Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 80 · Makkiy · 42 Oyatlar

Sura Abasa

Qovoq soldi

سورة عبس
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    عَبَسَ وَتَوَلَّىٰٓ

    Aftini burishtirdi va yuz oʻgirdi.

  2. 2

    أَن جَآءَهُ ٱلْأَعْمَىٰ

    Koʻzi koʻr kishi huzuriga kelganda.

  3. 3

    وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّهُۥ يَزَّكَّىٰٓ

    Qayerdan bilasan, ehtimol, u poklanar.

  4. 4

    أَوْ يَذَّكَّرُ فَتَنفَعَهُ ٱلذِّكْرَىٰٓ

    Yoki nasihat olar va mavʼiza unga manfaat berar.

  5. 5

    أَمَّا مَنِ ٱسْتَغْنَىٰ

    Ammo istigʻno qilganga boʻlsa...

  6. 6

    فَأَنتَ لَهُۥ تَصَدَّىٰ

    Sen u tomonga intilasan.

  7. 7

    وَمَا عَلَيْكَ أَلَّا يَزَّكَّىٰ

    U poklanmasa, seni hech kim malomat qilmas.

  8. 8

    وَأَمَّا مَن جَآءَكَ يَسْعَىٰ

    Ammo huzuringga shoshilib kelgan.

  9. 9

    وَهُوَ يَخْشَىٰ

    Va (Allohdan) qoʻrqqan holda boʻlgandan esa...

  10. 10

    فَأَنتَ عَنْهُ تَلَهَّىٰ

    Bas, Sen undan mashgʻul boʻlasan.

  11. 11

    كَلَّآ إِنَّهَا تَذْكِرَةٌۭ

    Yoʻq! Albatta u(oyat)lar eslatmadir.

  12. 12

    فَمَن شَآءَ ذَكَرَهُۥ

    Kim xohlasa uni eslaydir.

  13. 13

    فِى صُحُفٍۢ مُّكَرَّمَةٍۢ

    Hurmatlangan sahifalardadir.

  14. 14

    مَّرْفُوعَةٍۢ مُّطَهَّرَةٍۭ

    Oliy qadardirlar, poklangandirlar.

  15. 15

    بِأَيْدِى سَفَرَةٍۢ

    Elchi(farishta)lar qoʻllaridadir.

  16. 16

    كِرَامٍۭ بَرَرَةٍۢ

    Ular hurmatlangan va oʻta yaxshidirlar.

  17. 17

    قُتِلَ ٱلْإِنسَٰنُ مَآ أَكْفَرَهُۥ

    (Kofir) insonga laʼnat boʻlsin, uning kofirligi qandoq shiddatli boʻldi.

  18. 18

    مِنْ أَىِّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ

    Uni qaysi narsadan yaratdi?

  19. 19

    مِن نُّطْفَةٍ خَلَقَهُۥ فَقَدَّرَهُۥ

    Nutfadan yaratdi. Uni yaratdi va unni oʻlchovli qildi.

  20. 20

    ثُمَّ ٱلسَّبِيلَ يَسَّرَهُۥ

    Soʻngra chiqish yoʻlini oson qildi.

  21. 21

    ثُمَّ أَمَاتَهُۥ فَأَقْبَرَهُۥ

    Soʻngra oʻldirdi va qabrga kiritdi.

  22. 22

    ثُمَّ إِذَا شَآءَ أَنشَرَهُۥ

    Soʻngra qachon xohlasa, uni qayta tiriltiradi.

  23. 23

    كَلَّا لَمَّا يَقْضِ مَآ أَمَرَهُۥ

    Yoʻq undoq emas! U oʻziga U zot qilgan amrni bajarmadi.

  24. 24

    فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَٰنُ إِلَىٰ طَعَامِهِۦٓ

    Inson oʻz taomiga nazar solsin.

  25. 25

    أَنَّا صَبَبْنَا ٱلْمَآءَ صَبًّۭا

    Albatta, Biz suvni rosa quyib qoʻydik.

  26. 26

    ثُمَّ شَقَقْنَا ٱلْأَرْضَ شَقًّۭا

    Soʻngra yerni oʻziga xos yordik.

  27. 27

    فَأَنۢبَتْنَا فِيهَا حَبًّۭا

    Biz unda don oʻstirib qoʻydik.

  28. 28

    وَعِنَبًۭا وَقَضْبًۭا

    Va uzum va koʻklarni ham.

  29. 29

    وَزَيْتُونًۭا وَنَخْلًۭا

    Va zaytun va xurmolarni ham.

  30. 30

    وَحَدَآئِقَ غُلْبًۭا

    Va tigʻiz bogʻlarni ham.

  31. 31

    وَفَٰكِهَةًۭ وَأَبًّۭا

    Va mevalarni va oʻt-oʻlanlarni ham.

  32. 32

    مَّتَٰعًۭا لَّكُمْ وَلِأَنْعَٰمِكُمْ

    Sizlarga va chorvalaringizga manfaat boʻlsin, deb.

  33. 33

    فَإِذَا جَآءَتِ ٱلصَّآخَّةُ

    Vaqtiki quloqlarni kar qiluvchi ovoz kelsa.

  34. 34

    يَوْمَ يَفِرُّ ٱلْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ

    U kunda kishi qochadir; oʻz aka-ukasidan.

  35. 35

    وَأُمِّهِۦ وَأَبِيهِ

    Va onasi va otasidan.

  36. 36

    وَصَٰحِبَتِهِۦ وَبَنِيهِ

    Va xotini va bola-chaqasidan.

  37. 37

    لِكُلِّ ٱمْرِئٍۢ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍۢ شَأْنٌۭ يُغْنِيهِ

    U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi oʻz ishi bor.

  38. 38

    وُجُوهٌۭ يَوْمَئِذٍۢ مُّسْفِرَةٌۭ

    U kunda porloq chehralar bor.

  39. 39

    ضَاحِكَةٌۭ مُّسْتَبْشِرَةٌۭ

    Ular kulgu bilan toʻla, yetgan xushxabardan xursand.

  40. 40

    وَوُجُوهٌۭ يَوْمَئِذٍ عَلَيْهَا غَبَرَةٌۭ

    U kunda gʻubor bosgan chehralar bor.

  41. 41

    تَرْهَقُهَا قَتَرَةٌ

    Ustini zulmat qoplagan.

  42. 42

    أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَفَرَةُ ٱلْفَجَرَةُ

    Ular, ana oʻshalar, kofirlar va fojirlardir.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.