْعَةُ رَهْطٍۢ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ

    U shaharda toʻqqiz nafarli guruh bor boʻlib, yer yuzida buzgʻunchilik qilishar, isloh qilmas edilar. (Yaʼni, Solih alayhissalom shaharlari Hijrda toʻqqiz kishidan iborat bir guruh boʻlib, oʻsha guruh aʼzolari buzgʻunchilik, fasod ishlar bilan shugʻullanishardi.)

  49. 49

    قَالُوا۟ تَقَاسَمُوا۟ بِٱللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِۦ مَا شَهِدْنَا مَهْلِكَ أَهْلِهِۦ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ

    Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u(Solih)ni va uning ahlini tunda oʻldirarmiz, soʻngra valiysiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgoʻylarmiz, dermiz», dedilar.

  50. 50

    وَمَكَرُوا۟ مَكْرًۭا وَمَكَرْنَا مَكْرًۭا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan holda bir «makr» qildik.

  51. 51

    فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ مَكْرِهِمْ أَنَّا دَمَّرْنَٰهُمْ وَقَوْمَهُمْ أَجْمَعِينَ

    Nazar sol! Ularning makri oqibati nima boʻldi?! Biz, albatta, ularni va qavmlarining hammalarini yer bilan yakson qildik.

  52. 52

    فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةًۢ بِمَا ظَلَمُوٓا۟ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَةًۭ لِّقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    Ana, zulmlari sababli uylari huvullab yotibdi! Albatta, bunda biladigan qavmlar uchun ibrat bordir.

  53. 53

    وَأَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ

    Va iymon keltirib, taqvo qilib yurganlarga najot berdik.

  54. 54

    وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ

    Va Lutni ham (Paygʻambar qilib yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: «Siz koʻrib-bilib turib, fohisha ish qilasizmi?!

  55. 55

    أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةًۭ مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌۭ تَجْهَلُونَ

    Siz, albatta, ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?! Yoʻq! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!» dedi.

  56. 56

    ۞ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَخْرِجُوٓا۟ ءَالَ لُوطٍۢ مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌۭ يَتَطَهَّرُونَ

    Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza boʻlishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa boʻlmadi. (Ifloslikka botib qolgan bu qavm poklikni masxara qilib, pokiza odamlarni kamsitish yoʻliga oʻtdi. Ularni dunyoda hech kim qilmagan ifloslikdan qaytarib, poklanishga, inson nomiga dogʻ tushirmaslikka chorlagan Allohning Paygʻambari Lutni alayhissalom va u kishiga ergashgan moʻminlarni aynan pokliklari uchun yurtlaridan haydab chiqarmoqdalar.)

  57. 57

    فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَٰهَا مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ

    Bas, Biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida boʻlishini taqdir qildik.

  58. 58

    وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًۭا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ

    Va ularning ustlariga bir yomgʻir yogʻdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon boʻldi. (Va jinoyatchi Lut qavmining ustidan tosh yogʻdirdik. Hammalari halok boʻldilar. Ogohlantirishlarga qaramay, jinoyatda bardavom boʻlganlarning oqibati shunday boʻladi.)

  59. 59

    قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ وَسَلَٰمٌ عَلَىٰ عِبَادِهِ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَىٰٓ ۗ ءَآللَّهُ خَيْرٌ أَمَّا يُشْرِكُونَ

    Sen: «Allohga hamd boʻlsin va u tanlab olgan bandalariga salom boʻlsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin.

  60. 60

    أَمَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ حَدَآئِقَ ذَاتَ بَهْجَةٍۢ مَّا كَانَ لَكُمْ أَن تُنۢبِتُوا۟ شَجَرَهَآ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌۭ يَعْدِلُونَ

    Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan goʻzal bogʻlar oʻstirdik. Siz oʻzingiz uning daraxtini oʻstira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ular oʻzlari tenglashtiradigan qavmdirlar.

  61. 61

    أَمَّن جَعَلَ ٱلْأَرْضَ قَرَارًۭا وَجَعَلَ خِلَٰلَهَآ أَنْهَٰرًۭا وَجَعَلَ لَهَا رَوَٰسِىَ وَجَعَلَ بَيْنَ ٱلْبَحْرَيْنِ حَاجِزًا ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga togʻlar qilgan va ikki dengiz oʻrtasida toʻsiq qilgan zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yoʻq, ularning koʻplari bilmaslar. (Ikki dengiz–dengiz va daryodir. Birining suvi ikkinchisiga quyiladi, ammo aralashib ketmaydi: daryoning chuchuk suvi shoʻr, dengizning shoʻr suvi chuchuk boʻlib qolmaydi. Chunki Alloh ularning oʻrtasiga tabiiy toʻsiq tortib qoʻygan.)

  62. 62

    أَمَّن يُجِيبُ ٱلْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ ٱلسُّوٓءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَآءَ ٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قَلِيلًۭا مَّا تَذَكَّرُونَ

    Yoki muztar-nochor odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?!

  63. 63

    أَمَّن يَهْدِيكُمْ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَمَن يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦٓ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ تَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida toʻgʻri yoʻlga soladigan hamda Oʻz rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir. (Odamlar doimo quruqlik va dengizda safar qilib keladi. Koʻzlangan manzillarga yetish uchun turli yoʻllardan yurishadi. Ilojini qilib, oʻsha joyni topib borishadi. Xoʻsh, oʻsha safarlarda yoʻl topish qobiliyatini insonga kim berdi? Yoʻlni aniqlashda yordam beradigan aql, koʻz, quloqni-chi? Turli belgilarga, yulduzlarga, asboblarga qarab yoʻl topishni unga kim oʻrgatdi? Soxta xudolarmi? Yoki Alloh taolomi? Albatta, Alloh taolo.)

  64. 64

    أَمَّن يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَمَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَٰهٌۭ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَٰنَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Yoki avval-boshdan yaratadigan, soʻngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgoʻy boʻlsangiz hujjatingizni keltiring», degin. (Aslida, yoʻq insonni bor qilib, avval-boshda yaratgan kim? But-sanamlarmi, jin va farishtalarmi, mushriklar xudo deb yurgan boshqa maxluqlarmi? Insonni oxiratda qaytadan yaratadigan ham faqat Alloh taoloning Oʻzi.)

  65. 65

    قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلْغَيْبَ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ

    Sen: «Osmonlaru yerda Allohdan boshqa hech kim gʻaybni bilmas», deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar. (Gʻaybni bilish faqat Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Allohdan boshqa hech kim — na inson, na farishtalar, na jinlar gʻaybni bilmaydi.)

  66. 66

    بَلِ ٱدَّٰرَكَ عِلْمُهُمْ فِى ٱلْءَاخِرَةِ ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّۢ مِّنْهَا ۖ بَلْ هُم مِّنْهَا عَمُونَ

    Balki ilmlari oxiratni idrok qilgandir? Yoʻq, ular undan shak-shubhadadirlar. Yoʻq, ular undan koʻrdirlar. Kofirlar oxirat ilmidan xabardormikin? Yoʻq, bila olmaydilar. Ular oxirat nima ekanini bilish u yoqda tursin, oxiratning boʻlish-boʻlmasligiga aniq ishonmaydilar. Balki u xususdagi masalada koʻrdirlar, hech narsani koʻrmaslar.

  67. 67

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًۭا وَءَابَآؤُنَآ أَئِنَّا لَمُخْرَجُونَ

    Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq boʻlganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!

  68. 68

    لَقَدْ وُعِدْنَا هَٰذَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarmizga-da oldin ham vaʼda qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.

  69. 69

    قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Sen: «Yer yuzida sayr qilinglar va jinoyatchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar», deb ayt.

