Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 6 · Makkiy · 165 Oyatlar

Sura Anʼom

Chorva

سورة الأنعام
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ ٱلظُّلُمَٰتِ وَٱلنُّورَ ۖ ثُمَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ

    Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd boʻlsin. Soʻngra kufr keltirganlar oʻz Robbilariga (oʻzgalarni) tenglashtiradilar.

  2. 2

    هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن طِينٍۢ ثُمَّ قَضَىٰٓ أَجَلًۭا ۖ وَأَجَلٌۭ مُّسَمًّى عِندَهُۥ ۖ ثُمَّ أَنتُمْ تَمْتَرُونَ

    U sizlarni loydan yaratgan, soʻngra ajalni belgilab qoʻygan zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirasiz.

  3. 3

    وَهُوَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَفِى ٱلْأَرْضِ ۖ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ وَيَعْلَمُ مَا تَكْسِبُونَ

    U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.

  4. 4

    وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍۢ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ

    Mudom ularga oʻz Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.

  5. 5

    فَقَدْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ ۖ فَسَوْفَ يَأْتِيهِمْ أَنۢبَٰٓؤُا۟ مَا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Ularga haq kelganda uni ham yolgʻonga chiqardilar. Tezda ularga oʻzlari istehzo qilgan narsaning xabari keladir. (Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, yaʼni, haq din, haq kitob, haq Paygʻambar va haq shariat kelganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolgʻonga chiqardilar.)

  6. 6

    أَلَمْ يَرَوْا۟ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍۢ مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مَا لَمْ نُمَكِّن لَّكُمْ وَأَرْسَلْنَا ٱلسَّمَآءَ عَلَيْهِم مِّدْرَارًۭا وَجَعَلْنَا ٱلْأَنْهَٰرَ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ

    Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? Oʻshalarga yer yuzida sizlarga bermagan imkonlarni bergan edik. Osmondan ustlariga baraka yomgʻiri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qoʻygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va oʻrinlariga boshqa asrlarni paydo qildik. («Asr» soʻzi yuz yillik muddatni anglatishini bilamiz. Bu yerda oʻsha muddat orasida yashagan odamlar koʻzda tutilmoqda. Inson oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qolib, oʻtmishga ibrat ila nazar solishni unutib qoʻyadi.)

  7. 7

    وَلَوْ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ كِتَٰبًۭا فِى قِرْطَاسٍۢ فَلَمَسُوهُ بِأَيْدِيهِمْ لَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌۭ مُّبِينٌۭ

    Agar senga qogʻoz-kitob tushirsak, uni qoʻllari bilan ushlab koʻrishsa ham, kufr keltirganlar: «Bu aniq sehrdan oʻzga hech narsa emas», derlar. (Agar ular haqiqatga yetish istagida boʻlsalar, Qurʼoni Karimning ogʻzaki shaklda nozil boʻlib turganing oʻzi ham yetar edi. Haqiqatni istaganlaridanmi? Yoʻq, ularda bunday maqsad yoʻq.)

  8. 8

    وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ مَلَكٌۭ ۖ وَلَوْ أَنزَلْنَا مَلَكًۭا لَّقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ

    Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. Soʻngra ularga qarab turilmas.

  9. 9

    وَلَوْ جَعَلْنَٰهُ مَلَكًۭا لَّجَعَلْنَٰهُ رَجُلًۭا وَلَلَبَسْنَا عَلَيْهِم مَّا يَلْبِسُونَ

    Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan boʻlar edik va oʻzlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik. (Kofir-mushriklar odam-Paygʻambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini daʼvo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar–ayol, ular Allohning qizlaridir, degan aqida bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham ularning Paygʻambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddiolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham ogʻirlashgan boʻlar edi. Yaʼni, ular eʼtiqod qilganlaridek, osmondan Paygʻambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida boʻlmas edi. Buni koʻrgan mushriklar farishta boʻlsa, ayol boʻlishi kerak edi, bu ham boshqa bir narsa shekilli, deb turli xom xayollar bilan chalgʻir edilar.)

  10. 10

    وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Sendan oldingi Paygʻambarlar ham istehzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istehzolari oʻz domiga tortgan.

  11. 11

    قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ ٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ

    Sen: «Yer yuzida sayr qilingiz, soʻngra (Paygʻambarlarni) yolgʻonchi qiluvchilarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solingiz», deb ayt.

  12. 12

    قُل لِّمَن مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قُل لِّلَّهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Sen: «Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U Oʻziga Oʻzi rahmatni yozib qoʻygan. Sizlarni boʻlishida shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir. Oʻziga oʻzi ziyon keltiruvchilargina, oʻshalargina iymon keltirmaslar.

  13. 13

    ۞ وَلَهُۥ مَا سَكَنَ فِى ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Kechada va kunduzda sokin boʻlganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi zotdir.

  14. 14

    قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَتَّخِذُ وَلِيًّۭا فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَهُوَ يُطْعِمُ وَلَا يُطْعَمُ ۗ قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَسْلَمَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Sen: «Allohdan oʻzgani valiy-doʻst qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. Sen: «Men avvalgi taslim boʻluvchi boʻlmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan boʻlmagin, deb aytildi», deb ayt.

  15. 15

    قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍۢ

    Sen: «Albatta, men agar Robbimga osiy boʻlsam, ulugʻ kun azobidan qoʻrqaman», deb ayt.

  16. 16

    مَّن يُصْرَفْ عَنْهُ يَوْمَئِذٍۢ فَقَدْ رَحِمَهُۥ ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ

    Kim oʻsha kuni undan chetlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahm qilibdi. Ana oʻsha aniq yutuqdir.

  17. 17

    وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّۢ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يَمْسَسْكَ بِخَيْرٍۢ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ قَدِيرٌۭ

    Agar Alloh seni zarariga oladigan boʻlsa, uning oʻzidan boshqa kushoyish beradigan yoʻq. Agar u seni yaxshilikka oladigan boʻlsa, bas, u har bir narsaga qodirdir. (Bu dunyoda xohlasa zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning Oʻzidir. Agar U Zot biror bandaga zarar yetkazadigan boʻlsa, butun dunyo bir boʻlib harakat qilganda ham, oʻsha bandadan zararni ketkazishga qodir boʻla olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish beruvchi ham faqat Allohning oʻzidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi boʻlsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, oʻsha bandadan yaxshilikni toʻsa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh Oʻz irodasini amalga oshiradi.)

  18. 18

    وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ

    U bandalari ustidan gʻolibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir.

  19. 19

    قُلْ أَىُّ شَىْءٍ أَكْبَرُ شَهَٰدَةًۭ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ شَهِيدٌۢ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۚ وَأُوحِىَ إِلَىَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ لِأُنذِرَكُم بِهِۦ وَمَنۢ بَلَغَ ۚ أَئِنَّكُمْ لَتَشْهَدُونَ أَنَّ مَعَ ٱللَّهِ ءَالِهَةً أُخْرَىٰ ۚ قُل لَّآ أَشْهَدُ ۚ قُلْ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ وَإِنَّنِى بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تُشْرِكُونَ

    Sen: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», deb ayt. «Alloh», deb ayt. U men bilan sizlarning oʻrtangizda guvohdir. Menga ushbu Qurʼonni, uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», deb guvohlik berasizlarmi? «Men guvohlik bermayman», deb ayt. «Albatta, U bitta ilohdir va men siz keltirayotgan shirkdan pokdirman», deb ayt. (Allohni qoʻyib oʻzlariga oʻzga valiy tutganlarga boshqa narsalar ham guvohlik bera olmaydi. Shuning uchun Alloh Paygʻambarimizga (s. a. v.) guvoh haqida savol berishni amr qildi. Demak, bahsli masalaga Alloh taoloning Oʻzi hakam boʻldi. Uning Oʻzi guvoh boʻladigan boʻldi. Uning shahodati Qurʼoni Karimdir. Mazkur bahsli masala ham unda bor. Demak, kimga ushbu Qurʼon yetib borgan boʻlsa, unga guvoh muqarrar kelgan hisoblanadi. Ushbu guvohga–Qurʼonga amal qilmasa, uning ogohlantirishidan hushyor tortmasa, azobga duchor boʻladi.)

  20. 20

    ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمُ ۘ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Biz kitob berganlar uni oʻz farzandlarini tanigandek tanirlar. Ular oʻzlariga ziyon qilganlardir, ana oʻshalar iymon keltirmaslar.

  21. 21

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlardan ham koʻra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.

  22. 22

    وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

    Hammalarini jamlaydigan, soʻngra shirk keltirganlarga: «Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» deb aytadiganimiz kunni esla.

  23. 23

    ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ وَٱللَّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ

    Soʻngra, Robbimiz Allohga qasamki, mushrik boʻlmagan edik, deyishdan boshqa fitnalari boʻlmas. (Boqiy dunyoda koʻpchilik nazdida soʻroqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan soʻng ham mushriklar qasam ichib, oʻzlarini hech qanday gunoh qilmagan, shirk keltirmagandek tutishadi.)

  24. 24

    ٱنظُرْ كَيْفَ كَذَبُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ ۚ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Nazar sol! Ular oʻzlarini qanday aldarlar va toʻqib yurgan narsalari ulardan qanday yoʻqoldi.

  25. 25

    وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ ۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًۭا ۚ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍۢ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوكَ يُجَٰدِلُونَكَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga toʻsiq qilib qoʻydik. Barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida kufr keltirganlar: «Bu oʻtganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar.

  26. 26

    وَهُمْ يَنْهَوْنَ عَنْهُ وَيَنْـَٔوْنَ عَنْهُ ۖ وَإِن يُهْلِكُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ

    Va ular (odamlarni) undan qaytaradilar va undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida oʻzlarini halok qiladilar, xolos.

  27. 27

    وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ فَقَالُوا۟ يَٰلَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Doʻzax ustida toʻxtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolgʻonga chiqarmas edik va moʻminlardan boʻlar edik», deyishlarini koʻrsang edi.

