Asosiy qismga oʻtish
Sunni Islam Yoʻl-yoʻriq, ibodat vositalari va ishonchli manbalar

Sura 4 · Madaniy · 176 Oyatlar

Sura Niso

Ayollar

سورة النساء
Uzluksiz tinglash

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

  1. 1

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍۢ وَٰحِدَةٍۢ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًۭا كَثِيرًۭا وَنِسَآءًۭ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِى تَسَآءَلُونَ بِهِۦ وَٱلْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًۭا

    Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qoʻrqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan soʻrovda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari) dan qoʻrqing. Albatta, Alloh ustingizdan raqobat etuvchi zotdir.

  2. 2

    وَءَاتُوا۟ ٱلْيَتَٰمَىٰٓ أَمْوَٰلَهُمْ ۖ وَلَا تَتَبَدَّلُوا۟ ٱلْخَبِيثَ بِٱلطَّيِّبِ ۖ وَلَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَهُمْ إِلَىٰٓ أَمْوَٰلِكُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حُوبًۭا كَبِيرًۭا

    Va yetimlarga oʻz mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini oʻzingizning mollaringizga qoʻshib yemang. Zero, bu katta gunoh boʻladi.

  3. 3

    وَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تُقْسِطُوا۟ فِى ٱلْيَتَٰمَىٰ فَٱنكِحُوا۟ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثْنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تَعْدِلُوا۟ فَوَٰحِدَةً أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُوا۟

    Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, oʻzingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, toʻrttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, bittani (oling) yoki qoʻlingizda mulk boʻlganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu jabr qilmasligingizga yaqinroqdir. (Demak, oyatdagi «yetimlar»dan murod yetim qizlar ekan. Yetim qizlarga ularni oʻz kafolatiga–himoyasiga olgan kishi uylanmoqchi boʻlsa-yu, ammo bu ishda adolatsizlikka yoʻl qoʻyishdan qoʻrqsa, oʻsha yetim qizlarga uylanishni qoʻysinda, boshqa oʻziga yoqqan, nikohi halol boʻlgan ayollardan xohishiga qarab ikkitagami, uchtagami, toʻrttagami uylansin. Agar xotinlar orasida adolat oʻrnata olmaslikdan qoʻrqsa, bittaga uylansin yoki choʻri tutish bilan kifoyalansin.)

  4. 4

    وَءَاتُوا۟ ٱلنِّسَآءَ صَدُقَٰتِهِنَّ نِحْلَةًۭ ۚ فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَىْءٍۢ مِّنْهُ نَفْسًۭا فَكُلُوهُ هَنِيٓـًۭٔا مَّرِيٓـًۭٔا

    Ayollarga mahrlarini koʻngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin koʻngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh boʻlsin, ofiyat boʻlsin.

  5. 5

    وَلَا تُؤْتُوا۟ ٱلسُّفَهَآءَ أَمْوَٰلَكُمُ ٱلَّتِى جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ قِيَٰمًۭا وَٱرْزُقُوهُمْ فِيهَا وَٱكْسُوهُمْ وَقُولُوا۟ لَهُمْ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا

    Alloh (hayotingizni) turgizish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni oʻsha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi soʻzlar ayting.

  6. 6

    وَٱبْتَلُوا۟ ٱلْيَتَٰمَىٰ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغُوا۟ ٱلنِّكَاحَ فَإِنْ ءَانَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًۭا فَٱدْفَعُوٓا۟ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَآ إِسْرَافًۭا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُوا۟ ۚ وَمَن كَانَ غَنِيًّۭا فَلْيَسْتَعْفِفْ ۖ وَمَن كَانَ فَقِيرًۭا فَلْيَأْكُلْ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ فَأَشْهِدُوا۟ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبًۭا

    Yetimlarni to nikoh (yoshiga) yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning esi-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga oʻz mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta boʻlib qolishidan qoʻrqib shoshilib yemang. Boy boʻlganlar iffatli boʻlsinlar. Kim kambagʻal boʻlsa, toʻgʻrilik bilan yesin. Ularga oʻz mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning oʻzi kifoya qilur.

  7. 7

    لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنْهُ أَوْ كَثُرَ ۚ نَصِيبًۭا مَّفْرُوضًۭا

    Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz boʻlsin, koʻp boʻlsin–farz qilingan nasibadir.

  8. 8

    وَإِذَا حَضَرَ ٱلْقِسْمَةَ أُو۟لُوا۟ ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينُ فَٱرْزُقُوهُم مِّنْهُ وَقُولُوا۟ لَهُمْ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا

    Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir boʻlsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar. («Taqsimlash»–merosni boʻlish uchun haqdorlar yigʻilgan majlisdir. Demak, meros taqsimlash majlisida haqdorlardan boshqa qarindoshlar ham, shuningdek, yetimlar, kambagʻal-miskinlar ham hozir boʻlishlari mumkin. Xaqdorlar merosdan nasibalarini olishsa-yu, qolganlarga hech narsa tegmay qolsa, oʻksishlari, koʻngillari sinishi ehtimoli bor. Shunday noqulay holatni oʻrtadan koʻtarish uchun, oyatning hukmiga koʻra, merosxoʻrlar biror narsani ajratib, haligi kishilarga berib, ularni ham sevintirishlari lozim.)

  9. 9

    وَلْيَخْشَ ٱلَّذِينَ لَوْ تَرَكُوا۟ مِنْ خَلْفِهِمْ ذُرِّيَّةًۭ ضِعَٰفًا خَافُوا۟ عَلَيْهِمْ فَلْيَتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلْيَقُولُوا۟ قَوْلًۭا سَدِيدًا

    Oʻzlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qoʻrqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qoʻrqsinlar. Bas, Allohdan qoʻrqsinlar va toʻgʻri soʻz aytsinlar. (Otasi oʻlib yetim qolgan bolalarni otaliqqa olgan odam oʻsha yetim bolalarning oʻrniga oʻz bolalarini qoʻyib tasavvur qilsin. Goʻyo uning oʻzi vafot etib, ortida zafihol bolalari qolganini oʻylaganda qanday qoʻrqsa, qoʻlidagi yetim bolalarga ham shunday nazar bilan qarasin, degan maʼno chiqadi. Bunda yetimlarni otaliqqa olgan kishida otalik mehrini qoʻzish bilan yetimlarga boʻlgan rahm-shafqatini ziyoda qilinmoqda.)

  10. 10

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلْيَتَٰمَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ نَارًۭا ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًۭا

    Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar, qorinlarida olovni yegan boʻladilar. Va, shubhasiz, doʻzaxga kiradilar.

  11. 11

    يُوصِيكُمُ ٱللَّهُ فِىٓ أَوْلَٰدِكُمْ ۖ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۚ فَإِن كُنَّ نِسَآءًۭ فَوْقَ ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ ۖ وَإِن كَانَتْ وَٰحِدَةًۭ فَلَهَا ٱلنِّصْفُ ۚ وَلِأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَٰحِدٍۢ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُۥ وَلَدٌۭ ۚ فَإِن لَّمْ يَكُن لَّهُۥ وَلَدٌۭ وَوَرِثَهُۥٓ أَبَوَاهُ فَلِأُمِّهِ ٱلثُّلُثُ ۚ فَإِن كَانَ لَهُۥٓ إِخْوَةٌۭ فَلِأُمِّهِ ٱلسُّدُسُ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ يُوصِى بِهَآ أَوْ دَيْنٍ ۗ ءَابَآؤُكُمْ وَأَبْنَآؤُكُمْ لَا تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعًۭا ۚ فَرِيضَةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir oʻgʻilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan koʻp (ayol) boʻlsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta boʻlsa, unga yarmi. Agar uning bolasi boʻlsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi boʻlmasa va ota-onasi merosxoʻr boʻlsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari boʻlsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan soʻng, otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Al-Avfiy Ibn Abbosdan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Alloh taolo oʻgʻil va qizlarga ota-onalarga meros bobida farz qilgan hukmlar haqida oyatlar tushirganda baʼzi odamlarga yoqmadi. Rasulullohning (s. a. v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Qiz bolaga otasining merosidan yarmi beriladimi? Axir, u ot minib, dushmanga qarshi urushmaydi-ku! Qoʻlidan hech narsa kelmaydigan goʻdakka ham meros beriladimi?» deyishdi. Ularning bu tutimlariga javoban Alloh taolo: «Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir oʻgʻilga ikki qiz nasibasicha berishni amr qiladi», deb boshlanuvchi oyati karimani nozil qildi.)

  12. 12

    ۞ وَلَكُمْ نِصْفُ مَا تَرَكَ أَزْوَٰجُكُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدٌۭ ۚ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدٌۭ فَلَكُمُ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْنَ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ يُوصِينَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍۢ ۚ وَلَهُنَّ ٱلرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْتُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّكُمْ وَلَدٌۭ ۚ فَإِن كَانَ لَكُمْ وَلَدٌۭ فَلَهُنَّ ٱلثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُم ۚ مِّنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ تُوصُونَ بِهَآ أَوْ دَيْنٍۢ ۗ وَإِن كَانَ رَجُلٌۭ يُورَثُ كَلَٰلَةً أَوِ ٱمْرَأَةٌۭ وَلَهُۥٓ أَخٌ أَوْ أُخْتٌۭ فَلِكُلِّ وَٰحِدٍۢ مِّنْهُمَا ٱلسُّدُسُ ۚ فَإِن كَانُوٓا۟ أَكْثَرَ مِن ذَٰلِكَ فَهُمْ شُرَكَآءُ فِى ٱلثُّلُثِ ۚ مِنۢ بَعْدِ وَصِيَّةٍۢ يُوصَىٰ بِهَآ أَوْ دَيْنٍ غَيْرَ مُضَآرٍّۢ ۚ وَصِيَّةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَلِيمٌۭ

    Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning–agar ularning bolasi boʻlmasa–yarmi tegadi. Agar ularning bolasi boʻlsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan soʻng. Ularga siz qoldirgan narsaning–agar bolangiz boʻlmasa–choragi tegadi. Agar bolangiz boʻlsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan soʻng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi boʻlsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan koʻp boʻlsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan soʻng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda haliym zotdir. (Agar befarzand er oʻlib, ortidan xotini qolsa, merosning choragini oladi. Ammo oʻlgan erning oʻgʻilmi, qizmi, oʻzmi-oʻgaymi, yaʼni, boshqa xotinidanmi, koʻpmi, ozmi farzandi boʻlsa, xotinga merosning sakkizdan biri tegadi. Bu ham vasiyatni yoki olingan qarzni ado etgandan keyin boʻladigan taqsim. Merosxoʻr xotin bitta boʻlsa, mazkur chorak yoki sakkizdan bir ulushni oʻzi oladi. Agar ikkita, uchta yoki toʻrtta boʻlsalar, oʻsha chorak yoki sakkizdan birda sherik boʻladilar. Oyati karimadagi: «Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa», jumlasini, xususan, «kalola» soʻzini bir oz sharhlashga toʻgʻri keladi. Bu haqda ulamolarimiz ham ancha bahs yuritganlar. Bizning tilimizda «kalola» soʻzining maʼnosini aynan ifoda etadigan ibora yoʻq. Shuningdek, arab tilida ham bu soʻzning murodifi yoʻq. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan odamlar «kalola» haqida soʻrashganida: «U toʻgʻrisida oʻz fikrimni aytaman, toʻgʻri boʻlsa, Allohdan, xato boʻlsa, mendan va shaytondan, yaʼni, Allohning va Uning Rasulining bunga aloqalari yoʻq. Kalola–zurriyoti va ajdodi yoʻq odamdir», dedilar. Yaʼni, oʻlgan paytida bola-chaqasi, nabira-chevaralari ham, ota-onasi, bobo-momosi ham yoʻq boʻlgan odam, demakdir. Hazrati Umar (r. a.) ham oʻz xalifalik vaqtlarida: «Abu Bakrning fikriga xilof qilishdan uyalaman», deganlar. Toʻrt mahzab sohiblari ham, avval oʻtgan, keyin kelgan ulamolar ham shu fikrga qoʻshilganlar.)

  13. 13

    تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

    Ana oʻshalar, Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.

  14. 14

    وَمَن يَعْصِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُۥ يُدْخِلْهُ نَارًا خَٰلِدًۭا فِيهَا وَلَهُۥ عَذَابٌۭ مُّهِينٌۭ

    Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, uni abadiy qolish uchun doʻzaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. (Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan boʻladi. Allohga boʻysunib, u koʻrsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda, dindorlikda yashash demakdir. Allohning itoatidan chiqib, boshqaga itoat qilish, uning dasturini qoʻyib, boshqaning dasturiga amal qilish shirk, kufr va jahannamdir.)

  15. 15

    وَٱلَّٰتِى يَأْتِينَ ٱلْفَٰحِشَةَ مِن نِّسَآئِكُمْ فَٱسْتَشْهِدُوا۟ عَلَيْهِنَّ أَرْبَعَةًۭ مِّنكُمْ ۖ فَإِن شَهِدُوا۟ فَأَمْسِكُوهُنَّ فِى ٱلْبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّىٰهُنَّ ٱلْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ ٱللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلًۭا

    Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga oʻzlaringizdan toʻrtta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to oʻlim yetguncha yoki Alloh bir yoʻl koʻrsatguncha uylarida tutib turing. (Islomdan avval boshqa razilatlar qatori fohishabozlik ham keng tarqalgan edi. Zinokorlik ayb emas, faxr hisoblanar edi. Oʻzlariga bahona topib, zinoga turli yoʻllar ochgan edilar. Alloh taolo jamiyatning bu dardiga ham oʻziga xos davo qoʻlladi. Avval-boshda bu borada biz oʻrganayotgan ushbu oyatni tushirdi. Musulmonlarni bu razilatdan uzoqlashishga va kim bu mazkur fohishaga qoʻl ursa, unga nisbatan kerakli choralar koʻrishni amr qildi.)

