Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 101 · Makkiy · 11 Oyatlar

Sura Qoriʼa

Qoqib uruvchi

سورة القارعة
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱلْقَارِعَةُ

    Al-Qoriʼatu.

  2. 2

    مَا ٱلْقَارِعَةُ

    Qoriʼatu nima?

  3. 3

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْقَارِعَةُ

    Qoriʼat qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?

  4. 4

    يَوْمَ يَكُونُ ٱلنَّاسُ كَٱلْفَرَاشِ ٱلْمَبْثُوثِ

    U kunda odamlar toʻzib ketgan kapalakka oʻxshab qolarlar.

  5. 5

    وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ ٱلْمَنفُوشِ

    Va togʻlar titilgan junga oʻxshab qolar.

  6. 6

    فَأَمَّا مَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ

    Kimning torozusi ogʻir kelsa...

  7. 7

    فَهُوَ فِى عِيشَةٍۢ رَّاضِيَةٍۢ

    Bas, u rozilik hayotidadir.

  8. 8

    وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ

    Va ammo kimning tarozusi yengil kelsa...

  9. 9

    فَأُمُّهُۥ هَاوِيَةٌۭ

    Bas, uning onasi doʻzaxdir. (Odatda ona doim panoh boʻlgan. Inson ayniqsa ogʻir paytlarda onasiga intilganday, qiyomatda ham onasini qoʻmsaganda jahannam ularni ona oʻrnida kutib olarkan. Mehr-muhabbat, shafqat izlab turganda, koni azobga, qiynoqqa, dahshatli olovda yonishga duch kelishi nihoyatda katta baxtsizlik.)

  10. 10

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا هِيَهْ

    U qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?

  11. 11

    نَارٌ حَامِيَةٌۢ

    U qattiq qizigan oʻtdir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.