  28. 28

    بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُوا۟ يُخْفُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَلَوْ رُدُّوا۟ لَعَادُوا۟ لِمَا نُهُوا۟ عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ

    Yoʻq! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa oʻzlariga oshkor boʻldi, xolos. Agar ular ( dunyoga) qaytarilsalar ham, oʻzlari man qilingan narsaga qaytarlar va, albatta, ular yolgʻonchilardir.

  29. 29

    وَقَالُوٓا۟ إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ

    Ular: «Hayot–bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltilmasmiz», dedilar.

  30. 30

    وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ قَالَ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّ ۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

    Allohning huzurida toʻxtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» deganida, «Robbimizga qasamki haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini koʻrsang edi.

  31. 31

    قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةًۭ قَالُوا۟ يَٰحَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ۚ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ

    Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻon deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. To toʻsatdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U (dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar boʻlsin», deydilar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!

  32. 32

    وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَعِبٌۭ وَلَهْوٌۭ ۖ وَلَلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Bu dunyo hayoti oʻyin-kulgudan oʻzga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi? (Dunyo va oxirat ilohiy mezon bilan oʻlchanyapti. Allohning eʼtiborida bu dunyo hech narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hech narsaga aylanib qoladi.)

  33. 33

    قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُۥ لَيَحْزُنُكَ ٱلَّذِى يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَٰكِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ

    Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolgʻonchiga chiqarayotganlari yoʻq, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.

  34. 34

    وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌۭ مِّن قَبْلِكَ فَصَبَرُوا۟ عَلَىٰ مَا كُذِّبُوا۟ وَأُوذُوا۟ حَتَّىٰٓ أَتَىٰهُمْ نَصْرُنَا ۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَلَقَدْ جَآءَكَ مِن نَّبَإِى۟ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolgʻonchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq. Batahqiq, senga Paygʻambarlarning xabari kelgan.

  35. 35

    وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ ٱسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِىَ نَفَقًۭا فِى ٱلْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًۭا فِى ٱلسَّمَآءِ فَتَأْتِيَهُم بِـَٔايَةٍۢ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى ٱلْهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ

    Agar senga ularning yuz oʻgirishlari ogʻir botayotgan boʻlsa, qodir boʻlsang, yer ostidan yoʻl qilib yoki osmonga narvon qoʻyib, ularga oyat-moʻʼjiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan boʻlma. (Oyati karimada Paygʻambarimizga, agar qodir boʻlsalar, mushriklarni ishontirish, iymonga keltirishga yaraydigan oyat-moʻʼjizani yerni kavlab kirib boʻlsa ham, osmonga shoti qoʻyib chiqib boʻlsa ham, keltirish taklif etilyapti. Ammo kofirlar oyat-moʻʼjizalar yoʻqligidan iymondan yuz oʻgirayotgani yoʻq. Ular nafslarining buzuqligi, hasad va sarkashliklari oqibatida kufr yoʻlini ixtiyor qilyaptilar. Alloh taolo odamlarni har xil tabiatli va ayri isteʼdod sohibi qilib yaratgandir. Baʼzisi oʻz-oʻzidan hidoyat yoʻliga kirib qoladi. Baʼzilari daʼvatga, tushuntirishga muhtoj boʻladilar. Boshqalari esa, bir oz qoʻrqitishga, yana birlari targʻibot ishlariga ehtiyoj sezadi. Ammo yana bir toifa borki, ularga hech narsa taʼsir qilmaydi. Ular har qancha daʼvat qilinmasinlar, shu qadar bahona topaveradilar.)

  36. 36

    ۞ إِنَّمَا يَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ يَسْمَعُونَ ۘ وَٱلْمَوْتَىٰ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ ثُمَّ إِلَيْهِ يُرْجَعُونَ

    Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. Oʻliklarni esa Alloh tiriltirur va soʻngra Uning Oʻziga qaytarilurlar.

  37. 37

    وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌۭ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يُنَزِّلَ ءَايَةًۭ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

    Ular: «Unga Robbidan bir oyat-moʻʼjiza tushsa edi?» derlar. Sen: «Albatta, Alloh oyat-moʻʼjiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin koʻplari bilmaslar.

  38. 38

    وَمَا مِن دَآبَّةٍۢ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا طَٰٓئِرٍۢ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّآ أُمَمٌ أَمْثَالُكُم ۚ مَّا فَرَّطْنَا فِى ٱلْكِتَٰبِ مِن شَىْءٍۢ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ

    Yer yuzidagi yuruvchi har bir jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qoʻymay yozganmiz. Soʻngra Robbilariga jamlanurlar. (Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani taʼkidlanmoqda. Yaʼni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tugʻish, koʻpayish singari insonlarga xos ishlarda oʻxshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar misol qilib koʻpincha asalari va chumolini keltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bermay iloji yoʻq.)

  39. 39

    وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا صُمٌّۭ وَبُكْمٌۭ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ ۗ مَن يَشَإِ ٱللَّهُ يُضْلِلْهُ وَمَن يَشَأْ يَجْعَلْهُ عَلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirar va kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadir.

  40. 40

    قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ أَوْ أَتَتْكُمُ ٱلسَّاعَةُ أَغَيْرَ ٱللَّهِ تَدْعُونَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Sen: «Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?

  41. 41

    بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِن شَآءَ وَتَنسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ

    Yoʻq! Faqat Ungagina duo qilasiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish beradir. Siz esa shirk keltirayotgan narsangizni unutarsiz», deb ayt.

  42. 42

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍۢ مِّن قَبْلِكَ فَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَتَضَرَّعُونَ

    Batahqiq, Biz sendan oldingi ummatlarga ham Paygʻambarlar yuborganmiz. Soʻngra, shoyad tazarruʼ qilsalar, deb ularni balo va ziyonlarga tutganmiz. (Alloh taolo Islom ummatidan avvalgilarga ham Paygʻambarlar yuborgan. Ulardan Paygʻambarlarning daʼvatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan Bundan, shoyadki boshiga ogʻir kun tushganda oʻziga kelib, hushini yigʻib, xatosini tushunsa va iymon yoʻliga yursa, degan maqsad koʻzda tutilgan.)

  43. 43

    فَلَوْلَآ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَا تَضَرَّعُوا۟ وَلَٰكِن قَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Bizning balomiz ularga yetganda, tazarruʼ qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab koʻrsatdi.

  44. 44

    فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَٰبَ كُلِّ شَىْءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُوا۟ بِمَآ أُوتُوٓا۟ أَخَذْنَٰهُم بَغْتَةًۭ فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ

    Eslatilgan narsalarni unutgan chogʻlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qoʻydik. Oʻzlariga berilgan narsalardan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid boʻldilar. (Yaʼni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu neʼmatlarga koʻmib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarruʼsiz kelgan nozu neʼmat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qoʻyilsa, orqasida boshqa gapi boʻladi. Bunday boʻlishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarruʼ qilishga imkon qolmadi.)

  45. 45

    فَقُطِعَ دَابِرُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ۚ وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar boʻlsin.

  46. 46

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ ٱللَّهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَٰرَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِهِ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ

    Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va koʻzlaringizni olib qoʻysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan oʻzga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, soʻngra ularning qanday yuz oʻgirib ketishiga nazar sol.

  47. 47

    قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ بَغْتَةً أَوْ جَهْرَةً هَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Ularga: «Aayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kelsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» deb ayt.

  48. 48

    وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۖ فَمَنْ ءَامَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

    Biz Paygʻambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuboramiz. Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yoʻq va ular ranjimaslar.

  49. 49

    وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَمَسُّهُمُ ٱلْعَذَابُ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ

    Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni fosiqlik qilganlari uchun azob tutadir.

  50. 50

    قُل لَّآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ إِنِّى مَلَكٌ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ

    Sen: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, demayman. Gʻaybni bilaman ham, demayman. Va yana sizlarga, men farishtaman, ham demayman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», deb ayt. Sen: «Koʻr bilan koʻzi oʻtkir teng boʻla oladimi? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?» deb ayt. (Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj seziladi. Paygʻambar (s. a. v.) merosxoʻrlari boʻlmish ulamolar dinga daʼvat qilsalar, daʼvatga qoʻshib, molu dunyo berishlarini ham soʻraydilar. Shuningdek, gʻayb xabarlaridan «fol ochish»ni, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki daʼvatchi shaxsida farishtaning xuddi oʻzini koʻrishni xohlaydilar. Bu ham odam-ku, deb oʻylab koʻrmaydilar.)

  51. 51

    وَأَنذِرْ بِهِ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّهِمْ ۙ لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِۦ وَلِىٌّۭ وَلَا شَفِيعٌۭ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

    U bilan Robbilariga toʻplanishdan qoʻrqadiganlarni ogohlantir. Ularga Undan oʻzga valiy ham, shafoatchi ham yoʻq. Shoyadki taqvodor boʻlsalar.

  52. 52

    وَلَا تَطْرُدِ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ۖ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍۢ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَىْءٍۢ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yoʻq. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yoʻq. Ularni haydab, zolimlardan boʻlib qolma. («Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambagʻal odam boʻlsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham Paygʻambar (s. a. v.) boylarning gapiga kirib, ularni oʻz huzurlaridan haydashga haqlari yoʻq. Ularning kambagʻalliklari Paygʻambarning (s. a. v.) zimmalariga qoʻshimcha vazifa yuklamaydi. Kambagʻalliklari–oʻzlariga. Ularning rizqini Alloh beradi. Shuningdek, ular Paygʻambarning (s. a. v.) rizqlaridan masʼul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh beradi. Yoki Paygʻambar (s. a. v.) ular bilan oʻtirsalar, kambagʻal, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy boʻlib qolmaydilar.)

  53. 53

    وَكَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُم بِبَعْضٍۢ لِّيَقُولُوٓا۟ أَهَٰٓؤُلَآءِ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنۢ بَيْنِنَآ ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِٱلشَّٰكِرِينَ

    «Oramizdan Alloh neʼmat berganlar shularmi?» deyishlari uchun shunday qilib, baʼzilarini baʼzilari ila sinadik. Allohning Oʻzi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi? (Demak, boylarning boy, kambagʻallarning kambagʻal boʻlishi sinov ekan. Sinov boʻlganda ham, birlarini boshqalari bilan sinash ekan. Boy shukr qiladimi, yoʻqmi–sinaladi. Kambagʻal ham sabr qiladimi, yoʻqmi–sinaladi. Ayniqsa, boylar koʻproq sinaladi.)