  16. 16

    وَٱلَّذَانِ يَأْتِيَٰنِهَا مِنكُمْ فَـَٔاذُوهُمَا ۖ فَإِن تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا۟ عَنْهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ تَوَّابًۭا رَّحِيمًا

    Sizlardan oʻsha(Fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoʻying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir. (Bu oyatdagi fohisha ishdan koʻz tutilgan narsa bachabozlikdir. Bu razilat ham keng tarqalgan jinoyatlardan boʻlgan. «Ozor beringlar» degani–soʻkish, ayblash, qoʻlga tushgan narsalar bilan urish, deganidir va bular vaqtinchalik chora hisoblangan. Ishonchli hadis kitoblarining sohiblari Abdulloh ibn Abbosdan (r. a) rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Kimning Lut qavmi amalini qilayotganini koʻrsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham oʻldiring», deganlar. Ammo ushbu oyatda koʻrsatilgan vaqtinchalik chora boʻyicha ozor bergandan soʻng ular: «Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qoʻying».)

  17. 17

    إِنَّمَا ٱلتَّوْبَةُ عَلَى ٱللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةٍۢ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍۢ فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Jaholat-la yomonlik qilib qoʻyib, soʻngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana oʻshalarning tavbasini qabul qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

  18. 18

    وَلَيْسَتِ ٱلتَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ حَتَّىٰٓ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ إِنِّى تُبْتُ ٱلْـَٰٔنَ وَلَا ٱلَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا

    Yomonliklarni qilib yurib, birlariga oʻlim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida oʻlganlarga tavba yoʻq. Ana oʻshalarga alamli azoblarni tayyorlab qoʻyganmiz.

  19. 19

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَرِثُوا۟ ٱلنِّسَآءَ كَرْهًۭا ۖ وَلَا تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُوا۟ بِبَعْضِ مَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَٰحِشَةٍۢ مُّبَيِّنَةٍۢ ۚ وَعَاشِرُوهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ فَإِن كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَىٰٓ أَن تَكْرَهُوا۟ شَيْـًۭٔا وَيَجْعَلَ ٱللَّهُ فِيهِ خَيْرًۭا كَثِيرًۭا

    Ey iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalarningizning baʼzisini olish uchun ularni zoʻrlik-la ushlab turmang va ular ilayaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻpgina yaxshiliklarni qilsa. (Ushbu oyat Islomdan oldingi davrda ayol kishiga zulm va jabr shaklida joriy qilingan baʼzi odatlarni botil etmoqda. Jumladan, johiliy arablarning odati boʻyicha, erkak kishi vafot etsa, uning xotini ham boshqa molu mulki qatori qarindoshlariga meros boʻlib qolar edi. U bechora ayolni zoʻrlik-la merosga olishar edi. Xohlasa, birontasi unga mahr bermay uylanar yoki boshqa birovga erga berib, mahrini oʻzlari olishar yoki umuman u shoʻrlikni erga berishmas, oʻzlari ham uylanishmas, bexuda ushlab turishar edi. Ushbu oyatda Alloh taolo moʻmin-musulmon bandalariga xitob qilib, bunday ishlar yaramasligini bayon qilmoqda. Va ayollarga nisbatan boʻlgan zulm va jabr-sitamni koʻtarmoqda.)

  20. 20

    وَإِنْ أَرَدتُّمُ ٱسْتِبْدَالَ زَوْجٍۢ مَّكَانَ زَوْجٍۢ وَءَاتَيْتُمْ إِحْدَىٰهُنَّ قِنطَارًۭا فَلَا تَأْخُذُوا۟ مِنْهُ شَيْـًٔا ۚ أَتَأْخُذُونَهُۥ بُهْتَٰنًۭا وَإِثْمًۭا مُّبِينًۭا

    Va agar xotin oʻrniga boshqa xotin olmoqchi boʻlsangiz va ularning biriga haddan ziyod mehr bergan boʻlsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni boʻhton va katta gunoh holida olasizmi?

  21. 21

    وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُۥ وَقَدْ أَفْضَىٰ بَعْضُكُمْ إِلَىٰ بَعْضٍۢ وَأَخَذْنَ مِنكُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًۭا

    Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovishdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?! (Oyati karimadagi, «... ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!» jumlasidagi «ahdu paymon»ning maʼnosi haqida Sufyon as-Savriy: «Yaxshilik ila tutib turish yoki yaxshilik bilan ajrashish haqidagi ahd», deganlar. Robeʼ ibn Anas esa: «Bu Paygʻambarimizning (s. a. v.): «Siz ularni Allohning omonati ila oldingiz va farjlarini Allohning kalimasi ila oʻzingizga halol etdingiz», degan hadislaridan iboratdir», degan.)

  22. 22

    وَلَا تَنكِحُوا۟ مَا نَكَحَ ءَابَآؤُكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةًۭ وَمَقْتًۭا وَسَآءَ سَبِيلًا

    Otalaringiz oʻz nikohlariga olgan ayollarni siz oʻz nikohingizga olmang! Avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, gʻazabnok ish va qanday ham yomon yoʻldir! (Johiliyat davrida oʻgay onaga uylanish odati bor edi. Bu koʻpincha «azl»ga–ayollarni zulm ila bexuda tutib turishga ham sabab boʻlar edi. Chunki aksar paytda bolaning katta boʻlib voyaga yetishini, soʻngra otasining xotiniga–oʻgay onasiga uylanishini kutishga toʻgʻri kelar edi. Agar oʻgʻli otasi oʻlgan paytda voyaga yetgan boʻlsa, oʻgay onasi unga meros tariqasida xotin boʻlib qolar edi. Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, bu ishni harom etdi.)

  23. 23

    حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَٰتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَٰتُكُمْ وَعَمَّٰتُكُمْ وَخَٰلَٰتُكُمْ وَبَنَاتُ ٱلْأَخِ وَبَنَاتُ ٱلْأُخْتِ وَأُمَّهَٰتُكُمُ ٱلَّٰتِىٓ أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَٰتُكُم مِّنَ ٱلرَّضَٰعَةِ وَأُمَّهَٰتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَٰٓئِبُكُمُ ٱلَّٰتِى فِى حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ ٱلَّٰتِى دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُوا۟ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلَٰٓئِلُ أَبْنَآئِكُمُ ٱلَّذِينَ مِنْ أَصْلَٰبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُوا۟ بَيْنَ ٱلْأُخْتَيْنِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, oʻzingiz qovushgan xotinlaringizning qaramogʻingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan boʻlsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yoʻq. Va pushtingizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlari, opa-singilni qoʻshib olmogʻingiz harom qilindi. Magar avval oʻtgan boʻlsa, mayli. Albatta, Alloh mahfirat qiluvchi va rahmli zotdir. (Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib oʻtildi. Albatta, bu aloqani toʻgʻri holda oʻrnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi boʻlgan inson oʻziga mos juft tanlamogʻi zarur. Tanlash jarayonida eʼtibor berish farz boʻlgan shart–xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi tanlovchi erkakka halol boʻlishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va Paygʻambarlarimizning hadislarida bayon qilingan.)

  24. 24

    ۞ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ إِلَّا مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ۖ كِتَٰبَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ وَأُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَآءَ ذَٰلِكُمْ أَن تَبْتَغُوا۟ بِأَمْوَٰلِكُم مُّحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَٰفِحِينَ ۚ فَمَا ٱسْتَمْتَعْتُم بِهِۦ مِنْهُنَّ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةًۭ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَٰضَيْتُم بِهِۦ مِنۢ بَعْدِ ٱلْفَرِيضَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana oʻshalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmogʻingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin oʻzaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Bu oyati karimaning avvalida nikohi harom qilingan ayollarning zikri davom etmoqda. Ularning oxirgi toifasi oʻlaroq erli ayollar keltirildi. Demak, eri bor ayolga uylanish harom. Eri oʻlib yoki eridan ajrashib idda oʻtirgan ayollar ham, to idda muddati orasida erlik ayollar qatoriga kiradi. Bularning nikohi ham vaqtincha haromdir. Oyatda erli ayollardan «qoʻlingizga mulk boʻlib tushganlar» istisno qilinmoqda. Yaʼni, urushda dushman tomondan musulmonlar qoʻliga tushgan ayollar, erlari boʻlsa ham, hayz koʻrganlaridan keyin ularga molik boʻlgan musulmonlarga halol boʻlaveradi.)

  25. 25

    وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلًا أَن يَنكِحَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ فَمِن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُم مِّن فَتَيَٰتِكُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَٰنِكُم ۚ بَعْضُكُم مِّنۢ بَعْضٍۢ ۚ فَٱنكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَءَاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ مُحْصَنَٰتٍ غَيْرَ مُسَٰفِحَٰتٍۢ وَلَا مُتَّخِذَٰتِ أَخْدَانٍۢ ۚ فَإِذَآ أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَٰحِشَةٍۢ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى ٱلْمُحْصَنَٰتِ مِنَ ٱلْعَذَابِ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ ٱلْعَنَتَ مِنكُمْ ۚ وَأَن تَصْبِرُوا۟ خَيْرٌۭ لَّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌۭ رَّحِيمٌۭ

    Sizlardan kim hur moʻminalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qoʻlingizda mulk boʻlgan moʻmina kanizaklardan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va oʻynash tutmagan boʻlsinlar. Erga tekkanlaridan soʻng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qoʻrqqanlar uchundir. Sabr qilmogʻingiz siz uchun yaxshidir. Alloh magʻfiratli va rahmlidir. (Biz tushunarli boʻlishi uchun «kanizak» deb atayotgan soʻz oʻrnida Qurʼoni Karim «moʻmina qizlaringizdan» degan iborani ishlatgan. Bu bilan ularning shaʼni koʻtarilmoqda, ular ham Islom nazarida boshqalardan farq qilmasliklarini taʼkidlanmoqda. Maʼlumki, erli hur ayolning zinosi isbotlansa, oʻlguncha toshboʻron qilinadi. Oila qurmagan hur ayol zino qilsa, yuz darra uriladi. Ushbu oyatda, hur ayollarga beriladigan azobning yarmi haqida soʻz ketmoqda. Ochiq koʻrinib turibdiki, bu yerda nazarda tutilgan azob darra urishdir. Demak, erli choʻrining zinosi sobit boʻlsa, unga ellik darra uriladi. Ularning choʻrilik holatidan kelib chiqib shunday hukm joriy qilingan. Albatta, ular hur ayollar kabi qulayliklarga ega emaslar. Turmush jarayonida turli holatlarni boshdan oʻtkazishlari mumkin. Shular eʼtiboridan ularga nisbatan toshboʻron jazosi bekor qilingan va darra urish yuztadan elliktaga tushirilgan. Bu hol Islomning insonparvarligining bir koʻrinishidir. Boshqa tuzumlarda kiborlarga jazo bekor qilinib, bechoralarga kuchaytirilishi hammaga maʼlum.)

  26. 26

    يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌۭ

    Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yoʻliga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydi. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

  27. 27

    وَٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَيُرِيدُ ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلشَّهَوَٰتِ أَن تَمِيلُوا۟ مَيْلًا عَظِيمًۭا

    Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan ogʻishga moyil boʻlishingizni xohlarlar.

  28. 28

    يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمْ ۚ وَخُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ ضَعِيفًۭا

    Alloh sizdan (yukingizni) yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir. (Yaratuvchining Oʻzi, zaif yaratilgan, deb turgandan keyin, shu zaif insonga yoʻl koʻrsatishda Alloh taolo ogʻirlikni xohlarmidi? Yoʻq, u yengillikni xohlaydi.)

  29. 29

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِلِ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً عَن تَرَاضٍۢ مِّنكُمْ ۚ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًۭا

    Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemanglar. Magar oʻzaro rozilik ila tijorat boʻlsa, mayli. Oʻzingizni oʻzingiz oʻldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir.

  30. 30

    وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ عُدْوَٰنًۭا وَظُلْمًۭا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًۭا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا

    Kim oʻshani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni doʻzaxga kiritamiz. Bu esa, Allohga osondir. (Oyatdagi «oʻshani» bir-birining molini botil yoʻl ila yeb, oʻzini-oʻzi halokatga duchor qilishga ishoradir. Demak, kim mazkur ishni tajovuzkorlik (yaʼni, haromligini bilib turib) va zulm ila (yaʼni, qilishdan tap tortmay) qilsa, oxiratda doʻzaxga kiritiladi. Yaʼni, botil yoʻl bilan mol yeganlarni doʻzaxga kiritish Alloh uchun osondir, xech kim qochib, hiyla qilib qutula olmaydi.)

  31. 31

    إِن تَجْتَنِبُوا۟ كَبَآئِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًۭا كَرِيمًۭا

    Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda boʻlsangiz, gunohlaringizni kechiramiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz. (Bu oyati karimaning maʼnosi, katta gunohlardan chetda boʻlsangiz, kichik gunohlaringizni kechirib, oxiratda sizni jannatga kiritamiz, deganidir.)

  32. 32

    وَلَا تَتَمَنَّوْا۟ مَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بِهِۦ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا ٱكْتَسَبُوا۟ ۖ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌۭ مِّمَّا ٱكْتَسَبْنَ ۚ وَسْـَٔلُوا۟ ٱللَّهَ مِن فَضْلِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًۭا

    Alloh baʼzingizni baʼzingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga oʻz kasbidan nasiba bor. Ayollarga oʻz kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini soʻrang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi zotdir. (Oyati karimada afzallik va fazl aniq nimadan iborat ekanligi ochiq aytilmay, umumiy holda qoldirilgan. Bu qurʼoniy usulga koʻra, har kim oʻz fikri, idrokiga yarasha tushunib olaveradi. Fazl sihat-salomatlikda, mansabda, molu pulda, xotirjamlikda, hilmda, obroʻ-eʼtiborda boʻlishi mumkin. Demak, Alloh baʼzi shaxslarni boshqalardan afzal qilib qoʻysa, unga hasad qilmaslik kerak, balki fazlni Yaratuvchining Oʻzidan soʻrash lozim.)

  33. 33

    وَلِكُلٍّۢ جَعَلْنَا مَوَٰلِىَ مِمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ ۚ وَٱلَّذِينَ عَقَدَتْ أَيْمَٰنُكُمْ فَـَٔاتُوهُمْ نَصِيبَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ شَهِيدًا

    Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxoʻrlar qildik. Qasamingiz ila bogʻlanganlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir. (Yaʼni, har bir odamning qarindoshlari merosxoʻri boʻladi. U ota-onasi va qarindoshlaridan meros olganidek, undan ham bolalari va qarindoshlari meros oladi. Shunday qilib, mol avloddan avlodga oʻtib turadi. Oyati karimadagi: «Qasamingiz ila bogʻlanganlarga nasibasini bering», degan jumlada merosga taalluqli, qarindosh boʻlmagan shaxslarga ishora qilinmoqda. Islomning dastlabki bosqichida shunday shaxslar boʻlgan.)

  34. 34

    ٱلرِّجَالُ قَوَّٰمُونَ عَلَى ٱلنِّسَآءِ بِمَا فَضَّلَ ٱللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ وَبِمَآ أَنفَقُوا۟ مِنْ أَمْوَٰلِهِمْ ۚ فَٱلصَّٰلِحَٰتُ قَٰنِتَٰتٌ حَٰفِظَٰتٌۭ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ ٱللَّهُ ۚ وَٱلَّٰتِى تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَٱهْجُرُوهُنَّ فِى ٱلْمَضَاجِعِ وَٱضْرِبُوهُنَّ ۖ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوا۟ عَلَيْهِنَّ سَبِيلًا ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيًّۭا كَبِيرًۭا

    Alloh baʼzilarini baʼzilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi boʻyicha gʻoyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh koʻtarishlaridan xavf qilingan ayollarga vaʼz-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdir. (Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari boʻlsa va u oʻz rahbarligini shariatda koʻrsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga sohib boʻlmoqda. Bu koʻrsatmaga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda, shundaylardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor boʻlmoqda. Bu yerda gapni choʻzib oʻtirishning hojati boʻlmasa kerak. Moʻmina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan soʻz oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu soʻz oʻz irodasi, ragʻbati va muhabbati ila itoat qilish maʼnosini anglatadi. Demak, moʻmina, soliha ayollarning erlariga itoati oʻz masʼuliyatini tushungan holdan kelib chiqqan boʻladi. Qoʻrqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqidan emas. Bu itoat oʻzini tushungan, hayotdagi oʻrnini, vazifasi va masʼuliyatini his etgan goʻzal insonning itoatidir.)

  35. 35

    وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَٱبْعَثُوا۟ حَكَمًۭا مِّنْ أَهْلِهِۦ وَحَكَمًۭا مِّنْ أَهْلِهَآ إِن يُرِيدَآ إِصْلَٰحًۭا يُوَفِّقِ ٱللَّهُ بَيْنَهُمَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًۭا

    Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qoʻrqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtiradi. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.

  36. 36

    ۞ وَٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًۭٔا ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًۭا وَبِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱلْجَارِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْجَارِ ٱلْجُنُبِ وَٱلصَّاحِبِ بِٱلْجَنۢبِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالًۭا فَخُورًا

    Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qoʻshnilarga, yon qoʻshnilarga, yonboshdagi sohiblarga, koʻchada qolganlarga va qoʻlingizda mulk boʻlganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh oʻzini yuqori tutuvchi va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush koʻrmas. (Oilaviy-ijtimoiy masalalar, mol-mulk haqida, birovlarga yaxshilik qilish haqida bahs etuvchi oyat va jumlalar ichida ibodat va shirk keltirmaslik haqidagi ushbu jumlaning kelishi bejiz emas. Allohning Oʻzigagina ibodat qilish, Unga hech narsani shirk keltirmaslik–tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqidadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U Allohning bandalaridagi haqqidir. Oyatda tavhidga amr etilganidan soʻng, bir necha toifa kishilarga yaxshilik qilishga buyurilyapti.)

  37. 37

    ٱلَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا

    Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga Oʻz fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.

  38. 38

    وَٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَلَا بِٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۗ وَمَن يَكُنِ ٱلشَّيْطَٰنُ لَهُۥ قَرِينًۭا فَسَآءَ قَرِينًۭا

    Ular mollarini kishilar koʻrishi uchun sarflaydilar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaydilar. Kimning yaqini shayton boʻlsa, u qanday ham yomon yaqin!

  39. 39

    وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِهِمْ عَلِيمًا

    Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar boʻladi? Alloh ularni yaxshi biluvchi zotdir!

  40. 40

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍۢ ۖ وَإِن تَكُ حَسَنَةًۭ يُضَٰعِفْهَا وَيُؤْتِ مِن لَّدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik boʻlsa, bir necha bor koʻpaytirur va Oʻz huzuridan ulugʻ ajr berur.

  41. 41

    فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍۭ بِشَهِيدٍۢ وَجِئْنَا بِكَ عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ شَهِيدًۭا

    Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chogʻimizda hol qandoq boʻlur?! (Bu oyatda qiyomat kunining vasfi kelmoqda. Qiyomat qoʻpganida, har bir ummatga oʻz Paygʻambari guvoh etib olib kelinadi. Anbiyolar esa, ummatlari Allohning amriga yurganlari va yurmaganlari haqida adolatli guvohlik beradilar. Muhammad alayhissalom avvaldan oxirgacha hamma ummatlarga guvohlik beradilar. Ana oʻshanda u kishiga iymon keltirmaganlar, mutakabbir, faxrlanuvchi va baxillarning, odamlarni ham baxillikka buyurgan va Alloh Oʻz fazlidan bergan neʼmatlarni berkitganlarning holi nima boʻladi? Ular oʻzlari inkor etgan Xoliqning huzurida turibdilar, oʻzlari rad qilgan Paygʻambar endi ularga guvohlik berishi, ular haqidagi bor haqiqatni Oliy Qozi huzurida aytishi kerak. Endi bu kofirlar, munofiqlarning holi ne kechadi? Qiyomat qoim boʻldi. Xaqiqat yuzaga chiqdi.)

  42. 42

    يَوْمَئِذٍۢ يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَعَصَوُا۟ ٱلرَّسُولَ لَوْ تُسَوَّىٰ بِهِمُ ٱلْأَرْضُ وَلَا يَكْتُمُونَ ٱللَّهَ حَدِيثًۭا

    Oʻsha kunda kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.

  43. 43

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقْرَبُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنتُمْ سُكَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُوا۟ مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِى سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُوا۟ ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌۭ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُوا۟ مَآءًۭ فَتَيَمَّمُوا۟ صَعِيدًۭا طَيِّبًۭا فَٱمْسَحُوا۟ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا

    Ey iymon keltirganlar! Mast holingizda–to aytayotgan gapingizni biladigan boʻlmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham to gʻusl qilmaguningizcha. Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli. Agar bemor yoki safarda boʻlsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan boʻlsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qoʻllaringizga mash torting. Albatta, Alloh afv va magʻfirat qiluvchi zotdir. (Bu oyati karimada koʻpgina hukmlar mujassam topgandir. Shu bilan birga, aroqni harom qilish yoʻlida tatbiq qilingan choraning yana bir bosqichi hamdir. Tahorat va gʻuslga suv topilmasa, toza tuproq-la tayammum qilinadi. Shuningdek, suv tegishi bilan kasalligi kuchayib ketadigan bemorlarga ham tayammumga ruxsat. Yaʼni, tahorati yoʻq odam tahoratni niyat qilib tayammum qilsa, tahorat oʻrniga oʻtadi. Junub odam gʻuslni niyat qilib tayammum qilsa, gʻusl oʻrniga oʻtadi.)

  44. 44

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًۭا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يَشْتَرُونَ ٱلضَّلَٰلَةَ وَيُرِيدُونَ أَن تَضِلُّوا۟ ٱلسَّبِيلَ

    Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yoʻldan adashishingizni istashlarini koʻrmaysizmi?

  45. 45

    وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِأَعْدَآئِكُمْ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ نَصِيرًۭا

    Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi zotdir. Valiylikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  46. 46

    مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَٱسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍۢ وَرَٰعِنَا لَيًّۢا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًۭا فِى ٱلدِّينِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُوا۟ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَٱسْمَعْ وَٱنظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَٰكِن لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Yahudiy boʻlganlardan kalimalarni oʻz joyidan buzib-oʻzgartiruvchilar bor. Ular tillarini burab va dinga taʼna yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, oʻzlariga yaxshi va toʻgʻri boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar. (Yaʼni, yahudiylar razilona soʻz oʻyini qilishadi. Sirtdan chiroyli, odobli soʻzlarni aytgandek koʻrinishadi, ammo aslida tillarini burib, oʻsha soʻzlarning ikkinchi–yomon maʼnosini ifodalashadi. Misol uchun, Paygʻambarimiz alayhissalom bir gapni aytsalar, moʻmin-musulmonlar, eshitdik va itoat qildik, der edilar. Yahudiylar esa, eshitdik va isyon qildik, deyishadi. Sirtdan qaraganda, xuddi moʻminlarga oʻxshab javob berganga oʻxshashadi. Aslida esa, u kishini masxara qilmoqchi va dinga taʼna yetkazmoqchi boʻladilar.)

  47. 47

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ ءَامِنُوا۟ بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًۭا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًۭا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰٓ أَدْبَارِهَآ أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّآ أَصْحَٰبَ ٱلسَّبْتِ ۚ وَكَانَ أَمْرُ ٱللَّهِ مَفْعُولًا

    Ey kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini laʼnatlaganimizdek laʼnatlamasimizdan oldin sizlardagi narsani tasdiqlovchi boʻlib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir. (Yahudiylar shariati boʻyicha, shanba kuni ishlash, jumladan baliq ovlash man qilingan edi. Ammo ular shumlik qilib, bu ilohiy amrni ham buzdilar. Alohida hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni qamab olib, boshqa kunlari tutishdi. Shunda Allohning gʻazabi kelib, ularni maymun va toʻngʻizga aylantirdi.)

  48. 48

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱفْتَرَىٰٓ إِثْمًا عَظِيمًا

    Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni toʻqibdir.

  49. 49

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُم ۚ بَلِ ٱللَّهُ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا

    Oʻzlarini pok qilib koʻrsatayotganlarni koʻrmaysanmi?! Yoʻq! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydi. Va qilcha zulm qilinmaslar.

  50. 50

    ٱنظُرْ كَيْفَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ۖ وَكَفَىٰ بِهِۦٓ إِثْمًۭا مُّبِينًا

    Ularning Allohga yolgʻon toʻqishini koʻrmaysanmi?! Shuning oʻzi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarli.

  51. 51

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ نَصِيبًۭا مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ يُؤْمِنُونَ بِٱلْجِبْتِ وَٱلطَّٰغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هَٰٓؤُلَآءِ أَهْدَىٰ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ سَبِيلًا

    Kitobdan nasibador boʻlganlarning botilga va togʻutga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni koʻrsatib: «Anavilar iymon keltirganlardan koʻra hidoyatliroq yoʻldalar», deyishlarini koʻrmaysanmi?! (Bu oyati karimada yahudiylar endi «Kitobdan nasibador boʻlganlar», deb tavsiflanmoqda. Biz «botil» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «jibt» deb kelgan. Arab tilida jibt–but, sanam, folbin va sehrgarga oʻxshash narsalarga ishlatiladi. «Togʻut» esa–Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukmdir. Ushbu oyati karimada Alloh taolo yahudiylarni jibt va togʻutga iymon keltirganlar, deb vasf qilmoqda.)

  52. 52

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يَلْعَنِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ نَصِيرًا

    Ana oʻshalarni Alloh laʼnatlagandir. Kimni Alloh laʼnatlasa, unga hech nusratchi topolmassan.

  53. 53

    أَمْ لَهُمْ نَصِيبٌۭ مِّنَ ٱلْمُلْكِ فَإِذًۭا لَّا يُؤْتُونَ ٱلنَّاسَ نَقِيرًا

    Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zigʻircha ham bermaydilarmi?!

  54. 54

    أَمْ يَحْسُدُونَ ٱلنَّاسَ عَلَىٰ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۖ فَقَدْ ءَاتَيْنَآ ءَالَ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَءَاتَيْنَٰهُم مُّلْكًا عَظِيمًۭا

    Yoki Alloh odamlarga Oʻz fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulugʻ mulkni berganmiz-ku?!

  55. 55

    فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَمِنْهُم مَّن صَدَّ عَنْهُ ۚ وَكَفَىٰ بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا

    Bas, ularning ichida unga (Muhammadga) iymon keltirganlar ham bor, undan yuz oʻgirib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.

  56. 56

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًۭا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُم بَدَّلْنَٰهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًۭا

    Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, doʻzaxga kiritamiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtiramiz. Albatta, Alloh aziz va hakim zotdir.

  57. 57

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ لَّهُمْ فِيهَآ أَزْوَٰجٌۭ مُّطَهَّرَةٌۭ ۖ وَنُدْخِلُهُمْ ظِلًّۭا ظَلِيلًا

    Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritamiz. (Ushbu oyatda zikr etilgan saodatmand kishilar mazkur ulugʻ neʼmatga Allohning fazli ila, iymonlari va solih amallari tufayli erishadilar.)

  58. 58

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤَدُّوا۟ ٱلْأَمَٰنَٰتِ إِلَىٰٓ أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ أَن تَحْكُمُوا۟ بِٱلْعَدْلِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ سَمِيعًۢا بَصِيرًۭا

    Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni oʻz ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qiladir. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi vaʼz qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va koʻruvchi zotdir. (Omonatni turlari koʻpdir. Jumladan, ulamolarimiz Allohni bandaga yuklagan omonatlari bor, namoz, roʻza, zakot, kafforot va nazrlar ham omonatdir, deydilar. Shuningdek, bandalarning bandalardagi turli haqlari ham omonat hisoblanadi. Paygʻambarimiz (s. a. v.) hadislaridan birida: «Birov senga bir kalima aytib, soʻngra atrofga qarab qoʻysa, bilginki, shu soʻz omonatdir», deganlar. Eng buyuk omonat esa, iymon omonatidir. Hadisi sharifda Paygʻambarimiz (s. a. v.) quyidagilarni aytadilar: «Shahidlik omonatdan boshqa hamma gunohlarni yuvib yuboradi. Qiyomat kuni, agar Allohning yoʻlida qatl etilgan boʻlsa ham, odamni keltirib, omonatni ado qil, deyiladi. U esa: «Qanday qilib uni ado etaman, axir dunyo tugadi-ku!» deydi. Shunda unga omonat jahannamning qaʼridan koʻrinadi. U tushib yelkasiga koʻtarib chiqadi. Endi chiqay deganda, yelkasidan tushib ketadi. U ham omonatni izidan tushadi. Shu holat abadiy ravishda davom etadi», deganlar.)

  59. 59

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ وَأُو۟لِى ٱلْأَمْرِ مِنكُمْ ۖ فَإِن تَنَٰزَعْتُمْ فِى شَىْءٍۢ فَرُدُّوهُ إِلَى ٱللَّهِ وَٱلرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌۭ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا

    Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Paygʻambarga va oʻzingizdan boʻlgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, uni Allohga va Paygʻambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.

  60. 60

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوٓا۟ إِلَى ٱلطَّٰغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوٓا۟ أَن يَكْفُرُوا۟ بِهِۦ وَيُرِيدُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًۭا

    Senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirganlarini daʼvo qilayotganlarni koʻrmaysanmi?! Togʻutdan hukm soʻrab berishni istaydilar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilgandir. Shayton esa, ularni yoʻldan butunlay adashtirishni istaydi. (Avval ham aytilganidek, togʻut–Allohning iznsiz boʻlgan hukmidir. Munofiqlar ham Allohning hukmini istamaydilar, shuning uchun ham togʻutdan hukm soʻrab boradilar. Nima boʻlsa boʻlsin, Allohning hukmi boʻlmasa, bas. Har qanday togʻutning hukmini istayveradilar. Bu ishni bilmasdan, koʻr-koʻrona qilmaydilar, balki ularga bayon kelgan. Munofiqlar togʻutga kufr keltirishga buyurilganlar. Demak, ular bilib turib qilmoqdalar. Shuning uchun ham ularning iymon haqidagi daʼvolari botil. Ular, aslida, shaytonning yoʻliga kirganlar.)

  61. 61

    وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا۟ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ رَأَيْتَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودًۭا

    Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Paygʻambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz oʻgirganlarini koʻrasan.

  62. 62

    فَكَيْفَ إِذَآ أَصَٰبَتْهُم مُّصِيبَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ثُمَّ جَآءُوكَ يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنْ أَرَدْنَآ إِلَّآ إِحْسَٰنًۭا وَتَوْفِيقًا

    Endi qilgan narsalari tufayli ularga musibat yetgandan soʻng senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday boʻldi?

  63. 63

    أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يَعْلَمُ ٱللَّهُ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ قَوْلًۢا بَلِيغًۭا

    Ana oʻshalarning qalblaridagini Alloh biladi. Bas, ularning qilganidan yuz oʻgir! Ularga vaʼz qil! Yolgʻiz oʻzlariga yetkazib soʻzla!

  64. 64

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ جَآءُوكَ فَٱسْتَغْفَرُوا۟ ٱللَّهَ وَٱسْتَغْفَرَ لَهُمُ ٱلرَّسُولُ لَوَجَدُوا۟ ٱللَّهَ تَوَّابًۭا رَّحِيمًۭا

    Qaysi bir Paygʻambarni yuborgan boʻlsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan chogʻlarida huzuringga kelib, Allohga istigʻfor aytganlarida va Paygʻambar ham ular uchun istigʻfor aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahmli zot ekanini topgan boʻlur edilar.

  65. 65

    فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ حَرَجًۭا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًۭا

    Yoʻq, Robbingga qasamki, seni oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, zinhor moʻmin boʻla olmaslar! (Demak, iymonning, moʻminlikning bir sharti–har bir narsada Paygʻambarni (s. a. v.), yaʼni, Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Moʻmin-musulmonman degan odam, moʻmin-musulmonmiz degan jamiyat oʻzining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan toʻla rozi, ham sirtidan butunlay taslim boʻlishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan taʼkidlab aytmoqda. Paygʻambarimiz (s. a. v.) ham oʻz hadislaridan birida: «Mening jonim qudrat qoʻlida boʻlgan zot bilan qasamki, havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobeʼ boʻlmaguncha, birorta odam moʻmin boʻla olmaydi», deganlar.)

  66. 66

    وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ ٱقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ أَوِ ٱخْرُجُوا۟ مِن دِيَٰرِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌۭ مِّنْهُمْ ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا۟ مَا يُوعَظُونَ بِهِۦ لَكَانَ خَيْرًۭا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًۭا

    Agar Biz ularga, oʻzlaringizni oʻldirng yoki oʻzingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular oʻzlariga vaʼz qilingan narsalarni qilganlarida edi, oʻzlariga yaxshi va sabotlari mustahkam boʻlar edi.

  67. 67

    وَإِذًۭا لَّءَاتَيْنَٰهُم مِّن لَّدُنَّآ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    U holda, Biz ham ularga Oʻz huzurimizdan ulugʻ ajr bergan boʻlur edik.

  68. 68

    وَلَهَدَيْنَٰهُمْ صِرَٰطًۭا مُّسْتَقِيمًۭا

    Va ularni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur edik. (Darhaqiqat, Alloh bandalarini shunday bir ishga buyurganida nima qila olar edik? Zotan u har qanday ishni amr etishga haqlidir. Chunki, yaratgan Parvardigor ularga faqat yaxshilikni ravo koʻradi. Hech qachon bandalariga yomonlikni sogʻinmaydi. Bandalar uning aytganlarini qilganlarida, ham oʻzlariga yaxshi boʻlar, ham iymonlari sobit, mustahkam boʻlar edi. Odamlar Allohning buyruqlariga javoban Islomga toʻliq amal qilganlarida edi, Alloh taolo ularga ulugʻ ajrni–jannatni bergan boʻlur edi. Ularni hidoyatga boshlagan, toʻgʻri yoʻlga solgan boʻlur edi.)

  69. 69

    وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَعَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّۦنَ وَٱلصِّدِّيقِينَ وَٱلشُّهَدَآءِ وَٱلصَّٰلِحِينَ ۚ وَحَسُنَ أُو۟لَٰٓئِكَ رَفِيقًۭا

    Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana oʻshalar Alloh neʼmat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ularning rafiqlari qanday ham yaxshi!

  70. 70

    ذَٰلِكَ ٱلْفَضْلُ مِنَ ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ عَلِيمًۭا

    Bu–Allohdan boʻlgan fazldir va bilguvchilikda Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  71. 71

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ خُذُوا۟ حِذْرَكُمْ فَٱنفِرُوا۟ ثُبَاتٍ أَوِ ٱنفِرُوا۟ جَمِيعًۭا

    Ey iymon keltirganlar! Oʻzingizni hushyor tuting va guruh-guruh boʻlib qoʻzgʻaling yoki toʻp holingizda qoʻzgʻaling! (Avval ham taʼkidlaganimizdek, kofirlarning bir xususiyatlari borki, ular oʻzaro bir-birlari bilan urushsalar ham, musulmonlarga qarshi birlashib dushmanlik qiladilar. Shuning uchun musulmonlar doimo hushyor turishlari shart. Vaqt-soati kelib, mabodo qoʻzgʻalish kerak boʻlib qolsa, Allohning amriga binoan yoki guruh-guruh boʻlib, yoki toʻp hollarida qoʻzgʻaladilar. Ushbu oyatdagi amrlar Alloh taolo Qurʼoni Karimda moʻmin-musulmonlarga faqat namoz, roʻza yoki axloq va odobga buyuribgina qolmay, boshqa narsalarga, jumladan, urushni qanday olib borishni ham oʻrgatadi. Bu haqiqat sobit haqiqatdir.)

  72. 72

    وَإِنَّ مِنكُمْ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنْ أَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةٌۭ قَالَ قَدْ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَىَّ إِذْ لَمْ أَكُن مَّعَهُمْ شَهِيدًۭا

    Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musibat yetsa, u: «Alloh, Oʻzi menga neʼmat berdi, yaxshiyamki ular bilan birga hozir boʻlmaganim», deydi. (Yaʼni, dushmanga qarshi safarbarlik eʼlon qilinganda qoʻzgʻalmay ortda qoladiganlar ham boʻladiki, ular munofiqlardir. Munofiqqa baribir, oʻzini har maqomga moslab, har qanday safsatani bahona qilaveradi.)

  73. 73

    وَلَئِنْ أَصَٰبَكُمْ فَضْلٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمْ تَكُنۢ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُۥ مَوَدَّةٌۭ يَٰلَيْتَنِى كُنتُ مَعَهُمْ فَأَفُوزَ فَوْزًا عَظِيمًۭا

    Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida doʻstlik boʻlmagandek, «Qani edi men ham ular bilan boʻlganimda, ulugʻ zafar qozonar edim», deydi.

  74. 74

    ۞ فَلْيُقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشْرُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَمَن يُقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yoʻlida jang qilsinlar. Kim Allohning yoʻlida jang qilib oʻldirilsa yoki gʻolib kelsa, biz unga, albatta, ulugʻ ajrni berurmiz.

  75. 75

    وَمَا لَكُمْ لَا تُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهْلُهَا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّۭا وَٱجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا

    Nima uchun Allohning yoʻlida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga Oʻz tomoningdan doʻst ato qilgin va Oʻz tomoningdan nusratchi ato qilgin», deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yoʻlida jang qilmaysizlar?! (Xususan, mazkur zaifhol erkagu ayollar va bolalar aholisi zolim boʻlgan shaharda tutqun boʻlsalar. Dinu diyonatlari uchun azob-uqubatga duchor qilinayotgan boʻlsalar. Musulmonlar faqat shunday oliy maqsad yoʻlida jang qiladilar. Ularga boshqacha urushning keragi yoʻq.)

  76. 76

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُقَٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱلطَّٰغُوتِ فَقَٰتِلُوٓا۟ أَوْلِيَآءَ ٱلشَّيْطَٰنِ ۖ إِنَّ كَيْدَ ٱلشَّيْطَٰنِ كَانَ ضَعِيفًا

    Iymon keltirganlar Allohning yoʻlida jang qilurlar. Kufr keltirganlar togʻutning yoʻlida jang qilurlar. Bas, shaytonning doʻstlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.

  77. 77

    أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوٓا۟ أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌۭ مِّنْهُمْ يَخْشَوْنَ ٱلنَّاسَ كَخَشْيَةِ ٱللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةًۭ ۚ وَقَالُوا۟ رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا ٱلْقِتَالَ لَوْلَآ أَخَّرْتَنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍۢ قَرِيبٍۢ ۗ قُلْ مَتَٰعُ ٱلدُّنْيَا قَلِيلٌۭ وَٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌۭ لِّمَنِ ٱتَّقَىٰ وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا

    Qoʻlingizni tiying, namoz oʻqib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni koʻrmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek yoki undan ham qattiqroq qoʻrqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, bir oz ortga surib tursang boʻlmasmidi?!» demoqdalar. Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.

  78. 78

    أَيْنَمَا تَكُونُوا۟ يُدْرِككُّمُ ٱلْمَوْتُ وَلَوْ كُنتُمْ فِى بُرُوجٍۢ مُّشَيَّدَةٍۢ ۗ وَإِن تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌۭ يَقُولُوا۟ هَٰذِهِۦ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۭ يَقُولُوا۟ هَٰذِهِۦ مِنْ عِندِكَ ۚ قُلْ كُلٌّۭ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ ۖ فَمَالِ هَٰٓؤُلَآءِ ٱلْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًۭا

    Qayerda boʻlsangiz ham, hattoki mustahkam qalʼalarda boʻlsangiz ham, oʻlim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima boʻldiki, gapni tushunay demaydilar?!

  79. 79

    مَّآ أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍۢ فَمِنَ ٱللَّهِ ۖ وَمَآ أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةٍۢ فَمِن نَّفْسِكَ ۚ وَأَرْسَلْنَٰكَ لِلنَّاسِ رَسُولًۭا ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۭا

    Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik oʻzingdandir. Biz seni odamlarga Paygʻambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. (Bu oyatda yana bir haqiqatning bayoni kelmoqda. Inson Alloh koʻrsatgan yoʻldan yursa, yaxshilikni qilib, yomonlikdan qaytsa, Alloh taolo uni qoʻllab-quvvatlaydi va zafarga erishtiradi. Bu holda inson Alloh koʻrsatgan yoʻldan yurdi, Uning shariatiga amal qildi, Uning madadi ila faoliyat koʻrsatdi, u koʻrsatgan yaxshilikni qildi va yomonlikdan chetlandi. Natijada yaxshilikka erishdi. Albatta, bu yaxshilik Allohdandir. Ammo inson Allohning yoʻlidan yurmasa, U bergan aqlni toʻgʻrilikcha ishlatmasa, Uning shariatiga amal qilmasa, buyurgan yaxshiligini bajarmasa, qaytargan yomonlikdan qaytmasa, oʻzidan koʻrsin–oqibat, albatta, yomon boʻladi. Bu yomonlikka uning oʻzi sababchidir. Sening vazifang Paygʻambarlik–elchilik qilish. Odamlarga yaxshilik yoki yomonlik yetkazish emas. Bir narsani bor yoki yoʻq qilish Allohning qoʻlida. Xammasiga Allohning Oʻzi shohid. Shohidlikka esa, Allohning Oʻzi kifoya qilur.)

  80. 80

    مَّن يُطِعِ ٱلرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ ٱللَّهَ ۖ وَمَن تَوَلَّىٰ فَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًۭا

    Kim Paygʻambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan boʻladi. Kim yuz oʻgirsa, Biz seni ularga qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq.

  81. 81

    وَيَقُولُونَ طَاعَةٌۭ فَإِذَا بَرَزُوا۟ مِنْ عِندِكَ بَيَّتَ طَآئِفَةٌۭ مِّنْهُمْ غَيْرَ ٱلَّذِى تَقُولُ ۖ وَٱللَّهُ يَكْتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ ۖ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا

    Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktiradilar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qoʻyadi. Bas, ulardan yuz oʻgir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. (Oyati karima «Ular» deb aytayotgan kishilar–munofiqlardir. Ularga Qurʼon oyatlarini oʻqib bersalar, Allohning amrlarini yetkazsalar, qisqa qilib «itoat», deyishadi. «Itoat»dan boshqa niyat yoʻq, deb koʻrsatmoqchi boʻlishadi. Aslida esa, maqsadlari boshqa, shuning uchun ham, Paygʻambar alayhissalomning huzurlaridan chiqishganidan soʻng «itoat»ni unutib, boshqacha ish tutishadi.)

  82. 82

    أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ ۚ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ ٱللَّهِ لَوَجَدُوا۟ فِيهِ ٱخْتِلَٰفًۭا كَثِيرًۭا

    Qurʼonni tadabbur etib koʻrmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan boʻlganda, undan koʻp ixtiloflar topar edilar. ( Qurʼonga murojaat etib, uni tadabbur qilib koʻrgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qurʼonni jiddiy oʻrganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yoʻqligini payqaydi.)

  83. 83

    وَإِذَا جَآءَهُمْ أَمْرٌۭ مِّنَ ٱلْأَمْنِ أَوِ ٱلْخَوْفِ أَذَاعُوا۟ بِهِۦ ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى ٱلرَّسُولِ وَإِلَىٰٓ أُو۟لِى ٱلْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ ٱلَّذِينَ يَسْتَنۢبِطُونَهُۥ مِنْهُمْ ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَٱتَّبَعْتُمُ ٱلشَّيْطَٰنَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Qachonki ularga eminlik yoki haq toʻgʻrisida bir ish–xabar yetsa, uni taratadilar. Agar uni Paygʻambarga va oʻzlaridan boʻlgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.

  84. 84

    فَقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا تُكَلَّفُ إِلَّا نَفْسَكَ ۚ وَحَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَكُفَّ بَأْسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ وَٱللَّهُ أَشَدُّ بَأْسًۭا وَأَشَدُّ تَنكِيلًۭا

    Allohning yoʻlida jang qil! Oʻzingdan boshqadan masʼul qilinmaysan. Moʻminlarni qiziqtir. Shoyadki Alloh kufr keltirganlarning shiddatini daf qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq zotdir.

  85. 85

    مَّن يَشْفَعْ شَفَٰعَةً حَسَنَةًۭ يَكُن لَّهُۥ نَصِيبٌۭ مِّنْهَا ۖ وَمَن يَشْفَعْ شَفَٰعَةًۭ سَيِّئَةًۭ يَكُن لَّهُۥ كِفْلٌۭ مِّنْهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍۢ مُّقِيتًۭا

    Kim yaxshi shafoat qilsa, undan oʻz nasibasi boʻlur. Kim yomon shafoat qilsa, undan oʻz naibasi boʻlur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi zotdir. (Arab tilida «shafoat» soʻzi bizda tanilgan maʼnodan koʻra kengroq maʼnoda ishlatiladi. Birovni boshqalar oldida oqlash uchun qilingan saʼy-harakat va gap-soʻz ham shafoat hisoblanadi. Inchunin, qoralash uchun qilingani ham. Shuningdek, bu ishning yaxshiligini tushuntirish uchun targʻib qilish, unga qiziqtirsh yaxshi shafoat, oʻsha ishni yomon deb tushuntirish esa, yomon shafoat hisoblanadi.)

  86. 86

    وَإِذَا حُيِّيتُم بِتَحِيَّةٍۢ فَحَيُّوا۟ بِأَحْسَنَ مِنْهَآ أَوْ رُدُّوهَآ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَسِيبًا

    Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan koʻra yaxshiroq alik oling yoki xuddi oʻzidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi zotdir. ( Islomdagi salomlashish eng goʻzal va eng maʼnoli salomlashishdir. Islomda tanigangayu tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa, vojibdir.)

  87. 87

    ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۗ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ حَدِيثًۭا

    Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. U sizlarni qoim boʻlishida hech shubha yoʻq qiyomat kuni, albatta, jamlar. Kim Allohdan koʻra rostgoʻyroq?!.

  88. 88

    ۞ فَمَا لَكُمْ فِى ٱلْمُنَٰفِقِينَ فِئَتَيْنِ وَٱللَّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُوٓا۟ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُوا۟ مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًۭا

    Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar, holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qoʻydi-ku? Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi boʻlasizlarmi? Alloh kimni adashtirgan boʻlsa, unga yoʻl topa olmassan. (Imom Ahmad ibn Xanbal qilgan rivoyatda Zayd ibn Sobit (r. a.) quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh (s. a. v.) Uhud jangiga chiqqanlarida, u kishi bilan chiqqanlardan baʼzilari orqaga qaytib ketdilar. Sahobalar oʻsha orqaga qaytganlarga munosabatda ikkiga boʻlindilar. Birlari ularni oʻldiramiz, deyishsa, boshqalari, yoʻq, ular moʻminlar, ularni oʻldirmaymiz, deyishdi. Shunda Alloh taolo: «Sizga nima boʻldiki, munofiqlar haqida ikkiga boʻlinasizlar?» oyatini nozil qildi. Paygʻambarimiz (s. a. v.): «Albatta, bu oyat poklovchidir. Bosqon temirning zangini ketkazganidek, zanglarni ketkazadi», dedilar.)

  89. 89

    وَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا۟ فَتَكُونُونَ سَوَآءًۭ ۖ فَلَا تَتَّخِذُوا۟ مِنْهُمْ أَوْلِيَآءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ ۖ وَلَا تَتَّخِذُوا۟ مِنْهُمْ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًا

    Ular siz ham xuddi oʻzlaridek kofir boʻlib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yoʻlida hijrat qilmagunlaricha, ulardan doʻst tutmang. Agar yuz oʻgirib ketsalar, bas, ularni tutinglar va qayerda topsangiz, oʻldiringlar. Ulardan doʻst ham, yordamchi ham tutmang.

  90. 90

    إِلَّا ٱلَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌ أَوْ جَآءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَن يُقَٰتِلُوكُمْ أَوْ يُقَٰتِلُوا۟ قَوْمَهُمْ ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَٰتَلُوكُمْ ۚ فَإِنِ ٱعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَٰتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْا۟ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ فَمَا جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًۭا

    Magar, siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, oʻz qavmlari bilan ham urushish koʻngillariga sigʻmasdan huzuringizga kelsalar mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qoʻyardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yoʻl bermas.

  91. 91

    سَتَجِدُونَ ءَاخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُوا۟ قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوٓا۟ إِلَى ٱلْفِتْنَةِ أُرْكِسُوا۟ فِيهَا ۚ فَإِن لَّمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوٓا۟ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَمَ وَيَكُفُّوٓا۟ أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ۚ وَأُو۟لَٰٓئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنًۭا مُّبِينًۭا

    Sizdan ham, oʻz qavmlaridan ham omonda boʻlishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chogʻlarida unga shoʻngʻiydigan boshqa birlarni ham koʻrasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qoʻllarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, oʻldiring. Ana oʻshandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik. (Ibn Jarir Mujohiddan rivoyat qilishicha, bu oyati karima makkalik bir qavm haqida nozil boʻlgan. Ular Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga kelib, riyo uchun musulmonliklarini bildirishardi. Soʻngra qurayshliklar oldiga borib, ular bilan birga butlariga ibodat qilishar edi. Shu yoʻl bilan ikki tomondan ham omon qolmoqchi boʻlishar edi. Demak, ularga ishonib boʻlmaydi. Madomiki ular musulmonlarga yomonlik qilishdan chetlanmasalar, tinchlikni taklif qilmasalar va ulardan qoʻllarini tiymasalar, ularni asir olish, topgan joyda oʻldirish kerak. Bunga Allohning Oʻzi ruxsat bermoqda. Bularning hammasi musulmonlarning munofiqlar bilan boʻladigan munosabatlari haqidagi hukmlardir.)

  92. 92

    وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلَّا خَطَـًۭٔا ۚ وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَـًۭٔا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مُّؤْمِنَةٍۢ وَدِيَةٌۭ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَصَّدَّقُوا۟ ۚ فَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ عَدُوٍّۢ لَّكُمْ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مُّؤْمِنَةٍۢ ۖ وَإِن كَانَ مِن قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌۭ فَدِيَةٌۭ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍۢ مُّؤْمِنَةٍۢ ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةًۭ مِّنَ ٱللَّهِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Moʻmin moʻminni oʻldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki moʻminni bilmasdan oʻldirib qoʻysa, bas, unga moʻmin qulni ozod qilish va (oʻlganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib boʻlur. Agar u sizga dushman qavmdan boʻlib, oʻzi moʻmin boʻlsa, moʻmin qulni ozod qilish vojib boʻlur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan boʻlsa, ahliga beriladigan xun va moʻmin qulni ozod qilish vojib boʻlur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy roʻza tutish vojib boʻlur. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

  93. 93

    وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًۭا مُّتَعَمِّدًۭا فَجَزَآؤُهُۥ جَهَنَّمُ خَٰلِدًۭا فِيهَا وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُۥ وَأَعَدَّ لَهُۥ عَذَابًا عَظِيمًۭا

    Kim bir moʻminni qasddan oʻldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning gʻazabi va laʼnati yogʻilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir. (Moʻmin kishini qasddan oʻldirish shunchalik katta jinoyat va gunohki, uni qul ozod qilish bilan ham, xun toʻlash bilan ham yuvib boʻlmaydi. Moʻmin moʻminni qasddan oʻldirishi bir beayb jonga qoʻshib, iymondek ulugʻ neʼmat tufayli vujudga kelgan aqida qardoshligini ham oʻldirishdir. Shuning uchun ham qisqagina bir oyatda bu jinoyatchiga boshqa hech kimga tayin qilinmagan oliy jazolar–jahannamda abadiy qolish, Allohning gʻazabiga va laʼnatiga duchor boʻlish va u zot tayyorlab qoʻygan ulkan azob vaʼda qilinmoqda. Paygʻambarimiz (s. a. v.) oʻz hadislaridan birida: «Bir musulmonning oʻldirilishi Allohning huzurida dunyoning zavolidan ham ogʻirroqdir», deganlar. Mazkur jazolar qasddan moʻmin odamni oʻldirganning oxiratidagi jazosidir. Ammo boshqa oyat va hadislardan kelib chiqib, unga bu dunyoda ham maʼlum jazolar belgilangan. Avvalo, qotil ustidan oʻldirilgan shaxsning valiyul amrlari hukmga ega boʻladilar. Ular xohlasalar, qotildan qasos olish maqsadida uni oʻldirishni talab qiladilar, xohlasalar kechib yuboradilar yoki xohlasalar kuchaytirilgan xun oladilar. Kuchaytirilgan xun esa, oʻttizta hiqqa, oʻttizta jazuʼa va qirqta xalufa tuyalardan iborat.)

  94. 94

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا ضَرَبْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَتَبَيَّنُوا۟ وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَنْ أَلْقَىٰٓ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَٰمَ لَسْتَ مُؤْمِنًۭا تَبْتَغُونَ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌۭ ۚ كَذَٰلِكَ كُنتُم مِّن قَبْلُ فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا

    Ey iymon keltirganlar! Allohning yoʻlida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, moʻmin emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining oʻtkinchi oʻljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa koʻplab oʻljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga neʼmat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida Imom Ahmad ibn Xanbal hazrati Abdulloh ibn Abbosdan (r. a.) rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Banu Salim qabilasidan bir odam bir guruh sahobaning oldidan qoʻylarini boqib oʻtib qoldi va ularga salom berdi. Sahobalar: «Bizdan qoʻrqqanidan salom berdi, boʻlmasa, bermas edi», dedilar-da, uni oʻldirib qoʻylarini Paygʻambarning (s. a. v.) huzurlariga haydab bordilar. Shunda Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar! Allohning yoʻlida jihodga chiqadigan boʻlsangiz, aniqlab olinglar...» oyatini nozil qildi.)

  95. 95

    لَّا يَسْتَوِى ٱلْقَٰعِدُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُو۟لِى ٱلضَّرَرِ وَٱلْمُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ فَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَٰهِدِينَ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى ٱلْقَٰعِدِينَ دَرَجَةًۭ ۚ وَكُلًّۭا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَفَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَٰهِدِينَ عَلَى ٱلْقَٰعِدِينَ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    Moʻminlardan beshikast boʻla turib oʻtirib qolganlari bilan Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar boʻlmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarning darajasini oʻtirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni vaʼda qilgan. Alloh mujohidlarni oʻtirib qoluvchilardan ulugʻ ajr ila, afzal qilgan.

  96. 96

    دَرَجَٰتٍۢ مِّنْهُ وَمَغْفِرَةًۭ وَرَحْمَةًۭ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًا

    Oʻzidan boʻlgan darajalar ila, magʻfirat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahmli zotdir.

  97. 97

    إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ قَالُوا۟ فِيمَ كُنتُمْ ۖ قَالُوا۟ كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ قَالُوٓا۟ أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةًۭ فَتُهَاجِرُوا۟ فِيهَا ۚ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا

    Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Yer yuzida bechora edik», derlar. Alar: «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz boʻlmasmidi?!» derlar. Ana oʻshalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! («Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlar», deb vasf qilingan kishilar maʼlum bir toifadir. Ular oʻzlarini boʻlmasa-da, molu mulklarini asrab qolish uchun, hijratning qiyinchiliklaridan qochib, kofirlar ichida qolib ketgan kishilardir. Ularni Alloh taolo «oʻziga zulm qiluvchilar» deb sifatlamoqda.)

  98. 98

    إِلَّا ٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ لَا يَسْتَطِيعُونَ حِيلَةًۭ وَلَا يَهْتَدُونَ سَبِيلًۭا

    Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, hiylaga qodir boʻlmagan, yoʻlni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.

  99. 99

    فَأُو۟لَٰٓئِكَ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَعْفُوَ عَنْهُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَفُوًّا غَفُورًۭا

    Ana oʻshalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi zotdir.

  100. 100

    ۞ وَمَن يُهَاجِرْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدْ فِى ٱلْأَرْضِ مُرَٰغَمًۭا كَثِيرًۭا وَسَعَةًۭ ۚ وَمَن يَخْرُجْ مِنۢ بَيْتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدْرِكْهُ ٱلْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Kim Allohning yoʻlida hijrat qilsa, yer yuzida koʻpgina panohgohlar va kengchilik topadi. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, soʻngra unga oʻlim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadi. Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahmli zotdir. (Ushbu oyatda hijrat qilishga targʻib–qiziqtirish bor. Bu ulugʻ ishga kishilarni maʼnaviy jihatdan tayyorlash, koʻngillariga kelishi mumkin boʻlgan baʼzi xayollarni koʻtarish bor. Xijrat dinu diyonatni deb vatanni tark etishdir. Kishilar oʻzlaricha, vatandan uzoqda boʻlgan shaxs xavf-xatarda qoladi, rizqi roʻzi qiyiladi, degan fikrda boʻladilar. Bu esa, musulmonlikka hech toʻgʻri kelmaydigan notoʻgʻri fikrdir. Alloh taolo hech qachon Oʻzining yoʻlida hijrat qilgan bandasini chorasiz holda tashlab qoʻymaydi. Unga xavf-xatarlardan asraydigan panohgohlar ato qiladi va rizqini keng qilib qoʻyadi. Koʻpgina kishilar hijratdan keyin oliy darajalarga, keng rizqlarga erishgani tajribadan maʼlum. Odamlarni hijratdan toʻsib turadigan narsalardan biri oʻlimdan qoʻrqishdir. Aslida esa, avval oʻtgan oyatlarda taʼkidlanganidek, oʻlim joy tanlamaydi. Vaqti-soati yetganda, muhojir ham, muqim ham oʻlaveradi. Ammo u oʻlim bilan bu oʻlimning farqi bor. Muhojirlikda oʻlishning baxtiga nima yetsin!)

  101. 101

    وَإِذَا ضَرَبْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَقْصُرُوا۟ مِنَ ٱلصَّلَوٰةِ إِنْ خِفْتُمْ أَن يَفْتِنَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱلْكَٰفِرِينَ كَانُوا۟ لَكُمْ عَدُوًّۭا مُّبِينًۭا

    Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmogʻingizda gunoh yoʻqdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar.

  102. 102

    وَإِذَا كُنتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَلْتَقُمْ طَآئِفَةٌۭ مِّنْهُم مَّعَكَ وَلْيَأْخُذُوٓا۟ أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُوا۟ فَلْيَكُونُوا۟ مِن وَرَآئِكُمْ وَلْتَأْتِ طَآئِفَةٌ أُخْرَىٰ لَمْ يُصَلُّوا۟ فَلْيُصَلُّوا۟ مَعَكَ وَلْيَأْخُذُوا۟ حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ ۗ وَدَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُم مَّيْلَةًۭ وَٰحِدَةًۭ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن كَانَ بِكُمْ أَذًۭى مِّن مَّطَرٍ أَوْ كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَن تَضَعُوٓا۟ أَسْلِحَتَكُمْ ۖ وَخُذُوا۟ حِذْرَكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا

    Ular ichida boʻlsang-u, namoz ado qilmoqchi boʻlsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga oʻtsinlar. Namoz oʻqimagan boshqa toifa kelib sen bilan namoz oʻqisin. Ehtiyot boʻlib, silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Kufr keltirganlar silohlaringiz va matohlaringizdan gʻofil boʻlsangiz, ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomgʻirdan ozor yetsa yoki bemor boʻlsangiz, silohlaringizni qoʻymogʻingizda gunoh yoʻqdir. Xushyor boʻlinglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir. (Ushbu oyati karima bilan tanishganda, namozga naqadar katta eʼtibor borligi darhol anglab yetiladi. Oʻylab koʻring-a: urush boʻlib tursa, har bir insonning hayoti qil ustida tursa-da, yana namoz oʻqishga amr boʻlsa! Urush paytida oʻqiladigan namoz «Xavf namozi» deb ataladi. Demak, jihodga chiqqan mujohidlar bu holda ikkiga boʻlinishadi. Bir toifalari imom bilan namoz oʻqiydi, ikkinchi toifa namoz oʻqimay, qoʻriqchilik qilib turadi. Imom birinchi toifa bilan birinchi rakʼatni oʻqib boʻlgandan soʻng turib orqaga qoʻriqchilikka oʻtadi. Qoʻriqchilik qilib turgan ikkinchi toifa kelib imom bilan ikkinchi rakʼatni oʻqiydi. Oyatda shu joygacha zikr etilgan. Namozning davomi Paygʻambarimiz alayhissalomning sunnatlarida kelgan. Ikkinchi rakʼat tamom boʻlishi bilan imom salom beradi. Chunki u ikki rakʼatni tamom oʻqidi. Keyin birinchi toifa kelib ikkinchi rakatni har kim oʻzi oʻqib salom beradi. Ikkinchi rakatni imom bilan oʻqigan va yana qorovullikka oʻtgan ikkinchi toifa birinchi toifadan keyin qolgan bir rakat namozini yakka-yakka oʻqib salom beradi. Bunday namozni ado etish davomida musulmonlar hushyor boʻlishlari va silohlarini oʻzlari bilan birga tutishlari qayta-qayta tayinlanmoqda. Kofirlarning yomonliklaridan bexabar qolmanglar, deb ogohlantirilmoqda.)

  103. 103

    فَإِذَا قَضَيْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ قِيَٰمًۭا وَقُعُودًۭا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ۚ فَإِذَا ٱطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتْ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ كِتَٰبًۭا مَّوْقُوتًۭا

    Namozni ado etganingizdan soʻng Allohni turgan, oʻtirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam boʻlganingizda namozni toʻliq ado eting. Albatta, namoz moʻminlarga vaqtida farz qilingandir. (Xar vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikir etish targʻib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish havf namozidan keyin, ayniqsa, zarur ekani taʼkidlanmoqda. Oʻtirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, yaʼni, hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, undan dushman bilan boʻladigan jangda gʻalaba-nusrat soʻraladi.)

  104. 104

    وَلَا تَهِنُوا۟ فِى ٱبْتِغَآءِ ٱلْقَوْمِ ۖ إِن تَكُونُوا۟ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا

    U qavmni quvishda boʻsh kelmang. Agar alam chekayotgan boʻlsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

  105. 105

    إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِمَآ أَرَىٰكَ ٱللَّهُ ۚ وَلَا تَكُن لِّلْخَآئِنِينَ خَصِيمًۭا

    Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh koʻrsatganiga hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi boʻlma!

  106. 106

    وَٱسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Allohga istigʻfor ayt! Albatta, Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir.

  107. 107

    وَلَا تُجَٰدِلْ عَنِ ٱلَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًۭا

    Oʻz jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor boʻlgan kimsani xush koʻrmas. (Alloh taolo bu oyatda Toʻʼma ibn Ubayraq va uning qarindoshlarini «oʻz jonlariga xiyonat qilganlar», deb vasf qilmoqda. Aslida, ular yahudiy shaxsga xiyonat qilgan, oʻgʻrilik aybini unga agʻdargan edilar. Lekin bu ishning yomonligi ularga qaytishi eʼtiboridan oʻzlariga xiyonat qilgan hisoblanadi. Oʻgʻrilik qilish–gunohkorlik, aybni nohaqdan birovga agʻdarish esa, xiyonatdir.)

  108. 108

    يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ ٱللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ ٱلْقَوْلِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا

    Odamlardan yashiradilar va Allohdan yashira olmaslar. Xolbuki, U Oʻzi rozi boʻlmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ixota qiluvchi zotdir.

  109. 109

    هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ جَٰدَلْتُمْ عَنْهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَمَن يُجَٰدِلُ ٱللَّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلًۭا

    Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladi yoki kim ularga vakil boʻladi?!.

  110. 110

    وَمَن يَعْمَلْ سُوٓءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُۥ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ ٱللَّهَ يَجِدِ ٱللَّهَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Kim yomonlik qilsa yoki oʻziga zulm etsa, soʻngra Allohga istigʻfor aytsa, Allohni magʻfiratli va rahmli zot topadi.

  111. 111

    وَمَن يَكْسِبْ إِثْمًۭا فَإِنَّمَا يَكْسِبُهُۥ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Kim gunoh qilsa, faqatgina oʻz zarariga qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Birovning gunohi uchun boshqa birov javobgar boʻlmaydi. Har kim oʻz qilmishi uchun javobgar boʻladi. Alloh hamma narsani bilib turadi, jumladan, gunohkorlarning gunohlarini ham bilib turadi. Oʻsha bilishga binoan gunohkorni jazolashi uning har bir narsani hikmat bilan qilishligidandir.)

  112. 112

    وَمَن يَكْسِبْ خَطِيٓـَٔةً أَوْ إِثْمًۭا ثُمَّ يَرْمِ بِهِۦ بَرِيٓـًۭٔا فَقَدِ ٱحْتَمَلَ بُهْتَٰنًۭا وَإِثْمًۭا مُّبِينًۭا

    Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, soʻngra uni beaybga agʻdarsa, shubhasiz, boʻhton va ochiq gunohni oʻz boʻyniga olibdi.

  113. 113

    وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُۥ لَهَمَّت طَّآئِفَةٌۭ مِّنْهُمْ أَن يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ ۖ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِن شَىْءٍۢ ۚ وَأَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُن تَعْلَمُ ۚ وَكَانَ فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًۭا

    Agar senga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaydilar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulugʻ boʻldi. (Yaʼni, Alloh taolo oʻz fazli va marhamati ila oyatlar tushirib, haqiqatni bayon qilmaganida, Toʻʼma ibn Ubayraqning qavmi, uni odamlar oldida oqlashni talab qilib, aybni yahudiy shaxsga agʻdarib, Paygʻambarni adashtirishga urinib qolgan edilar. Ammo bu ishlari bilan ular oʻzlarini adashtiradilar, xolos. Xar qancha urinsalar ham Paygʻambarga (s. a. v.) zarar yetkaza olmaydilar. Alloh doimo oʻz Paygʻambarini saqlaydi. Mazkur hodisada noqulaylikdan saqlab qolgani oʻziga xos fazlu karamdir. Lekin asosiy fazli va haqiqiy marhamati: «Alloh senga kitobni (Qurʼonni) va hikmatni (sunnatni) tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va (shu bilan) senga Allohning fazli ulugʻ boʻldi».)

  114. 114

    ۞ لَّا خَيْرَ فِى كَثِيرٍۢ مِّن نَّجْوَىٰهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَٰحٍۭ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    Ularning koʻpgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yoʻq, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim oʻsha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulugʻ ajr beramiz.

  115. 115

    وَمَن يُشَاقِقِ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ ٱلْهُدَىٰ وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ ٱلْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِۦ مَا تَوَلَّىٰ وَنُصْلِهِۦ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا

    Kim oʻziga hidoyat ravshan boʻlgandan keyin Paygʻambarga xilof qilsa va moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlga yursa, ketgan tomonga qoʻyib qoʻyamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy! (Bu oyati karimada Toʻʼma ibn Ubayraqning qarindoshlaridan Bashir ibn Ubayraqqa ishora qilinmoqda. U Bani Ubayraqni fosh qiluvchi oyatlar nozil boʻlganidan soʻng murtad boʻlib (dindan chiqib), mushriklarga qoʻshilib ketgan edi. Garchi ishora maʼlum bir shaxsga boʻlsa ham, hukm umumiydir. Kim Paygʻambarga (s. a. v.) xilof qilsa, u kishining yoʻlidan boshqa yoʻlga yursa, kofir, mushrik va murtad boʻladi. Kim moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlni tanlasa, oʻsha yoʻlidan yuraversin, Alloh uni ketgan tomoniga yurgazib qoʻyaveradi. Ammo oxiri olib borib jahannamga kiritadi. Jahannam qanday joyligini esa, hamma biladi.)

  116. 116

    إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِۦ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًا

    Albatta, Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechiradi. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan boʻladi.

  117. 117

    إِن يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ إِنَٰثًۭا وَإِن يَدْعُونَ إِلَّا شَيْطَٰنًۭا مَّرِيدًۭا

    Ular undan boshqa faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar va faqat bebosh shaytonga ibodat qiladilar. (Yaʼni, arab mushriklari Allohdan boshqa, faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar. Johiliy arablarning buzuq eʼtiqodlari boʻyicha, farishtalar Allohning qizlari hisoblanar edi. Ular shuning uchun ham butlarini ayol kishi shaklida yasashar va ularga ayollarning ismini berishar edi.)

  118. 118

    لَّعَنَهُ ٱللَّهُ ۘ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًۭا مَّفْرُوضًۭا

    Alloh uni laʼnatladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman.

  119. 119

    وَلَأُضِلَّنَّهُمْ وَلَأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلَءَامُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ ءَاذَانَ ٱلْأَنْعَٰمِ وَلَءَامُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَتَّخِذِ ٱلشَّيْطَٰنَ وَلِيًّۭا مِّن دُونِ ٱللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًۭا مُّبِينًۭا

    Ularni adashtiraman, xom xayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini oʻzgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qoʻyib shaytonni doʻst tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir. (Yaʼni, Alloh shaytonni laʼnatladi, oʻz rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda: «Qasamki, bandalaringdan maʼlum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan laʼnatlayapsan, men bulardan maʼlum miqdorni oʻz yoʻlimga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi. Yaʼni, bandalaringni toʻgʻri yoʻldan–sening yoʻlingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman–umrimiz uzun boʻladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yoʻq, deb yuraveradigan qilib qoʻyaman, deydi.)

  120. 120

    يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ ۖ وَمَا يَعِدُهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ إِلَّا غُرُورًا

    U ularga vaʼda beradir va xom xayollarga soladir. Shayton ularga gʻururdan boshqa narsani vaʼda qilmaydir.

  121. 121

    أُو۟لَٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ وَلَا يَجِدُونَ عَنْهَا مَحِيصًۭا

    Ana oʻshalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yoʻlini topa olmaslar.

  122. 122

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّٰتٍۢ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقًّۭا ۚ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ ٱللَّهِ قِيلًۭا

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy–bardavom qolurlar. Allohning vaʼdasi haqdir. Allohdan rostgoʻyroq zot bormi? (Bandaning jannatga kirishi uchun iymon va yaxshi amallar boʻlishi shart. Iymonsiz holda qilingan har qancha yaxshi amallarning foydasi boʻlmaydi. Iymoni boʻlib turib yaxshi amallarni qilgan bandalar faqat jannatga kirish bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki jannatda abadiy–bardavom qoladilar. Bu esa, shaytonning doʻstlari doʻzaxda abadiy–bardavom qolishlarining muqobiligadir.)

  123. 123

    لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلَآ أَمَانِىِّ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ ۗ مَن يَعْمَلْ سُوٓءًۭا يُجْزَ بِهِۦ وَلَا يَجِدْ لَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا

    Sizlarning xom xayolingizchga ham emas, ahli kitoblarning xom xayolichga ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va oʻziga Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topa olmas.

  124. 124

    وَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌۭ فَأُو۟لَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًۭا

    Erkakmi, ayolmi–kim moʻmin boʻlgan holda yaxshiliklar qilsa, ana oʻshalar jannatga kirarlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas. (Yaxshi amallarning mukofotini berishda erkagu ayoldan barobar iymon shart qilinib qoʻyiladi. Iymon boʻlmasa, boʻlmaydi. Iymoni boʻlib turib, yaxshi amallarni qilgan har bir erkagu ayol, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, jannatga kiradilar. Ularga bu dunyoda qilgan amallarining mukofotini qilicha ham qoldirilmay beriladi.)

  125. 125

    وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًۭا مِّمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌۭ وَٱتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًۭا ۗ وَٱتَّخَذَ ٱللَّهُ إِبْرَٰهِيمَ خَلِيلًۭا

    Yaxshilik qiluvchi boʻlgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning toʻgʻri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni doʻst tutgan edi. (Ushbu oyatdagi savol bir narsani bilish uchun berilayotgan savol emas. Balki bor narsani iqror qilish uchun aytilayotgan tasdiq savolidir. Qilgan yaxshi amalning qabul boʻlishiga iymon qanchalik shart boʻlsa, ixlos ham (yaʼni, ishni Allohning roziligi uchun ixlos bilan ado etish) shunchalik shartdir. Ibrohim alayhissalomning millati–dini Islom edi. Alloh taolo boshqa oyatlarda ham bu haqiqatni bayon etgan. Demak, oyatda Islomdan oʻzga haqiqiy din yoʻq, deyilmoqda va bu dinga odamlarni yanada qiziqtirish uchun Ibrohim alayhissalomni Alloh taolo Oʻziga doʻst tutganini taʼkidlamoqda.)

  126. 126

    وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍۢ مُّحِيطًۭا

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ixota qilgan zotdir.

  127. 127

    وَيَسْتَفْتُونَكَ فِى ٱلنِّسَآءِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَٰبِ فِى يَتَٰمَى ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِى لَا تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلْوِلْدَٰنِ وَأَن تَقُومُوا۟ لِلْيَتَٰمَىٰ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِهِۦ عَلِيمًۭا

    Sendan ayollar haqida fatvo soʻrarlar. Sen: «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga ragʻbat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmogʻingiz haqida fatvo beradi», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi zotdir.

  128. 128

    وَإِنِ ٱمْرَأَةٌ خَافَتْ مِنۢ بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًۭا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَآ أَن يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًۭا ۚ وَٱلصُّلْحُ خَيْرٌۭ ۗ وَأُحْضِرَتِ ٱلْأَنفُسُ ٱلشُّحَّ ۚ وَإِن تُحْسِنُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا

    Agar ayol kishi oʻz eridan nafrat va yuz oʻgirish sodir boʻlishidan qoʻrqsa, ikkovlari oʻzaro sulhga kelishishlarida gunoh yoʻq. Sulh yaxshidir. Nafslar qizgʻanishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor zotdir. (Oilada turli sabablarga koʻra, erda xotiniga nisbatan nafrat paydo boʻlishi mumkin. Natijada er xotinidan ajralmoqchi yoki undan yuz oʻgirib, taloq ham qilmay, muomala qilmay tashlab qoʻymoqchi. Xotin eridan ajrashni xohlamasa, yarashishga urinadi. Erning nafratiga yoki yuz oʻgirishiga sabab boʻlgan ishlarni bartaraf etish bilan uni rozi qilib, ajralmay qolishga tirishadi. Jumladan, xotinidan nafratlanib, uni taloq qilmoqchi boʻlgan yoki yuz oʻgirib, tek tashlab qoʻymoqchi boʻlgan erkak oʻsha xotinning ajrashish istagi yoʻqligini bilgach, unga yaxshilik qilib, taqvo yuzasidan oʻzi bilan olib qolsa, yaxshi boʻladi. Alloh unga ajr va savob beradi.)

  129. 129

    وَلَن تَسْتَطِيعُوٓا۟ أَن تَعْدِلُوا۟ بَيْنَ ٱلنِّسَآءِ وَلَوْ حَرَصْتُمْ ۖ فَلَا تَمِيلُوا۟ كُلَّ ٱلْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَٱلْمُعَلَّقَةِ ۚ وَإِن تُصْلِحُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar oʻrtasida adolatli boʻla olmaysizlar. Bir yoʻla moyil boʻlib ketib, (baʼzisini) muallaqga oʻxshatib qoʻymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta. Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir. («Xotinlar oʻrtasida adolat» koʻp xotinli erning xotinlariga nisbatan qalbidagi muhabbati borasidadir. Yaʼni, koʻnglingizda muhabbati oʻrnashgan baʼzixotiningizga bir yoʻla moyil boʻlib ketib, xotinlaringizning baʼzisini muallaq ayolga oʻxshatib qoʻymang. «Muallaq ayol» deb xotin boʻlib xotin emas, boshi ochiq boʻlib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli boʻlishga chorlamoqda. Koʻp xotinli er yaxshi koʻrgan xotini bilan doimo birga boʻlib, boshqasini tark etsa, shariatga hech toʻgʻri kelmaydi.)

  130. 130

    وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ ٱللَّهُ كُلًّۭا مِّن سَعَتِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ وَٰسِعًا حَكِيمًۭا

    Agar ajrashsalar, Alloh Oʻz fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli zotdir.

  131. 131

    وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدًۭا

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb tavsiya qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan zotdir.

  132. 132

    وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا

    Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil boʻlishga Alloh kifoyadir.

  133. 133

    إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ أَيُّهَا ٱلنَّاسُ وَيَأْتِ بِـَٔاخَرِينَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ قَدِيرًۭا

    Agar u zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir boʻlgan zotdir. (Agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yoʻq qilib, ularning oʻrniga Oʻziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan, yangi boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.)

  134. 134

    مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ ثَوَابُ ٱلدُّنْيَا وَٱلْءَاخِرَةِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًۢا بَصِيرًۭا

    Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va koʻruvchi zotdir.

  135. 135

    ۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوا۟ قَوَّٰمِينَ بِٱلْقِسْطِ شُهَدَآءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَوِ ٱلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ ۚ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًۭا فَٱللَّهُ أَوْلَىٰ بِهِمَا ۖ فَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلْهَوَىٰٓ أَن تَعْدِلُوا۟ ۚ وَإِن تَلْوُۥٓا۟ أَوْ تُعْرِضُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۭا

    Ey iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar oʻzingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga boʻlsa ham, Alloh uchun toʻgʻri guvohlik beruvchi boʻling. Agar u boy boʻlsa ham, kambagʻal boʻlsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz oʻgirib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Demak, guvohlik Alloh uchun boʻlishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Ana shundagina adolatli guvohlik boʻladi. Albatta, odamning oʻziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urugʻiga qarshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy taʼlimot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin.)

  136. 136

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلَّذِى نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَٱلْكِتَٰبِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِن قَبْلُ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِٱللَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًا

    Ey iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U Oʻz Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan boʻladir.

  137. 137

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ ثُمَّ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ ثُمَّ ٱزْدَادُوا۟ كُفْرًۭا لَّمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ سَبِيلًۢا

    Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, soʻngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda boʻlganlarni Alloh magʻfirat qilmas va toʻgʻri yoʻlga hidoyat etmas. (Iymon bilan kufr orasida borib-kelib, borib-kelib, oxiri kufrda ziyoda boʻlayotganlar–munofiqlardir. Agar inson kofir boʻlib yurib keyin iymonga kelsa, uning iymoni kofirligini yuvib ketadi. Iymonga kelgandan keyingi davrdan boshlab hisob-kitobi boshlanadi.)

  138. 138

    بَشِّرِ ٱلْمُنَٰفِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا

    Munofiqlarga, albatta, ularga alamli azob boʻlishining bashoratini ber.

  139. 139

    ٱلَّذِينَ يَتَّخِذُونَ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ أَيَبْتَغُونَ عِندَهُمُ ٱلْعِزَّةَ فَإِنَّ ٱلْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًۭا

    Ular moʻminlarni qoʻyib, kofirlrni doʻst tutadiganlardir. Ularning oldida izzat–kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat–kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir.

  140. 140

    وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَٰبِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلَا تَقْعُدُوا۟ مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦٓ ۚ إِنَّكُمْ إِذًۭا مِّثْلُهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ جَامِعُ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْكَٰفِرِينَ فِى جَهَنَّمَ جَمِيعًا

    Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chogʻda, boshqa gapga oʻtmagunlaricha ular bilan oʻtirmanglar», deb tushirdi. Agar oʻtirsangiz, siz ham ularga oʻxshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning barchasini jahannamda jamlovchidir. (Alloh taolo kitobda, yaʼni, Qurʼoni Karimda moʻminlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar boʻlayotgan majlisda oʻtirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil boʻlgan al-Anʼom surasida kelgan. Chunki moʻmin kishining bu kabi majlislarda jim oʻtirishi munofiqlikning boshlanishidir. Xar bir moʻmin Alloh, Islom, Paygʻambar (s. a. v.) va Qurʼon kabi moʻʼtabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-soʻzlarni eshitgan chogʻida qarshi chiqmoqqa, hattoki toʻgʻrilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim oʻtirsa, munofiqlik yoʻliga qadam qoʻygan boʻladi.)

  141. 141

    ٱلَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌۭ مِّنَ ٱللَّهِ قَالُوٓا۟ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَٰفِرِينَ نَصِيبٌۭ قَالُوٓا۟ أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ وَلَن يَجْعَلَ ٱللَّهُ لِلْكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا

    Ular sizlarni kuzatib turarlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath boʻlsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba boʻlsa: «Sizlarga ustun kelib, moʻminlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermas. (Munofiq har doim munofiqligini qiladi. Iymon masalasidaki ikkiyoqlamalik qilgandan keyin, boshqa masalalarda bundan battar boʻladi. Ular doimo iymon va kufr, moʻminlar va kofirlar orasida tarozining pallasi qayoqqa ogʻishini kuzatib turadilar.)

  142. 142

    إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَهُوَ خَٰدِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوٓا۟ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ قَامُوا۟ كُسَالَىٰ يُرَآءُونَ ٱلنَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ ٱللَّهَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi boʻlarlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xoʻjakoʻrsinga turarlar va Allohni kamdan kam zikr qilarlar.

  143. 143

    مُّذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَٰلِكَ لَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ وَلَآ إِلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًۭا

    Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qoʻshila olarlar va na manavilarga qoʻshila olarlar. Alloh kimni yoʻldan adashtirsa, hargiz unga yoʻl topa olmassan.

  144. 144

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلْكَٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجْعَلُوا۟ لِلَّهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًۭا مُّبِينًا

    Ey iymon keltirganlar! Moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmang. Allohning huzurida oʻz ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?! (Moʻminni qoʻyib, kofirni doʻst tutish ham bir navi hujjatdirki, oxiratda bu hujjat ularning zararlariga ishlaydi va Alloh ularni shu hujjat asosida azoblaydi.)

  145. 145

    إِنَّ ٱلْمُنَٰفِقِينَ فِى ٱلدَّرْكِ ٱلْأَسْفَلِ مِنَ ٱلنَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا

    Albatta, munofiqlar doʻzaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan. (Islom dini uchun munofiqlar kofirlardan ham zararli va xavflidirlar. Shuning uchun oxiratda ham ular kofirlardan-da koʻra qattiqroq azobga duchor boʻladilar. Doʻzaxning eng qaʼriga–eng ostki qavatiga tashlanadilar. Bu joyni oyatda «ad-Darkul asfali» deyilgan.)

  146. 146

    إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ وَأَصْلَحُوا۟ وَٱعْتَصَمُوا۟ بِٱللَّهِ وَأَخْلَصُوا۟ دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُو۟لَٰٓئِكَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًۭا

    Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qoʻyganlar–ana oʻshalar moʻminlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, moʻminlarga ulugʻ ajr berur.

  147. 147

    مَّا يَفْعَلُ ٱللَّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَءَامَنتُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمًۭا

    Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladi? Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir. (Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan bir foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi. Bu azobning asosiy sababi bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz bu dunyoda azoblansa, qilgan xatosi evaziga, toʻgʻri yoʻlga qaytsin, deb qilinadi. Uni oxiratda azoblash esa, noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida,»Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir». Yaʼni, shukr qilgan bandalaridan rozi boʻladi va ularga ulugʻ ajrlarni beradi.)

  148. 148

    ۞ لَّا يُحِبُّ ٱللَّهُ ٱلْجَهْرَ بِٱلسُّوٓءِ مِنَ ٱلْقَوْلِ إِلَّا مَن ظُلِمَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا

    Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush koʻrmaydi. Magar mazlumdan boʻlsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi zotdir. (Qalbida taqvosi, vijdonida hassoslik boʻlmagan odam har qanday yomon soʻzni osongina oshkora qiladi, atrofga yoyadi. Yomon gapni oshkor qilish ikki odamning bir-birini soʻkishidan, yomonlashidan va gʻiybat-boʻhton qilishidan boshlanadi. Soʻngra asta-sekin kattalashib, jamiyatni halokat jari yoqasiga olib keladi. Shuning uchun ham Islom jamiyatida yomon soʻzni oshkor qilish qatʼiyan taqiqlanadi. Faqat bir toifaga–mazlumga ruxsat. Shunda ham, mazlum inson oʻz ustidagi zulmni koʻtarishi uchungina izn beriladi. Jumladan, zolimning zulmidan jamiyatni xabardor etish uchun mazlumgina yomon gapni oshkor qilishi mumkin.)

  149. 149

    إِن تُبْدُوا۟ خَيْرًا أَوْ تُخْفُوهُ أَوْ تَعْفُوا۟ عَن سُوٓءٍۢ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّۭا قَدِيرًا

    Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir zotdir.

  150. 150

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُوا۟ بَيْنَ ٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍۢ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍۢ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُوا۟ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا

    Albatta, Allohga va Uning Paygʻambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Paygʻambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda baʼzilariga iymon va baʼzilariga kufr keltiramiz, deb ana oʻshanday ora yoʻlni tutishni xohlaydiganlar.

  151. 151

    أُو۟لَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ حَقًّۭا ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابًۭا مُّهِينًۭا

    Ana oʻshalar haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.

  152. 152

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَلَمْ يُفَرِّقُوا۟ بَيْنَ أَحَدٍۢ مِّنْهُمْ أُو۟لَٰٓئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًۭا رَّحِيمًۭا

    Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga–ana oʻshalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh magʻfiratli va rahmli zotdir.

  153. 153

    يَسْـَٔلُكَ أَهْلُ ٱلْكِتَٰبِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيْهِمْ كِتَٰبًۭا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ فَقَدْ سَأَلُوا۟ مُوسَىٰٓ أَكْبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوٓا۟ أَرِنَا ٱللَّهَ جَهْرَةًۭ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ بِظُلْمِهِمْ ۚ ثُمَّ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ فَعَفَوْنَا عَن ذَٰلِكَ ۚ وَءَاتَيْنَا مُوسَىٰ سُلْطَٰنًۭا مُّبِينًۭا

    Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni soʻrarlar. Musodan bundan ham katta narsani soʻraganlar–«Bizga Allohni oshkora koʻrsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. Soʻngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni xudo qilib oldilar. Bas, biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.

  154. 154

    وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ ٱلطُّورَ بِمِيثَٰقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًۭا وَقُلْنَا لَهُمْ لَا تَعْدُوا۟ فِى ٱلسَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَٰقًا غَلِيظًۭا

    Va ahdnomalarigauvofiq ustilariga Turni koʻtardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlaranba ni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik. (Yaʼni, yahudiylar shariatga yurmaganlari holda, nima qilsang rozimiz, deb ahd bergan edilar. Xuddi oʻsha ahdnomalariga muvofiq Alloh taolo ularni qoʻrqitish uchun tepalariga Tur togʻini olib kelib qoʻydi. Yahudiylar nochor holda qoldilar. Agar tavba qilmasalar, Allohning aytganiga kirmasalar, ustilaridagi togʻ ularni bosib tushishi aniq edi. Ammo yahudiylar yana yahudiyliklarini qildilar. Oʻzlarini xavfdan holi sezishlari bilan darhol ahdnomani buzdilar. Baytul Maqdisga tavozuʼ bilan egilib emas, ketlari bilan surilib kirdilar va shanba kuni baliq ovlashga hiyla oʻylab chiqardilar. Bas, ushbu qilgan gunohlari va boshqa (kelasi oyatlarda zikr qilinadigan) ayblari uchun Alloh taolo ularni laʼnatladi.)

  155. 155

    فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَٰقَهُمْ وَكُفْرِهِم بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَقَتْلِهِمُ ٱلْأَنۢبِيَآءَ بِغَيْرِ حَقٍّۢ وَقَوْلِهِمْ قُلُوبُنَا غُلْفٌۢ ۚ بَلْ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَيْهَا بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًۭا

    Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Paygʻambarlarni nohaqdan oʻldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yoʻq! Balki kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar.

  156. 156

    وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَىٰ مَرْيَمَ بُهْتَٰنًا عَظِيمًۭا

    Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan boʻhton aytganlari uchun

  157. 157

    وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا ٱلْمَسِيحَ عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ ٱللَّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَٰكِن شُبِّهَ لَهُمْ ۚ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُوا۟ فِيهِ لَفِى شَكٍّۢ مِّنْهُ ۚ مَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ إِلَّا ٱتِّبَاعَ ٱلظَّنِّ ۚ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًۢا

    «Biz Allohning Rasuli Masih Iyso ibn Maryamni oʻldirdik», deganlari uchun (ularni laʼnatladik). Holbuki uni oʻldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning oʻlimidan shak-shubhadadirlar. U toʻgʻrisida ularning bilimlari yoʻq, magar gumonga ergasharlar. Uni oʻldirmaganlari aniqdir. («Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila Paygʻambar qilib yuborganida yahudiylar u zotga berilgan Paygʻambarlik va moʻʼjizalarga hasad qildilar. Yahudiylar esa, u kishini yolgʻonchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga oʻtdilar.)

  158. 158

    بَل رَّفَعَهُ ٱللَّهُ إِلَيْهِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًۭا

    Balki uni Alloh Oʻziga koʻtardi. Alloh aziz va hakim boʻlgan zotdir.

  159. 159

    وَإِن مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ إِلَّا لَيُؤْمِنَنَّ بِهِۦ قَبْلَ مَوْتِهِۦ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًۭا

    Xech bir ahli kitob yoʻqki, unga oʻlimidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa u ularning ziddiga guvoh boʻlur. (Ulamolarimiz bu oyati karimaning maʼnosida ikki xil fikr aytganlar. Bunga oyatdagi «oʻlimidan oldin» iborasi sabab boʻlgan. Baʼzilari, bu yerda Iysoning oʻlimi nazarda tutilgan, desalar, baʼzilari, ahli kitobning oʻlimi nazarda tutilgan deydilar. Birinchi toifaning gapiga binoan oyatning maʼnosi bunday: Iyso alayhissalom qiyomat yaqinlashganda tushganlarida ahli kitoblardan hech kim qolmay, u kishi oʻlishlaridan oldin u zotga iymon keltiradi. Ikkinchi toifa olimlarning tafsirlariga koʻra esa, har bir ahli kitob oʻz oʻlimidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Yaʼni, har bir yahudiy ham oʻz oʻlimidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ammo bu foyda bermaydigan iymon boʻladi. Shuning uchun ham Iyso alayhissalom «Qiyomat kuni... ular (ning) ziddiga guvoh boʻlur».)

  160. 160

    فَبِظُلْمٍۢ مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَٰتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ كَثِيرًۭا

    Yahudiy boʻlganlarga ularning zulmi, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsganlari uchun oʻzlariga halol qilingan narsani harom qildik.

  161. 161

    وَأَخْذِهِمُ ٱلرِّبَوٰا۟ وَقَدْ نُهُوا۟ عَنْهُ وَأَكْلِهِمْ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَٰطِلِ ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا

    Va qaytarilgan boʻlsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayorlab qoʻydik.

  162. 162

    لَّٰكِنِ ٱلرَّٰسِخُونَ فِى ٱلْعِلْمِ مِنْهُمْ وَٱلْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ ۚ وَٱلْمُقِيمِينَ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَٱلْمُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلْمُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْءَاخِرِ أُو۟لَٰٓئِكَ سَنُؤْتِيهِمْ أَجْرًا عَظِيمًا

    Lekin ulardan ilmda mustahkam boʻlganlari va moʻminlari senga nozil boʻlgan narsaga va sendan oldin nozil boʻlgan narsaga iymon keltirarlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana oʻshalarga, albatta, ulugʻ ajr beramiz.

  163. 163

    ۞ إِنَّآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ كَمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ نُوحٍۢ وَٱلنَّبِيِّۦنَ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَعِيسَىٰ وَأَيُّوبَ وَيُونُسَ وَهَٰرُونَ وَسُلَيْمَٰنَ ۚ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًۭا

    Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Nabiylarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik. (Demak, hamma Paygʻambarlarga vahiy yuborayotgan, ularni bandalar ichidan tanlab olayotgan zot bitta. Mazkur Paygʻambarlarga vahiy yuborgan oʻsha zot Muhammad alayhissalomga ham vahiy yuborgan. Mazkur kishilarni Paygʻambar qilib tanlab olgan oʻsha zot Muhammad alayhissalomni Paygʻambar qilib tanlab olgandir. Dovud alayhissalomga Zaburni bergan boʻlsa, Muhammad alayhissalomga Qurʼonni bergandir.)

  164. 164

    وَرُسُلًۭا قَدْ قَصَصْنَٰهُمْ عَلَيْكَ مِن قَبْلُ وَرُسُلًۭا لَّمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ ۚ وَكَلَّمَ ٱللَّهُ مُوسَىٰ تَكْلِيمًۭا

    Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Paygʻambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila oʻziga xos gaplashdi. (Qurʼoni Karimda nomlari zikr qilingan Paygʻambarlar quyidagilar: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, gʻorun, Yunus, Dovud, Sulaymon, Ilyos, al-Yasaʼ, Zakariyo, Yahʼyo, Zul-Kifl, Iyso va Muhmammad alayhissalomlardir. Qurʼoni Karimda nomlari zikr qilinmagan Paygʻambarlar haqidagi eng ishonchli maʼlumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-Gʻiforiydan (r. a.) qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: «Ey Allohning Rasuli, Paygʻambarlar qancha?» deb soʻradim. U zot (s. a. v.): «Bir yuz yigirma toʻrt mingta», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» dedim. U zot: «Uch yuz oʻn uchtasi, koʻpchilik» dedilar.)

  165. 165

    رُّسُلًۭا مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى ٱللَّهِ حُجَّةٌۢ بَعْدَ ٱلرُّسُلِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًۭا

    Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Paygʻambarlarni Alloh huzurida odamlarga Paygʻambarlardan soʻng hujjat boʻlmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziz va hakim boʻlgan zotdir.

  166. 166

    لَّٰكِنِ ٱللَّهُ يَشْهَدُ بِمَآ أَنزَلَ إِلَيْكَ ۖ أَنزَلَهُۥ بِعِلْمِهِۦ ۖ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَشْهَدُونَ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا

    Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradi. Uni Oʻz ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning Oʻzi kifoya qilur.

  167. 167

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ قَدْ ضَلُّوا۟ ضَلَٰلًۢا بَعِيدًا

    Kufr keltirgan va Allohning yoʻlidan toʻsganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar.

  168. 168

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَظَلَمُوا۟ لَمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ طَرِيقًا

    Albatta, kufr keltirganlar va zulum qilganlarni Alloh zinhor magʻfirat qilmas va yoʻlga hidoyat ham qilmas.

  169. 169

    إِلَّا طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًۭا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًۭا

    Magar jahannam yoʻliga (hidoyat qiladi) va unda abadiy qolurlar. Bu Alloh uchun osondir.

  170. 170

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلرَّسُولُ بِٱلْحَقِّ مِن رَّبِّكُمْ فَـَٔامِنُوا۟ خَيْرًۭا لَّكُمْ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًۭا

    Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Paygʻambar keldi. Bas, iymon keltiring, oʻzingizga yaxshi boʻladir. Agar kufr keltirsangiz, zotan osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

  171. 171

    يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا تَغْلُوا۟ فِى دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ۚ إِنَّمَا ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ ٱللَّهِ وَكَلِمَتُهُۥٓ أَلْقَىٰهَآ إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌۭ مِّنْهُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۖ وَلَا تَقُولُوا۟ ثَلَٰثَةٌ ۚ ٱنتَهُوا۟ خَيْرًۭا لَّكُمْ ۚ إِنَّمَا ٱللَّهُ إِلَٰهٌۭ وَٰحِدٌۭ ۖ سُبْحَٰنَهُۥٓ أَن يَكُونَ لَهُۥ وَلَدٌۭ ۘ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًۭا

    Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masih Iyso ibn Maryam Allohning Paygʻambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan boʻlgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. Toʻxtang, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, oʻzga emas U Oʻzining bolasi boʻlishidan pok boʻldi. Osmonlardagi narsalar Unikidir, yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur. (Islom dini insoniyatning aqidasini toʻgʻri yoʻlga solishga kelgan. Bu oʻrinda nasorolarning aqidasini toʻgʻrilamoqda. Maʼlumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqida toʻgʻri boʻlgan. Lekin zamon oʻtishi bilan bu aqida asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqidasi tamoman buzilib boʻlgan edi. Nasorolar oʻz dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va Paygʻambari Iyso alayhissalomni, Allohning oʻgʻli, dedilar. Soʻngra, Alloh uch asldan–ota, oʻgʻil va muqaddas ruhdan iboratdir, deb daʼvo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga koʻtardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, oʻzlari ham tushunib yetmaydigan aqidaviy mashmashalarga giriftor boʻldilar. Ularning ushbu va shunga oʻxshash koʻplab ishlari dinda gʻuluvga ketish–haddan oshish edi.)

  172. 172

    لَّن يَسْتَنكِفَ ٱلْمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبْدًۭا لِّلَّهِ وَلَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ٱلْمُقَرَّبُونَ ۚ وَمَن يَسْتَنكِفْ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيَسْتَكْبِرْ فَسَيَحْشُرُهُمْ إِلَيْهِ جَمِيعًۭا

    Masih ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini Oʻziga toʻplaydi.

  173. 173

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْتَنكَفُوا۟ وَٱسْتَكْبَرُوا۟ فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۭا وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّۭا وَلَا نَصِيرًۭا

    Iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini toʻliq qilib berur va Oʻz fazlidan ham ziyoda qilur. