Sura 102 · Makkiy · 8 Oyatlar
Sura Takosur
Koʻpaytirish
بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
-
1
أَلْهَىٰكُمُ ٱلتَّكَاثُرُ
Al haaku mut takathur
Kimniki koʻp sizni mashgʻul qildi.
-
2
حَتَّىٰ زُرْتُمُ ٱلْمَقَابِرَ
Hatta zurtumul-maqaabir
To qabrlarni ziyorat qilguningizcha
-
3
كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ
Kalla sawfa ta'lamoon
Yoʻq! Sizlar tezda bilasizlar.
-
4
ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ
Thumma kalla sawfa ta'lamoon
Yana yoʻq! Sizlar tezda bilasizlar.
-
5
كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ ٱلْيَقِينِ
Kalla law ta'lamoona 'ilmal yaqeen
Yoʻq! Agar sizlar aniq ilm ila bilganingizda edi.
-
6
لَتَرَوُنَّ ٱلْجَحِيمَ
Latara-wun nal jaheem
Albatta, jahannamni koʻrasizlar.
-
7
ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ ٱلْيَقِينِ
Thumma latara wunnaha 'ainal yaqeen
Va yana, albatta, uni ishonch koʻzi bilan koʻrasizlar.
-
8
ثُمَّ لَتُسْـَٔلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ ٱلنَّعِيمِ
Thumma latus alunna yauma-izin 'anin na'eem
Soʻngra oʻsha kunda, albatta, berilgan neʼmatlardan soʻralasizlar. (Yaʼni, qiyomatda har bir neʼmatni nimaga, qandoq sarf qilganingiz haqida soʻraladi. Ha, kattayu kichik har bir neʼmat haqida soʻralasiz. Har bir neʼmatga shukr qildingizmi, yoʻqmi - soʻralasiz. Alloh taolo sizga bergan molu dunyo neʼmatini nimaga sarfladingiz, halolgami haromga, Allohni rozi qiladigan yoʻlgami, gʻazabini qoʻzgʻatadigan yoʻlgami hamma-hammasi haqida soʻralasiz.)
Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.