  54. 54

    وَإِذَا جَآءَكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِنَا فَقُلْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُۥ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوٓءًۢا بِجَهَٰلَةٍۢ ثُمَّ تَابَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُۥ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, soʻngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot magʻfiratli va rahmli zotdir», deb ayt.

  55. 55

    وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ وَلِتَسْتَبِينَ سَبِيلُ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Shunday qilib, jinoyatchilarning yoʻli oshkor boʻlishi uchun oyatlarni mufassal bayon qilamiz.

  56. 56

    قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّآ أَتَّبِعُ أَهْوَآءَكُمْ ۙ قَدْ ضَلَلْتُ إِذًۭا وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ

    Sen: «Men Allohni qoʻyib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», deb ayt. Sen: «Men sizning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Zero, adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman», deb ayt.

  57. 57

    قُلْ إِنِّى عَلَىٰ بَيِّنَةٍۢ مِّن رَّبِّى وَكَذَّبْتُم بِهِۦ ۚ مَا عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦٓ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ يَقُصُّ ٱلْحَقَّ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْفَٰصِلِينَ

    «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolgʻonga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yoʻq. Hukm faqat Allohning oʻziga xosdir. U haqni aniqlaydi. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», deb ayt. (Paygʻambarimiz (s. a. v.) daʼvatlarini, eʼtiqodlarini, amallarini «ochiq hujjatlar» asosida olib bormoqdalar. Bu ochiq hujjatlar yerdan chiqqani yoʻq, balki osmondan tushgan. Mushrik-kofirlarning esa, hech qanday hujjatlari yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas. Chunki ular Robbilarini yolgʻonga chiqarib qoʻyganlar. Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa–talab qilingan moʻʼjiza kelgandan soʻng azobni tushirish. Bu ish Paygʻambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yoʻq, vazifasiga ham kirmaydi.)

  58. 58

    قُل لَّوْ أَنَّ عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦ لَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِٱلظَّٰلِمِينَ

    Sen: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda boʻlsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan boʻlar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», deb ayt.

  59. 59

    ۞ وَعِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَآ إِلَّا هُوَ ۚ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۚ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍۢ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍۢ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِى كِتَٰبٍۢ مُّبِينٍۢ

    Gʻaybning kalitlari Uning huzurida boʻlib, Ularni uning Oʻzidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, hoʻlu quruq bormi, barchasi ochiq kitobda bordir. («Ochiq kitob»dan murod–Lavhul Mahfuzdir. Yer ostida yashirin turgan bir dona don boʻlsa ham, hoʻlu quruqni boʻlsa ham biladi, degani Uning bilmaydigan narsasi yoʻqdir, deganidir. Bu taʼrif faqat Allohning Oʻzigagina xosdir. Cheksiz va shomil ilmga ega boʻlgan Alloh taolo, cheksiz va shomil qudratga ham egadir.)

  60. 60

    وَهُوَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُم بِٱلَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُم بِٱلنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰٓ أَجَلٌۭ مُّسَمًّۭى ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    U kechasi sizni vafot etdirar. U kunduzi qilgan kasbingizni bilar. Soʻngra belgilagan ajal tugal boʻlishi uchun U (kunduzi)da sizni qayta tiriltirar. Soʻngra qaytib borishingiz Uning Oʻzigadir. Soʻngra nima qilib yurganingizning xabarini berar.

  61. 61

    وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ

    U bandalari ustidan gʻolibdir. U ustingizga hafazalarini yuborur. Qachonki birortangizga oʻlim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yoʻl qoʻymagan holda uni vafot ettirarlar.

  62. 62

    ثُمَّ رُدُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ۚ أَلَا لَهُ ٱلْحُكْمُ وَهُوَ أَسْرَعُ ٱلْحَٰسِبِينَ

    Soʻngra haqiqiy xoʻjalari–Allohga qaytarilurlar. Ogoh boʻlingizkim, hukm qilish Uning Oʻzigagina xosdir. Va U eng tezkor hisob-kitob qilguvchidir.

  63. 63

    قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ تَدْعُونَهُۥ تَضَرُّعًۭا وَخُفْيَةًۭ لَّئِنْ أَنجَىٰنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ

    Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarruʼ qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlar edik, deydiganingiz kim?» deb ayt.

  64. 64

    قُلِ ٱللَّهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍۢ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ

    Sen: «Sizni ulardan va barcha gʻamlardan Alloh qutqarar. Soʻngra esa, siz shirk keltirasiz», deb ayt.

  65. 65

    قُلْ هُوَ ٱلْقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًۭا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًۭا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ

    Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyogʻingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, baʼzilaringizga baʼzilaringizning azobini totdirishga qodirdir», deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki anglab yetsalar. (Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol keltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va toʻfon balosi misol qilib keltiriladi. Odamlar firqalarga boʻlingandan keyin, har firqa aʼzolari oʻz firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm oʻtkazishga, azob berishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar koʻplab boʻlgan va hozir ham davom etib kelmoqda.)

  66. 66

    وَكَذَّبَ بِهِۦ قَوْمُكَ وَهُوَ ٱلْحَقُّ ۚ قُل لَّسْتُ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍۢ

    Qavming uni yolgʻonga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sen: «Men sizlarga vakil emasman.

  67. 67

    لِّكُلِّ نَبَإٍۢ مُّسْتَقَرٌّۭ ۚ وَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

    Har bir xabarning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar», deb ayt. (Kofirlar Qurʼonni yolgʻonga chiqarmoqdalar. Ammo bu bilan u yolgʻonga aylanib qolmaydi. Chunki haqiqiy baho beruvchi zot «Holbuki, u haqdir», demoqda.)

  68. 68

    وَإِذَا رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ يَخُوضُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦ ۚ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيْطَٰنُ فَلَا تَقْعُدْ بَعْدَ ٱلذِّكْرَىٰ مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Oyatlarmizni (istehzo qilishga) shungʻiyotganlarni koʻrgan chogʻingda, to undan boshqa gapga shungʻigunlaricha ulardan yuz oʻgir. Agar shayton esingdan chiqargan boʻlsa, eslaganingdan soʻng, zolim qavmlar bilan oʻtirma! (Iymon masalasida zid boʻlgan qavm bilan birga oʻtirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, oʻsha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan boʻlsalar. Ularning bu istehzolarini tinglab oʻtirish hech toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammadga (s. a. v.) «zolim qavmlar»–mushriklarning oʻshanday majlislarida oʻtirishlarini man qilmoqda.)

  69. 69

    وَمَا عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍۢ وَلَٰكِن ذِكْرَىٰ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

    Taqvo qiladiganlar zimmasida u «mushrik»larning hisobidan hech narsa yoʻq. Lekin eslatma bor. Shoyadki taqvo qilsalar.

  70. 70

    وَذَرِ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَهُمْ لَعِبًۭا وَلَهْوًۭا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ وَذَكِّرْ بِهِۦٓ أَن تُبْسَلَ نَفْسٌۢ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِىٌّۭ وَلَا شَفِيعٌۭ وَإِن تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍۢ لَّا يُؤْخَذْ مِنْهَآ ۗ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أُبْسِلُوا۟ بِمَا كَسَبُوا۟ ۖ لَهُمْ شَرَابٌۭ مِّنْ حَمِيمٍۢ وَعَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ

    Oʻz dinlarini oʻyin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib ketganlarni tark et. U (Qurʼon) ila eslatgin, hech bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor boʻlib, Allohdan oʻzga biror doʻst va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana oʻshalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor boʻlganlardir. Kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir. (Oʻz dinlarini oʻyin qilib olganlar, dinga ehtirom bilan qaramaydigan, dinni oʻz xohishlaricha toʻgʻrilashga harakat qiladiganlardir. Ular mushriklardan, ahli kitoblardan yoki musulmonman deb yurganlardan ham boʻlishi mumkin. Ular, men falon dindanman, deydilar-u, ammo oʻsha dinga amal qilmaydilar, ehtiromini joyiga qoʻymaydilar. Vaqti kelganda, oʻzini dindor qilib koʻrsatishga urinadilar-u, ammo nariroqqa borib, bilganlaridan qolmaydilar. Ular, agar oʻxshatish joiz boʻlsa, xoʻjayinni aldab, oʻyin-kulgu qilib yurgan xizmatchiga oʻxshaydilar. Balki ulardan ham battardirlar.)

  71. 71

    قُلْ أَنَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰٓ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ كَٱلَّذِى ٱسْتَهْوَتْهُ ٱلشَّيَٰطِينُ فِى ٱلْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُۥٓ أَصْحَٰبٌۭ يَدْعُونَهُۥٓ إِلَى ٱلْهُدَى ٱئْتِنَا ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Sen: «Allohni qoʻyib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi ogʻaynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan boʻlsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron boʻlib qolganga oʻxshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr qilinganmiz», deb ayt. (Bular eʼtiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga sherik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir.)

  72. 72

    وَأَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّقُوهُ ۚ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

    Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga toʻplanadigan zotdir.

  73. 73

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۖ وَيَوْمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُ ۚ قَوْلُهُ ٱلْحَقُّ ۚ وَلَهُ ٱلْمُلْكُ يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ۚ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ

    U osmonlaru yerni haq ila yaratgan zotdir. «Boʻl», degan kuni boʻladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U gʻaybni ham, shohidni ham biluvchi zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir. (Alloh taolo butun borliqni, jumladan osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala–haq. Boshqa gap-soʻz yoki taxminlar hammasi bekor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoim qilib, hamma odamlarni oʻz huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo berishi juda ham osondir. Yaʼni, qiyomat kuni. Dud surnayga oʻxshab chalinadigan asbob boʻlib, oʻsha asbobni Isrofil (a. s.) chalganlaridan soʻng qiyomat qoim boʻladi. Shuning uchun ham qiyomat kuni dud chalinadigan kun deb ham nomlanadi.)

  74. 74

    ۞ وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ ءَازَرَ أَتَتَّخِذُ أَصْنَامًا ءَالِهَةً ۖ إِنِّىٓ أَرَىٰكَ وَقَوْمَكَ فِى ضَلَٰلٍۢ مُّبِينٍۢ

    Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Men seni va sening qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda koʻrmoqdaman», deganini esla. (Ibrohim (a. s.) sof qalbi va ongi ila bu ish notoʻgʻri ekanligini, jonsiz tosh yoki jonsiz yogʻoch odamlar tomonidan bir oz ishlov berilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdi. Ibrohim (a. s.) otasini va uning qavmini ochiq-oydin adashuvda ekanini ham anglab yetdi. Bu tushunchani ularning yuziga ochiqchasiga aytdi.)

  75. 75

    وَكَذَٰلِكَ نُرِىٓ إِبْرَٰهِيمَ مَلَكُوتَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ ٱلْمُوقِنِينَ

    Xuddi shunday qilib, Ibrohimga aniq ishonuvchilardan boʻlishi uchun osmonlaru yerning mulklarini koʻrsatamiz. (Yaʼni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila koʻrsatganimizdek, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham koʻrsatamiz.)

  76. 76

    فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ ٱلَّيْلُ رَءَا كَوْكَبًۭا ۖ قَالَ هَٰذَا رَبِّى ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَآ أُحِبُّ ٱلْءَافِلِينَ

    Uni tun oʻrab olganida yulduzni koʻrib: «Mana shu Robbimdir», dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», dedi.

  77. 77

    فَلَمَّا رَءَا ٱلْقَمَرَ بَازِغًۭا قَالَ هَٰذَا رَبِّى ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِى رَبِّى لَأَكُونَنَّ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلضَّآلِّينَ

    Chiqayotgan oyni koʻrganda: «Mana shu Robbimdir», dedi. U ham botganida: «Agar Robbim meni toʻgʻri yoʻlga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan boʻlaman», dedi.

  78. 78

    فَلَمَّا رَءَا ٱلشَّمْسَ بَازِغَةًۭ قَالَ هَٰذَا رَبِّى هَٰذَآ أَكْبَرُ ۖ فَلَمَّآ أَفَلَتْ قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى بَرِىٓءٌۭ مِّمَّا تُشْرِكُونَ

    Chiqayotgan quyoshni koʻrganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», dedi. U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», dedi.

  79. 79

    إِنِّى وَجَّهْتُ وَجْهِىَ لِلَّذِى فَطَرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ حَنِيفًۭا ۖ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, toʻgʻri yoʻlga moyil boʻlgan holimda yuzlantirdim va men mushriklardan emasman. (Bu iqror Ibrohimning (a. s.) mushrik qavmdan ajralib, yolgʻiz Alloh taologa, osmonlaru yerni yaratgan Zotga, mushriklar unga shirk keltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning oʻzigagina yuzlanganini eʼlon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari, –ushbu yoʻllari millatlari haniflik deb nomlanadi. Bu degani–faqat toʻgʻrilikka moyil boʻlish, yuzlanish, yoʻl tutish deganidir.)

  80. 80

    وَحَآجَّهُۥ قَوْمُهُۥ ۚ قَالَ أَتُحَٰٓجُّوٓنِّى فِى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنِ ۚ وَلَآ أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَشَآءَ رَبِّى شَيْـًۭٔا ۗ وَسِعَ رَبِّى كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ

    Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qoʻrqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, boʻlishi mumkin. Robbim barcha narsani oʻz ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz boʻlmasmi?

  81. 81

    وَكَيْفَ أَخَافُ مَآ أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُم بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًۭا ۚ فَأَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِٱلْأَمْنِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qoʻrqay. Holbuki, siz oʻzingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qoʻrqmaysiz-u? Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam boʻlishga haqliroq?!» dedi. (Oddiy mantiq aytib turibdi. Sizlar xudodan qoʻrqmay, hech qanday hujjat-dalilsiz, oʻzingizdan-oʻzingiz baʼzi narsalarni unga sherik qilib oldingiz va yana qoʻrqmay yuribsiz. Siz shunday qilganingizdan keyin, haqiqiy Allohga iymon keltirib turib, nima uchun men sizlarning soxta xudolaringizdan qoʻrqay?!)

  82. 82

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يَلْبِسُوٓا۟ إِيمَٰنَهُم بِظُلْمٍ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ

    Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana oʻshalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.

  83. 83

    وَتِلْكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيْنَٰهَآ إِبْرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍۢ مَّن نَّشَآءُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ

    Ana oʻshalar Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini koʻtaramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi zotdir. (Alloh taolodan kelgan hujjatlarni qoʻllagan Ibrohim (a. s.) tortishuvda mushriklardan ustun keldilar. Gʻolib boʻldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulugʻ qildi.)

  84. 84

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِۦ دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَٰرُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

    Va Biz unga Ishoqni va Yaʼqubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni (ham hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlaymiz.

  85. 85

    وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ۖ كُلٌّۭ مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ

    Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir.

  86. 86

    وَإِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًۭا ۚ وَكُلًّۭا فَضَّلْنَا عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ

    Va Ismoil, al-Yasaʼ, Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik. (Ushbu uch oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ishorat bilan, boshqa oʻn sakkiz Paygʻambarni ismlari bilan zikr qilmoqda. Ikkinchi guruhda zikr qilingan Paygʻambarlar: «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyos»lar (a. s.) tarki dunyo, zuhdu taqvo bilan mashhur boʻlganlar. Shuning uchun ham ular oyati karimada: «Hammalari ahli solihlardandir», iborasi ila vasf qilinayotir. Zotan, hamma Paygʻambarlar ahli solihlardandir. Ushbu toʻrt Paygʻambar ahli solihlikda alohida martabaga erishganlar.)

  87. 87

    وَمِنْ ءَابَآئِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ وَإِخْوَٰنِهِمْ ۖ وَٱجْتَبَيْنَٰهُمْ وَهَدَيْنَٰهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ

    Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.

  88. 88

    ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا۟ لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ana oʻsha Allohning hidoyati boʻlib, Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshani unga yoʻllaydir. Agar ular shirk keltirsalar, qilgan ishlari, albatta, bexuda ketadir.

  89. 89

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَٰٓؤُلَآءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًۭا لَّيْسُوا۟ بِهَا بِكَٰفِرِينَ

    Ana oʻshalar biz ularga kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni bergan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr keltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qoʻyganmiz.

  90. 90

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقْتَدِهْ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَٰلَمِينَ

    Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. «Men sizlardan buning uchun haq soʻramayman. U olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», deb ayt. (Zikr qilingan Paygʻambarlar (a. s.) Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kelgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur boʻlgan narsadir. Paygʻambarimiz (s. a. v.) iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar daʼvat qilinadigan hidoyat ham shu.)

  91. 91

    وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ إِذْ قَالُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ بَشَرٍۢ مِّن شَىْءٍۢ ۗ قُلْ مَنْ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ ٱلَّذِى جَآءَ بِهِۦ مُوسَىٰ نُورًۭا وَهُدًۭى لِّلنَّاسِ ۖ تَجْعَلُونَهُۥ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًۭا ۖ وَعُلِّمْتُم مَّا لَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنتُمْ وَلَآ ءَابَآؤُكُمْ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ

    Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yoʻq, deganlarida, Allohni toʻgʻri taqdirlamadilar. Sen: «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qogʻozga tushirib olib, baʼzisini zohir, koʻpini maxfiy qilgan; va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga oʻrgatgan kitobni kim tushirdi?!» deb ayt. «Alloh» deb ayt. Soʻngra ularni tek qoʻy, shungʻigan narsalarida oʻynayversinlar. (Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qurʼonga kelganda, Alloh basharga hech narsa nozil qilgan yoʻq, deydilar?! Yoki Tavrot ham nozil boʻlmaganmi?! Yoʻq, unday emas, «Tavrot»ni Allohdan nozil boʻlgan ilohiy kitob, deb biladilar. Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan oʻzlariga muvofiq oʻrinlarni odamlarga koʻrsatishar, muvofiq kelmagan oʻrinlarini esa, maxfiy tutishar edi.)

  92. 92

    وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌۭ مُّصَدِّقُ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَلِتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَهُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ

    Bu, Biz tushirgan kitob muborakdir, oʻzidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro ( shaharlar onasi )va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon keltirganlar unga iymon keltirarlar. Va ular namozlarini muhofaza qilarlar. (Ummul Qurodan, Makkai Mukarrama nazarda tutilyapti. Bu muqaddas shahar arablar orasida qadimdan shu nom bilan ham mashhur boʻlgan. Chunki bu muborak shaharda Allohga ibodat etish uchun qurilgan dunyo va basharning birinchi uyi «Baytulloh» bor.)

  93. 93

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِىَ إِلَىَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَىْءٌۭ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثْلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى غَمَرَٰتِ ٱلْمَوْتِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَاسِطُوٓا۟ أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوٓا۟ أَنفُسَكُمُ ۖ ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَكُنتُمْ عَنْ ءَايَٰتِهِۦ تَسْتَكْبِرُونَ

    Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan yoxud, Alloh nozil qilgan narsaga oʻxshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning oʻlim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qoʻl choʻzib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», degandagi hollarini koʻrsang edi. (Kofir mushriklar Paygʻambarni (a. s.) inkor qilib, u zotga qoʻyayotgan ayblar gʻoyat katta ayblardir. Bunday ishlar Allohning mahbub Paygʻambaridan sodir boʻlishi aslo mumkin emas. Agar farazan kimdir bunday zulmni qiladigan boʻlsa, albatta, jazosini tortadi va tezda fosh boʻladi. Tarix buning koʻpiga guvoh. Paygʻambarimizning (s. a. v.) davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al-Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday daʼvo bilan chiqdilar. Ammo tezda sharmanda boʻldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar. Ularning kimligini oyati karimadagi taʼrifdan ham bilib olish mumkin.)

  94. 94

    وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَٰدَىٰ كَمَا خَلَقْنَٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ وَتَرَكْتُم مَّا خَوَّلْنَٰكُمْ وَرَآءَ ظُهُورِكُمْ ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَٰٓؤُا۟ ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

    Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar oʻzingizcha sherik deb oʻylagan shafoatchilaringizni koʻrmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz daʼvo qilgan narsa gʻoyib boʻldi.

  95. 95

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ فَالِقُ ٱلْحَبِّ وَٱلنَّوَىٰ ۖ يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَمُخْرِجُ ٱلْمَيِّتِ مِنَ ٱلْحَىِّ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ

    Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi zotdir. U oʻlikdan tirikni chiqaradir va tirikdan oʻlikni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!

  96. 96

    فَالِقُ ٱلْإِصْبَاحِ وَجَعَلَ ٱلَّيْلَ سَكَنًۭا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ حُسْبَانًۭا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

    U subhni yoritguvchi zotdir. U tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qoʻydi. Bu esa, gʻolib va yaxshi bilguvchi zotning oʻlchovidir. (Tunni inson, hayvonot, nabotot va jamodot olami uchun orom olguvchi sukunat qilib qoʻygan kim?! Nima uchun sukunat faqat tungagina xosdir? Xoʻsh, buni kim qildi? Oʻz-oʻzidan boʻlishi mumkin emas-ku. Inson har kuni tunga kiradi, uning sukunatidan taskin topadi, orom oladi. Ammo, buni kim qildi, deb soʻrab koʻrmaydi.)

  97. 97

    وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلنُّجُومَ لِتَهْتَدُوا۟ بِهَا فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni qilib qoʻygan zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz.

  98. 98

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ فَمُسْتَقَرٌّۭ وَمُسْتَوْدَعٌۭ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَفْقَهُونَ

    U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, (u jon) qaror topadigan joyda (ona rahmida) yoki saqlab qoʻyiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz. (Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, dastavval hammasi ota sulbida saqlanib turadi. Soʻngra ona rahmiga–bachadonga oʻtadi, u yerdan joy topadi va shundan keyin dunyoga keladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson oʻzidan-oʻzi dunyoga kela olmaydi. Ushbu haqiqatni oʻylab koʻrgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoil qolmay iloji yoʻq. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kerak, ong kerak, xolos.)

  99. 99

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۭ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ نَبَاتَ كُلِّ شَىْءٍۢ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًۭا نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبًّۭا مُّتَرَاكِبًۭا وَمِنَ ٱلنَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌۭ دَانِيَةٌۭ وَجَنَّٰتٍۢ مِّنْ أَعْنَابٍۢ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُشْتَبِهًۭا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍ ۗ ٱنظُرُوٓا۟ إِلَىٰ ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَيَنْعِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكُمْ لَءَايَٰتٍۢ لِّقَوْمٍۢ يُؤْمِنُونَ

    U osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u(suv ) ila turli nabototlar chiqardik: Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan gʻujum-gʻujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bogʻlari chiqaramiz. Bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.

  100. 100

    وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ ٱلْجِنَّ وَخَلَقَهُمْ ۖ وَخَرَقُوا۟ لَهُۥ بَنِينَ وَبَنَٰتٍۭ بِغَيْرِ عِلْمٍۢ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ

    Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, u hammalarini yaratgan zotdir. Ilmsiz holda unga oʻgʻillar va qizlar yasadilar. U ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy boʻldi. (Jinlarda insonlardan boshqacha–gʻayri tabiiy baʼzi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar boʻlsa kerak, deb gumon qildilar va Allohga shirk keltirdilar. Islom aqidasidan oʻzga aqidalarda ushbu narsa bor, desak mubolagʻa boʻlmaydi.)

  101. 101

    بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُۥ وَلَدٌۭ وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ صَٰحِبَةٌۭ ۖ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍۢ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۭ

    U osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U hamma narsani Oʻzi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.

  102. 102

    ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍۢ فَٱعْبُدُوهُ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ وَكِيلٌۭ

    Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir!

  103. 103

    لَّا تُدْرِكُهُ ٱلْأَبْصَٰرُ وَهُوَ يُدْرِكُ ٱلْأَبْصَٰرَ ۖ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ

    Koʻzlar Uni idrok eta olmas, U koʻzlarni idrok etar. U latif va xabardor zotdir. (Alloh koʻzlarni bu dunyo ashyolarini koʻrish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Koʻzlar maʼlum masofadagi narsalarni koʻradi. Undan uzoqdagisini koʻra olmaydi. Bu esa, oʻsha maʼlum masofadan naridagi koʻzga koʻrinmagan narsa yoʻqdir degani emas. Balki koʻz uni koʻra olmaganidandir.)

  104. 104

    قَدْ جَآءَكُم بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنْ أَبْصَرَ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ عَمِىَ فَعَلَيْهَا ۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍۢ

    Sizga Robbingizdan «koʻz ochuvchi»lar keldi. Kimki koʻrsa, oʻziga yaxshi. Kim koʻr boʻlib olsa, oʻziga zarar. Men sizlarga qoʻriqchi emasman. (Biz «koʻz ochuvchi»lar deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim istilohida «basoiru», deb kelgan. U «basiyra» soʻzining jamʼi boʻlib, bir narsani koʻrib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi. Alloh Oʻzining biru borligiga, Paygʻambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «koʻz ochuvchi» narsalarni yuborib qoʻyganini aytmoqda.)

  105. 105

    وَكَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ وَلِيَقُولُوا۟ دَرَسْتَ وَلِنُبَيِّنَهُۥ لِقَوْمٍۢ يَعْلَمُونَ

    Shunday qilib, dars olgansan, deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz.

  106. 106

    ٱتَّبِعْ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. Mushriklardan yuz oʻgir.

  107. 107

    وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكُوا۟ ۗ وَمَا جَعَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًۭا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍۢ

    Agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edilar. Biz seni ularga qoʻriqchi qilganimiz yoʻq. Va sen ularga vakil ham emassan.

  108. 108

    وَلَا تَسُبُّوا۟ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَسُبُّوا۟ ٱللَّهَ عَدْوًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍۢ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ularning Allohdan oʻzga ibodat qiladiganlarini soʻkmangiz. Bas, bilmasdan, zulm ila Allohni soʻkib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qoʻydik. Soʻngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, u qilib yurgan ishlarining xabarini berur. (Mushriklar Allohni qoʻyib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning oʻsha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda. Yaʼni, musulmon kishi mushrikning sanamini soʻksa, bundan gʻazablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab boʻladi.)

  109. 109

    وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِن جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌۭ لَّيُؤْمِنُنَّ بِهَا ۚ قُلْ إِنَّمَا ٱلْءَايَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَآ إِذَا جَآءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Ular agar biron oyat-moʻʼjiza kelsa, albatta iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam ichadilar. Sen: «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar.

  110. 110

    وَنُقَلِّبُ أَفْـِٔدَتَهُمْ وَأَبْصَٰرَهُمْ كَمَا لَمْ يُؤْمِنُوا۟ بِهِۦٓ أَوَّلَ مَرَّةٍۢ وَنَذَرُهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ

    Xuddi avval iymon keltirmaganlaridek, qalblari va koʻzlarini burib qoʻyarmiz va tugʻyonlarida dovdiragan hollarida tek qoʻyarmiz.

  111. 111

    ۞ وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ ٱلْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَىْءٍۢ قُبُلًۭا مَّا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوٓا۟ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ

    Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga oʻliklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin toʻplasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar. Lekin koʻplari johildirlar. (Alloh taolo turli oyat-moʻʼjizani, kishini lol qoldiruvchi narsalarni jilva qildirib, odamlarni tang qoldirib, keyin iymonga kelishlarini xohlamagan. Alloh taolo iymon yoʻlini inkishof etib, kishilar oʻsha yoʻl bilan aqllarini ishlatib, oʻz ixtiyorlari asosida iymonga kelishlarini xohlaydi. Iymonga kelganlarga mukofot beradi, kelmaganlarga–jazo. Odamlarning «koʻplari johildirlar».)

  112. 112

    وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّۭا شَيَٰطِينَ ٱلْإِنسِ وَٱلْجِنِّ يُوحِى بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍۢ زُخْرُفَ ٱلْقَوْلِ غُرُورًۭا ۚ وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ

    Shuningdek, har bir Paygʻambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qoʻydik. Ularning baʼzilari baʼzilarini gʻururga ketkazishlari uchun latif kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni oʻzlari toʻqigan narsalari ila yolgʻiz qoʻy! (Alloh taolo Oʻz xohishi bilan har bir Paygʻambarga insiy va jinniy shaytonlarni dushman qilib qoʻygan ekan. Jin shaytonlar odamlarni igʻvo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan moʻmin-musulmon kishiga ular oʻz taʼsirlarini oʻtkaza olmaydilar. Ammo odamdan boʻlgan shaytonlar esa, hamma-hammasidan badtaridir. Ular doimo oramizda, koʻzlarimiz oʻngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yoʻllar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. Insu jin shaytonlari doimo gʻavgʻo va tugʻyon bilan mashgʻuldirlar.)

  113. 113

    وَلِتَصْغَىٰٓ إِلَيْهِ أَفْـِٔدَةُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ وَلِيَرْضَوْهُ وَلِيَقْتَرِفُوا۟ مَا هُم مُّقْتَرِفُونَ

    Unga (gapning goʻzaliga) oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalbi moyil boʻlishi, undan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir.

  114. 114

    أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْتَغِى حَكَمًۭا وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ إِلَيْكُمُ ٱلْكِتَٰبَ مُفَصَّلًۭا ۚ وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُۥ مُنَزَّلٌۭ مِّن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ

    Allohdan oʻzgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uni Robbingdan haq ila nozil qilinganini biladilar. Bas shak keltiruvchilardan boʻlma.

  115. 115

    وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًۭا وَعَدْلًۭا ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Robbingning soʻzlari sodiqlik va adolat ila batamom boʻldi. Uning soʻzlarini oʻzgartuvchi yoʻq. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi zotdir.

  116. 116

    وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

    Va agar yer yuzidagilarning koʻplariga itoat qilsang, seni Allohning yoʻlidan adashtiradilar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilarlar, xolos.

  117. 117

    إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ مَن يَضِلُّ عَن سَبِيلِهِۦ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ

    Albatta, Robbing kim Uning yoʻlidan adashishini yaxshi bilguvchidir. Va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi bilguvchidir.

  118. 118

    فَكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُم بِـَٔايَٰتِهِۦ مُؤْمِنِينَ

    Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan boʻlsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!

  119. 119

    وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا ٱضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًۭا لَّيُضِلُّونَ بِأَهْوَآئِهِم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُعْتَدِينَ

    Sizga nima boʻldiki, Allohning nomi aytib soʻyilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar boʻlganingizda, mayli. Albatta, koʻpchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtiradilar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir. (U zot Oʻzining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay soʻyilgan hayvonlar goʻshtini yeganlarni juda yaxshi biladi va ularga tegishli jazoni beradi. Shuningdek, ilmsiz, havoyu nafsning koʻyiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tegishli jazosini beradi.)

  120. 120

    وَذَرُوا۟ ظَٰهِرَ ٱلْإِثْمِ وَبَاطِنَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْسِبُونَ ٱلْإِثْمَ سَيُجْزَوْنَ بِمَا كَانُوا۟ يَقْتَرِفُونَ

    Va oshkora hamda maxfiy gunohlarni tark qilinglar! Gunoh qiluvchilar, albatta, qilgan gunohlarining jazosini olurlar.

  121. 121

    وَلَا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُۥ لَفِسْقٌۭ ۗ وَإِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَٰدِلُوكُمْ ۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ

    Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar oʻz doʻstlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilarlar. Agar ularga itoat qilsangizlar, sizlar ham mushriklardan boʻlasizlar. (Ulamolarimiz agar musulmon kishi hayvonni soʻyayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qoʻysa, soʻygan goʻshti halol, deganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday goʻsht harom boʻladi.)

  122. 122

    أَوَمَن كَانَ مَيْتًۭا فَأَحْيَيْنَٰهُ وَجَعَلْنَا لَهُۥ نُورًۭا يَمْشِى بِهِۦ فِى ٱلنَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُۥ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ لَيْسَ بِخَارِجٍۢ مِّنْهَا ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَٰفِرِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Avval oʻlik boʻlgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qoʻygan boʻlsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam oʻxshash boʻladimi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab koʻrsatildi. (Bu oyati karimada kofir odam oʻlik hisobida ekanligi taʼkidlanmoqda. Alloh taolo kimni iymonga hidoyat etsa, oʻsha odamning moʻmin boʻlishi goʻyo oʻlikning qayta tirilishiga tenglashtirilmoqda.)

  123. 123

    وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَٰبِرَ مُجْرِمِيهَا لِيَمْكُرُوا۟ فِيهَا ۖ وَمَا يَمْكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ

    Xuddi shunga oʻxshash har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qoʻyib yubordik. Ular sezmagan holda faqat oʻzlariga oʻzlari makr qiladilar, xolos. (Bu jinoyatchilar katta mansablarni egallab olib, odamlarni oʻz yoʻliga solish uchun turli hiyla-nayranglar qiladilar. Ularning jinoyati Alloh taoloning haq-huquqlariga tajovuz qilishdir. Katta jinoyatchilarning dinga qarshi qilgan makr-hiylalari oʻzlarining boshiga yetadi. Chunki ular dinga qarshi chiqish bilan Allohga qarshi chiqadilar. Oʻzining halokatiga zamin yaratgan boʻladilar. Moʻminlarni esa Alloh taoloning Oʻzi himoya qiladi.)

  124. 124

    وَإِذَا جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌۭ قَالُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ رُسُلُ ٱللَّهِ ۘ ٱللَّهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُۥ ۗ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٌۭ شَدِيدٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَمْكُرُونَ

    Agar ularga oyat kelsa, Allohning Paygʻambarlariga berilgan narsaga oʻxshash narsa bizga ham berilmaguncha zinhor iymon keltirmasmiz, derlar. Oʻz Paygʻambarligini qayerga qoʻyishni Allohning Oʻzi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir.

  125. 125

    فَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يَهْدِيَهُۥ يَشْرَحْ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِ ۖ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُۥ يَجْعَلْ صَدْرَهُۥ ضَيِّقًا حَرَجًۭا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِى ٱلسَّمَآءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ ٱللَّهُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ

    Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning koʻksini xuddi osmonga koʻtarilayotgandek, tor va tang qilib qoʻyadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur. (Alloh taolo bandalaridan kimga hidoyatni ravo koʻrsa, oʻsha bandaning koʻksini keng qilib qoʻyadi. U banda iymon va Islomni keng qalb ila qabul qiladi. Aksincha, Alloh taolo kimga zalolat va kufrni ravo koʻrsa, uning qalbini tor va tang qilib qoʻyadi. Iymon va Islom haqida biror gap eshitsa, siqilaveradi. Ilm rivojlanib, odamlar fazoga uchadigan boʻlganlarida, inson qanchalik balandga koʻtarilsa, yuragi–koʻksi shunchalik siqilishi kashf etildi. Agar Qurʼon haqiqiy ilohiy kitob boʻlmaganda, bundan oʻn toʻrt asr avval bu ilmiy haqiqatni qanday qilib kashf etar edi?)

  126. 126

    وَهَٰذَا صِرَٰطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًۭا ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍۢ يَذَّكَّرُونَ

    Mana shu Robbingning toʻgʻri yoʻlidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.

  127. 127

    ۞ لَهُمْ دَارُ ٱلسَّلَٰمِ عِندَ رَبِّهِمْ ۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ularga Robbilari huzurida dorus-Salom ( tinchlik uyi ) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning doʻstidir.

  128. 128

    وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًۭا يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ قَدِ ٱسْتَكْثَرْتُم مِّنَ ٱلْإِنسِ ۖ وَقَالَ أَوْلِيَآؤُهُم مِّنَ ٱلْإِنسِ رَبَّنَا ٱسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍۢ وَبَلَغْنَآ أَجَلَنَا ٱلَّذِىٓ أَجَّلْتَ لَنَا ۚ قَالَ ٱلنَّارُ مَثْوَىٰكُمْ خَٰلِدِينَ فِيهَآ إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ

    Ularning hammasini toʻplaydigan kunda: «Ey jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) koʻpaytirvordingiz?!» deydi. Ularning insdan boʻlgan doʻstlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», deydilar. U zot: «Qaytar joyingiz doʻzaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz). Albatta, Robbing hikmatli va bilimli zotdir. (Demak, jinlar odamlarni yoʻldan urib, igʻvo qilib, yomon yoʻlga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlar fitnasiga uchib kofir va gunohkor boʻlgan odamlar esa, ularning ziynatlab koʻrsatgan, havoyu nafsni qondiruvchi ishlarini bajarib huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, gʻofil, havoyu nafsga berilgan, shahvatparast odamlar boʻlganlar. Shayton ularning ushbu zaif joylaridan tutib, igʻvosiga uchirgan va oʻziga malay qilib olib, har koʻyga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erishish yoʻlida ulardan foydalanib huzur qilgan.)

  129. 129

    وَكَذَٰلِكَ نُوَلِّى بَعْضَ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعْضًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga doʻst qilurmiz.

  130. 130

    يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌۭ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِى وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا۟ شَهِدْنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَا ۖ وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَٰفِرِينَ

    Ey jin va ins jamoalari, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» der. Ular: «Oʻzimizga qarshi guvohlik berdik», derlar. Ularni hayoti dunyo gʻururga ketkazdi va oʻzlariga qarshi kofir boʻlganlarini aytib, guvohlik berdilar.

  131. 131

    ذَٰلِكَ أَن لَّمْ يَكُن رَّبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍۢ وَأَهْلُهَا غَٰفِلُونَ

    Bunday qilishning boisi, Robbing gʻofil turgan shahar-qishloq aholisini halok qilmasligidandir.

  132. 132

    وَلِكُلٍّۢ دَرَجَٰتٌۭ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ

    Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan gʻofil emasdir.

  133. 133

    وَرَبُّكَ ٱلْغَنِىُّ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِنۢ بَعْدِكُم مَّا يَشَآءُ كَمَآ أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ ءَاخَرِينَ

    Va Robbing behojat va rahmat sohibi boʻlgan zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, oʻrinbosar qilib keltiradir. (Alloh taolo rahmat sohibi boʻlgan zot. Odamlarning bu dunyoda yurishlarining oʻzi ham Allohning rahmatidan. U Oʻz rahmatini Oʻzi xohlagan bandalariga beradi. Hozirgi paytda yashab turgan odamlarni avval oʻtgan kishilar zurriyotidan paydo qilganligi ham hammaga maʼlum. Yaʼni, Alloh Oʻzi xohlab shunday qilgan. Bandalarga hojatmandligidan emas. Shuningdek, hozirgi avlod odamlariga ham hech qanday hojati yoʻqdir. Agar Alloh xohlasa, bu avlodni ham koʻtarib, yoʻq qilib, oʻrniga Oʻzi xohlagan narsani keltira oladi. Demak, Alloh bandalarga emas, bandalar Allohga hojatmanddirlar. Ular oʻzlarining dunyoga kelishlarida Allohga hojatmand boʻlganlari kabi, bu dunyoda yashashlarida ham, har lahzada, har narsada hojatmanddirlar. Alloh esa, Oʻz rahmati ila ularning hojatlarini ravo qiladi. Allohning bandalariga nisbatan rahmatining eng yuqori choʻqqisi, ularga Paygʻambarlari orqali din–shariat yuborishi. Dinga yurmaganlar oʻsha oliy maqom neʼmatdan yuz oʻgirganlar boʻladilar. Oʻzlariga yomonlik qiladilar. Qiyomatda hollari yomon boʻladi.)

  134. 134

    إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَءَاتٍۢ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ

    Albatta, sizga vaʼda qilingan narsa keluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz. (Yaʼni, albatta, sizga vaʼda qilingan qiyomat kuni, hisob-kitob, jazo va mukofot kelgusidir. Kelmasligi mumkin emas. U paytda siz Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Albatta, qilganingizga yarasha jazoingizni olasiz.)

  135. 135

    قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَامِلٌۭ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ

    Sen: «Ey qavmim, oʻrningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga boʻlishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», deb ayt.

  136. 136

    وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلْحَرْثِ وَٱلْأَنْعَٰمِ نَصِيبًۭا فَقَالُوا۟ هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَٰذَا لِشُرَكَآئِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَآئِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَآئِهِمْ ۗ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

    Ular Allohga Uning Oʻzi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va oʻzlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», dedilar. Bas, butlariga boʻlgan narsa Allohga yetmas. Allohga boʻlgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?! (Arab mushriklari ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi. Shu bilan birga, butlariga ham oʻsha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qoʻshilib ketsa, mayli, deb qoʻyar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qoʻshilib ketsa, Alloh bunga muhtoj emas, deb qaytarib olishardi. Bu ish aslida mantiqsiz, qoʻpolroq qilib aytadigan boʻlsak, axmoqona ish edi.)

  137. 137

    وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍۢ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَٰدِهِمْ شُرَكَآؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا۟ عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ۖ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ

    Shuningdek, mushriklardan koʻplariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini oʻldirishni ziynatlab koʻrsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va toʻqiyotgan narsalarini qoʻyib qoʻy.

  138. 138

    وَقَالُوا۟ هَٰذِهِۦٓ أَنْعَٰمٌۭ وَحَرْثٌ حِجْرٌۭ لَّا يَطْعَمُهَآ إِلَّا مَن نَّشَآءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَٰمٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَٰمٌۭ لَّا يَذْكُرُونَ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا ٱفْتِرَآءً عَلَيْهِ ۚ سَيَجْزِيهِم بِمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Ular oʻzlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeyrlar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», dedilar. Ular maʼlum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, u zotga tuhmatdir. U tezda qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak. (Bu oyatda mushrik va kofirlarning eng katta jinoyatlaridan biri–halol-haromni ajratishda Allohning aytganiga yurmay, oʻzlaricha koʻngillari tusagan hukmni chiqarishlari bayon qilinmoqda. Aslida, halol yoki harom haqida hukm chiqarish Alloh taoloning haqqi. Bandalarning bu ilohiy haqqa tajovuz qilishi kufrga olib boradigan katta jinoyatdir. Agar bir inson hamma diniy aqidalarga toʻliq iymon keltirsa, shariat koʻrsatmalariga mukammal amal qilsa-yu, Alloh halol degan narsani harom desa yoki, aksincha, harom deganini halol desa, kofir boʻladi. Bu masala shu darajada nozik masaladir.)

  139. 139

    وَقَالُوا۟ مَا فِى بُطُونِ هَٰذِهِ ٱلْأَنْعَٰمِ خَالِصَةٌۭ لِّذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِنَا ۖ وَإِن يَكُن مَّيْتَةًۭ فَهُمْ فِيهِ شُرَكَآءُ ۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌۭ

    Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u(qorindagi narsa) oʻlik boʻlsa, ular unga sheriklardir. Tezda ularga vasflari uchun Oʻzi jazo berajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi zotdir.

  140. 140

    قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ قَتَلُوٓا۟ أَوْلَٰدَهُمْ سَفَهًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍۢ وَحَرَّمُوا۟ مَا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ٱفْتِرَآءً عَلَى ٱللَّهِ ۚ قَدْ ضَلُّوا۟ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ

    Aqli pastlik qilib, johillik ila farzandlarini oʻldirganlar va Alloh ularga rizq qilib bergan narsalarni harom qilganlar ziyonkor boʻldilar. Batahqiq, ular adashdilar va hidoyatga yuruvchilardan boʻlmadilar. (Agar ular johil boʻlmasalar, Allohning farzandlarni koʻpaytirish, ularni tarbiyalab oʻstirish haqidagi taʼlimotiga dushmanlarcha ters, insu jin shaytonlarining gapiga kirib, oʻz jigargoʻshalarini oʻldirar edilarmi?! Yoki Alloh taolo ularga halol rizq qilib bergan narsalarni hech qanday sabab yoki dalilsiz oʻzlariga harom qilib olarmidilar?! Ana shunday ahmoqona ishlarni qilganlar: «... ziyonkor boʻldilar».)

  141. 141

    ۞ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ جَنَّٰتٍۢ مَّعْرُوشَٰتٍۢ وَغَيْرَ مَعْرُوشَٰتٍۢ وَٱلنَّخْلَ وَٱلزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُۥ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُتَشَٰبِهًۭا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍۢ ۚ كُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَءَاتُوا۟ حَقَّهُۥ يَوْمَ حَصَادِهِۦ ۖ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ

    U (ishkomlarga) koʻtariladigan va koʻtarilmaydigan bogʻlarni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga oʻxshatib va oʻxshatmay paydo qilgan zotdir. Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yigʻim-terim kunida haqqini beringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas.

  142. 142

    وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ حَمُولَةًۭ وَفَرْشًۭا ۚ كُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّۭ مُّبِينٌۭ

    Va chorvalardan hammollarini va (soʻygani) yerga yotqaziladiganlarni paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir. (Oʻtgan oyatlarda mushriklar oʻzlaricha hech qanday haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz baʼzi hayvonlarni minishni, baʼzilarining goʻshtini yeyishni harom qilganlari aytilgan edi. Ammo, aslini olganda, hayvonlarni minish yoki minmaslik, goʻshtini yeyish yoki yemaslik haqidagi hukmni faqat Alloh taoloning Oʻzigina chiqaradi.)

  143. 143

    ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍۢ ۖ مِّنَ ٱلضَّأْنِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْمَعْزِ ٱثْنَيْنِ ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۖ نَبِّـُٔونِى بِعِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ

    Sakkiz juft (paydo qildi): qoʻydan ikkini (erkak-urgʻochi) va echkidan ikkini. Sen: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» deb ayt. (Arab tilida «al-anʼom» deb nomlangan hayvonlar turkumini biz «chorva» deb tarjima qilmoqdamiz. Aslida «al-anʼom» deb tuya, sigir, qoʻy va echkiga aytiladi. Ularni juft–bir erkak va bir urgʻochi hisob qilinsa, sakkizta boʻladi.)

  144. 144

    وَمِنَ ٱلْإِبِلِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ ٱثْنَيْنِ ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۖ أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ وَصَّىٰكُمُ ٱللَّهُ بِهَٰذَا ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًۭا لِّيُضِلَّ ٱلنَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ

    Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). yen«Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid boʻlib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas». (Haqqingiz boʻlmay turib harom haqida hukm chiqarganingiz bir gunoh va oʻzingizcha chiqargan hukmni Allohga nisbat berishingiz yanada ulkanroq gunoh. Qani, ayting-chi, agar siz taʼkidlayotgandek, Alloh bularni harom qilgan boʻlsa: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?!». Bilmaysiz. Chunki gumon va taxmin bilan gapirib yurgansiz.)

  145. 145

    قُل لَّآ أَجِدُ فِى مَآ أُوحِىَ إِلَىَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍۢ يَطْعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًۭا مَّسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنزِيرٍۢ فَإِنَّهُۥ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍۢ وَلَا عَادٍۢ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar oʻlimtik yoki oqizilgan qon yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa, albatta, u iflos, haromdir. Yohud fosiqlik ila Allohdan oʻzganing nomiga soʻyilgan boʻlsa (haromdir). Bas, kishi muztar boʻlib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor boʻlmagan holida (isteʼmol qilsa). Albatta, Robbing magʻfirat qilguvchi va rahmli zotdir», deb ayt. (Yaʼni, siz harom deb atagan narsalarning birortasini ham Alloh harom qilgani yoʻq. Bu narsalarni siz oʻzingizcha harom deb yuribsiz. Alloh taolo menga vahiy yuborib, nima halol, nima harom ekanini bayon qildi.)

  146. 146

    وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا كُلَّ ذِى ظُفُرٍۢ ۖ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ وَٱلْغَنَمِ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ شُحُومَهُمَآ إِلَّا مَا حَمَلَتْ ظُهُورُهُمَآ أَوِ ٱلْحَوَايَآ أَوْ مَا ٱخْتَلَطَ بِعَظْمٍۢ ۚ ذَٰلِكَ جَزَيْنَٰهُم بِبَغْيِهِمْ ۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ

    Va yahudiy boʻlganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qoʻydan esa, ularga yogʻlarini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yogʻlari (haloldir). Bu (harom qilish) zulmlari uchun ularga bergan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgoʻymiz. (Demak, bu oyatda zikr qilingan narsalar faqat yahudiylarga xos boʻlib, ular qilgan zulm evaziga Alloh taolo tomonidan jazo boʻlib keldi. Boshqa qavmlarga esa halol. Oyatda biz «(butun) tuyoqli» deb tarjima qilganimiz soʻz, tuyogʻi ikkiga yoki koʻpga boʻlinmagan hayvonlar, degan maʼnodadir. Bunday hayvonlar tuya, tuyaqush, oʻrdak va shunga oʻxshash oyogʻidagi tuyogʻi butun (bitta) boʻlgan hayvonlardir. Ana shunday hayvonlarni Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan. Shuningdek, mol va qoʻylarning oyatda istisno qilinganidan boshqa yogʻlarini ham harom qilgan.)

  147. 147

    فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍۢ وَٰسِعَةٍۢ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُۥ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ

    Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar: «Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», deb ayt.

  148. 148

    سَيَقُولُ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكْنَا وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَىْءٍۢ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا۟ بَأْسَنَا ۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍۢ فَتُخْرِجُوهُ لَنَآ ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ

    Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga oʻxshash yolgʻonga chiqarib turganlar. Sen: «Sizning huzuringizda bizga chiqarib koʻrsatadigan biron ilm–hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolgʻon gapirmoqdasiz» - deb ayt. (Yaʼni, Alloh sizlarning shirk keltirishingizni, baʼzi narsalarni harom deb eʼlon qilishingizni xohlaganini isbot qiladigan hujjatingiz bormi? Alloh Oʻz bandalaridan nimani xohlasa, ochiq-oydin aytib qoʻygan. Bandalar iymon keltirishni xohlaganlari uchun, iymon keltiringlar, degan. Kofir-mushrik boʻlishlarini xohlamagani uchun, kufr keltirmanglar, mushrik boʻlmanglar, deb qatʼiy hukm etgan. Shuningdek, bandalari nimani qilishini xohlasa, amr, nimalarni qilmasligini xohlasa, nahiy qilib qaytarib qoʻygan. Allohning xohishi hammasi ochiq-oydin, ilmiy sobit narsalardir. Allohning xohishi ichida, shirk keltiring, baʼzi narsalarni harom qiling, degan xohish yoʻq. Yoki, mening gʻoyib, hech kim bilmaydigan xohishlarimni izlab topib, oʻshanga amal qiling, degani ham yoʻq.)

  149. 149

    قُلْ فَلِلَّهِ ٱلْحُجَّةُ ٱلْبَٰلِغَةُ ۖ فَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ

    Sen: «Yetuk hujjat Allohning Oʻzidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», deb ayt. (Alloh, shubhasiz, bunga qodir. Misol uchun, farishtalarni shunday qilib yaratdi. Ular doimo itoatkor, isyonsiz tabiat sohibi qilib yaratildilar. Lekin odamlarni xohlasa ham, xohlamasa ham, hidoyatga yuradigan qilib yaratishdan nima foyda bor? Alloh taolo odamlarga hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatib qoʻydi, aql-idrok berdi va xohlagan yoʻlini tanlash ixtiyorini berdi. Ana oʻsha ixtiyorga qarab jazo yoki mukofot oladi. Mushrik va kofirlar ana oʻsha yomon–zalolat yoʻlini tanlaganlardir. Ular oʻsha ixtiyorlari uchun jazolarini oladilar.)

  150. 150

    قُلْ هَلُمَّ شُهَدَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ يَشْهَدُونَ أَنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَ هَٰذَا ۖ فَإِن شَهِدُوا۟ فَلَا تَشْهَدْ مَعَهُمْ ۚ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ وَهُم بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ

    Sen: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring», deb ayt. Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma. Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk keltirurlar.

  151. 151

    ۞ قُلْ تَعَالَوْا۟ أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ۖ أَلَّا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًۭٔا ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًۭا ۖ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَوْلَٰدَكُم مِّنْ إِمْلَٰقٍۢ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ۖ وَلَا تَقْرَبُوا۟ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ۖ وَلَا تَقْتُلُوا۟ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qoʻrqib, bolalaringizni oʻldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli. Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad aql yuritsangiz.»- deb ayt.

  152. 152

    وَلَا تَقْرَبُوا۟ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ۖ وَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَٱعْدِلُوا۟ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۖ وَبِعَهْدِ ٱللَّهِ أَوْفُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

    Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yoʻl bilan boʻlsa, mayli. Oʻlchov va tarozini adolat ila toʻliq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmasmiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz boʻlsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildiki, shoyad eslasangiz. (Yetimning molini yeyish ijtimoiy aloqalarni buzishdir. Yetim zaif hol boʻlgani uchun jamiyat uni himoya qilishi kerak. Yetimning molini nohaq yegan odam uning haqqiga zulm qilgan boʻladi, shu bilan birga, jamiyat haqqiga ham zulm qiladi. Chunki molsiz qolgan yetimni endi jamiyat boqishi kerak boʻlib qoladi. Shuning uchun ham yetimni qaramogʻiga olgan odam uning moliga yaqinlashishi mumkin emas. Magar yaxshi yoʻl bilan boʻlsa, oʻsha molni oʻstirish uchun, koʻpaytirib voyaga yetganda uning qoʻliga topshirish uchun yaqinlashsa, mayli.

  153. 153

    وَأَنَّ هَٰذَا صِرَٰطِى مُسْتَقِيمًۭا فَٱتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

    Albatta, bu Mening toʻgʻri yoʻlimdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yoʻllarga ergashmang. Bas, sizni uning yoʻlidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad taqvo qilsangiz. (Dunyodagi yagona toʻgʻri yoʻl–Allohning yoʻli. Inson ergashmogʻi lozim boʻlgan birdan-bir yoʻl–shu yoʻl. Undan boshqa yoʻllarning hammasi notoʻgʻri yoʻllar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Notoʻgʻri yoʻlga yurganlar Allohning yoʻlidan adashgan boʻladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, toʻgʻri yoʻlni topishlari uchundir.)

  154. 154

    ثُمَّ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ تَمَامًا عَلَى ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ وَتَفْصِيلًۭا لِّكُلِّ شَىْءٍۢ وَهُدًۭى وَرَحْمَةًۭ لَّعَلَّهُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ

    Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (neʼmat) batamom boʻlish uchun, har bir narsa batafsil boʻlishi uchun, hidoyat va rahmat boʻlishi uchun berdik. Shoyadki, ular Robbilariga duchor boʻlishlariga iymon keltirsalar.

  155. 155

    وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌۭ فَٱتَّبِعُوهُ وَٱتَّقُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

    Biz tushirgan bu kitob, muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangizlar. (Qurʼoni Karim koʻplab yetuk sifatlarga musharraf kitobdir. U dunyoga ham, oxiratga ham barakadir. Bu haqiqatni Qurʼoni Karimga aloqasi boʻlgan har bir musulmon yaxshi biladi. Agar dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyoning barakasiga erishmoq boʻlsa: «Bas, unga ergashing». Undan oʻzga ergashishga arzigulik narsa yoʻq. Boshqalar barakasiz narsalar. Ularga ergashganlar ikki dunyoda maqsadlariga erisha olmaydilar. Qurʼonga ergashish bilan birga, taqvo ham boʻlishi zarur.)

  156. 156

    أَن تَقُولُوٓا۟ إِنَّمَآ أُنزِلَ ٱلْكِتَٰبُ عَلَىٰ طَآئِفَتَيْنِ مِن قَبْلِنَا وَإِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمْ لَغَٰفِلِينَ

    «Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob tushirilgan, ularning darslaridan gʻofilmiz», demasliklaringiz uchun.

  157. 157

    أَوْ تَقُولُوا۟ لَوْ أَنَّآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْكِتَٰبُ لَكُنَّآ أَهْدَىٰ مِنْهُمْ ۚ فَقَدْ جَآءَكُم بَيِّنَةٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَهُدًۭى وَرَحْمَةٌۭ ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَصَدَفَ عَنْهَا ۗ سَنَجْزِى ٱلَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ ءَايَٰتِنَا سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُوا۟ يَصْدِفُونَ

    Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan koʻra hidoyatliroq boʻlar edik», demasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan va ulardan yuz oʻgirgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tezda oyatlarimizdan yuz oʻgirganlarni yuz oʻgirganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz.

  158. 158

    هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِىَ بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ ۗ يَوْمَ يَأْتِى بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفْسًا إِيمَٰنُهَا لَمْ تَكُنْ ءَامَنَتْ مِن قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِىٓ إِيمَٰنِهَا خَيْرًۭا ۗ قُلِ ٱنتَظِرُوٓا۟ إِنَّا مُنتَظِرُونَ

    Ular farishtalar kelishini, yo Robbingning kelishini yoki Robbingning baʼzi oyatlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning baʼzi oyatlari kelgan kunida hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan boʻlsa, iymoni naf bermas. Sen: «Kutaveringlar, biz ham kutguvchilarmiz», deb ayt. («Robbingning baʼzi oyatlari»dan murod–lol qoldiruvchi moʻʼjizalar. Shunday talablar qilingani ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham bir necha marta zikr qilingan edi. Agar oyati karimaga umumiy holni eʼtiborga olib taʼvil beriladigan boʻlsa, «farishta»lardan murod–oʻlim farishtalaridir. «Robbingning kelishi»–qiyomat kunining qoim boʻlishi; «Robbingning baʼzi oyatlari»–qiyomat alomatlari, demakdir.)

  159. 159

    إِنَّ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًۭا لَّسْتَ مِنْهُمْ فِى شَىْءٍ ۚ إِنَّمَآ أَمْرُهُمْ إِلَى ٱللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

    Dinlarini tafriqa qilib, oʻzlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yoʻq. Albatta, ularning ishi Allohning Oʻziga havola. Soʻngra qilgan ishlarining xabarini berur. (Dunyoda turli dinlarni tutganlar, diniga tafriqa tushganlar koʻp. Shu bilan birga, oʻzlari turli guruhlarga, firqalarga boʻlinib olib, tarafkashlik qilib yurganlar ham koʻp. Lekin sening ular bilan hech qanday aloqang yoʻq. Sening Alloh huzuridan kelgan va uning huzurida maqbul dining bor.)

  160. 160

    مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ عَشْرُ أَمْثَالِهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Kim bir yaxshilik qilsa, unga oʻn barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo boʻladur. Va ularga zulm qilinmas.

  161. 161

    قُلْ إِنَّنِى هَدَىٰنِى رَبِّىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍۢ مُّسْتَقِيمٍۢ دِينًۭا قِيَمًۭا مِّلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًۭا ۚ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Sen: «Albatta, meni Robbim toʻgʻri yoʻlga–rost dinga–toʻgʻrilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan boʻlmagan edi», deb ayt!

  162. 162

    قُلْ إِنَّ صَلَاتِى وَنُسُكِى وَمَحْيَاىَ وَمَمَاتِى لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ

    Sen: «Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir.

  163. 163

    لَا شَرِيكَ لَهُۥ ۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُسْلِمِينَ

    Uning sherigi yoʻq. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonman. (Bu oyat musulmon odam butunlay Allohiga ajralib chiqishi lozimligini koʻrsatadi. U namozni faqat Alloh uchun oʻqiydi. Boshqa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, roʻza tutsa, zakot bersa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi.)

  164. 164

    قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِى رَبًّۭا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَىْءٍۢ ۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

    Allohdan oʻzgani Robbim deymi? Holbuki U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat oʻziga ziyon qiladir. Hech bir jon boshqaning ogʻirligini koʻtarmas. Soʻngra Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringiz xabarini berur.

  165. 165

    وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَٰٓئِفَ ٱلْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍۢ دَرَجَٰتٍۢ لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ ٱلْعِقَابِ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌۭ رَّحِيمٌۢ

    U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va Oʻzi bergan narsalarda sizni sinash uchun baʼzingizning darajasini baʼzingizdan ustun qilgan zotdir. Albatta, Robbing iqobi tez zotdir. Va, albatta, u magʻfirat qiluvchi va rahmlidir», deb ayt.

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.