  70. 70

    وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُن فِى ضَيْقٍۢ مِّمَّا يَمْكُرُونَ

    Sen ular haqida gʻam chekma va qilayotgan makrlaridan siqilma ham.

  71. 71

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladir?» derlar.

  72. 72

    قُلْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ رَدِفَ لَكُم بَعْضُ ٱلَّذِى تَسْتَعْجِلُونَ

    Sen: «Siz kelishiga oshiqayotgan narsaning baʼzisi ortingizga mingashib olgan, boʻlsa ajab emas», deb ayt. (Yaʼni, oʻsha vaʼdalar shundoqqina ortingizda turibdi, ammo siz sezmayapsiz, xolos. Darhaqiqat, gʻaybni kim biladi? Ehtimol, besh daqiqadan soʻng azob, qiyomat yoki qayta tirilish roʻy berar, ehtimol, undan koʻproq yoki ozroq vaqt qolgandir. Kim biladi buni?! Alloh taolo bu ishlarni xohlagan lahzasida sodir etishga qodir.)

  73. 73

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ

    Albatta, Robbing odamlarga nisbatan fazlu marhamat sohibidir. Lekin ularning koʻplari shukr qilmaslar.

  74. 74

    وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ

    Va, albatta, Robbing ularning dillari berkitgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilur.

  75. 75

    وَمَا مِنْ غَآئِبَةٍۢ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍ

    Osmonu yerda hech bir gʻayb narsa yoʻq, illo u ochiq-oydin kitobda bordir.

  76. 76

    إِنَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَقُصُّ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَكْثَرَ ٱلَّذِى هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

    Albatta, ushbu Qurʼon Bani Isroilga ular ixtiloflar qilayotgan narsalarning koʻpini aytib beradir.

  77. 77

    وَإِنَّهُۥ لَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ لِّلْمُؤْمِنِينَ

    Albatta, u (Qurʼon) moʻminlar uchun hidoyat va rahmatdir.

  78. 78

    إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُم بِحُكْمِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ

    Albatta, Robbing ular oʻrtasida Oʻz hukmi ila ajrim chiqarur. U aziz va bilguvchidir.

  79. 79

    فَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنَّكَ عَلَى ٱلْحَقِّ ٱلْمُبِينِ

    Bas, sen Allohga tavakkal qil. Albatta, sen ochiq-oydin haqdadirsan.

  80. 80

    إِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْا۟ مُدْبِرِينَ

    Albatta, sen oʻliklarga eshittira olmassan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmayssan.

  81. 81

    وَمَآ أَنتَ بِهَٰدِى ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ

    Sen koʻrlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon boʻlgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan. (Kofirlar oʻlik, kar boʻlish bilan birga, koʻr hamdir. Sen, ey Paygʻambar, u koʻrlarni adashib yurgan yoʻllaridan qaytarib, toʻgʻri yoʻlga hidoyat qila olmassan.)

  82. 82

    ۞ وَإِذَا وَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِمْ أَخْرَجْنَا لَهُمْ دَآبَّةًۭ مِّنَ ٱلْأَرْضِ تُكَلِّمُهُمْ أَنَّ ٱلنَّاسَ كَانُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا لَا يُوقِنُونَ

    Qachonki ularning boshiga soʻz(langan azob) tushganida, Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradir. (Bu hodisa qiyomatning alomatlaridan biridir. Alloh taolo ushbu oyati karimada kofirlar boshiga vaʼda qilingan soʻz–qiyomat azobi tushish chogʻida yerdan bir hayvon chiqarishi haqida xabar bermoqda. Demak, bu ishning boʻlishi muqarrarligida hech qanday shubha yoʻq. Sahih hadisi shariflarda bu hayvon qiyomatning alomatlaridan biri ekanligi, tavba qilsa, foyda bermaydigan vaqt boʻlib qolganda chiqishi haqida xabarlar kelgan.)

  83. 83

    وَيَوْمَ نَحْشُرُ مِن كُلِّ أُمَّةٍۢ فَوْجًۭا مِّمَّن يُكَذِّبُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُمْ يُوزَعُونَ

    Biz har ummatning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlaridan bir guruhini toʻplagan kunda ular jamlanib-tizilib turishar.

  84. 84

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُو قَالَ أَكَذَّبْتُم بِـَٔايَٰتِى وَلَمْ تُحِيطُوا۟ بِهَا عِلْمًا أَمَّاذَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Toki ular kelib boʻlgach, U zot: «Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqardingizmi?! Ularni puxta anglamay turib-a? Yoʻqsa, nima qilgan edingiz?» deydir.

  85. 85

    وَوَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِم بِمَا ظَلَمُوا۟ فَهُمْ لَا يَنطِقُونَ

    Va ularga zulm qilganlari sababli soʻz(langan azob) tushar. Bas, ular soʻzlay olmaslar.

  86. 86

    أَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا ٱلَّيْلَ لِيَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    Biz sokinlik topishlari uchun kechani, koʻrishlari uchun kunduzni qilganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.

  87. 87

    وَيَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ فَفَزِعَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَكُلٌّ أَتَوْهُ دَٰخِرِينَ

    Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U zotga boʻyin egib kelurlar.

  88. 88

    وَتَرَى ٱلْجِبَالَ تَحْسَبُهَا جَامِدَةًۭ وَهِىَ تَمُرُّ مَرَّ ٱلسَّحَابِ ۚ صُنْعَ ٱللَّهِ ٱلَّذِىٓ أَتْقَنَ كُلَّ شَىْءٍ ۚ إِنَّهُۥ خَبِيرٌۢ بِمَا تَفْعَلُونَ

    Togʻlarni koʻrib, qimirlamay turibdi deb hisoblaysan. Holbuki, ular bulutning oʻtishidek oʻturlar. Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning sanʼatidir. Albatta, u nima qilayotganingizdan xabardordir. (Qiyomat kuni shunday dahshatliki, koʻzimizga eng salobatli, viqorli, mustahkam boʻlib koʻrinadigan ulugʻvor togʻlar ham joyidan koʻchib, titilib, bulutday suzib yuradi. Ularni koʻrgan odam, joyida turibdi, deb oʻylaydi, aslida esa, ular bulutdek suzib ketayotgan boʻladi.)

  89. 89

    مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌۭ مِّنْهَا وَهُم مِّن فَزَعٍۢ يَوْمَئِذٍ ءَامِنُونَ

    Kim yaxshilik qilsa, unga undan koʻra yaxshiroq (mukofot) boʻlur. Hamda ular oʻsha kunning dahshatidan omondadirlar.

  90. 90

    وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَكُبَّتْ وُجُوهُهُمْ فِى ٱلنَّارِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Kim yomonlik qilsa, bas, yuztuban doʻzaxga tashlanurlar va: «Sizlarga faqat qilgan amallaringiz jazosi berilmoqda, xolos», (deyilur).

  91. 91

    إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ رَبَّ هَٰذِهِ ٱلْبَلْدَةِ ٱلَّذِى حَرَّمَهَا وَلَهُۥ كُلُّ شَىْءٍۢ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Men ushbu shaharning Robbi, uni harom qilgan zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan boʻlishga amr etildim.

  92. 92

    وَأَنْ أَتْلُوَا۟ ٱلْقُرْءَانَ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَقُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ

    Va Qurʼonni tilovat qilishga (amr etildim). Kim hidoyat topsa, faqat oʻzi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.

  93. 93

    وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ سَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ فَتَعْرِفُونَهَا ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

    Sen: «Allohga hamd boʻlsin! U sizlarga oʻz oyat-moʻʼjizalarini koʻrsatur. Siz ularni koʻrib, taniysiz», deb ayt. Robbing qilayotgan amallaringizdan gʻofil emasdir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.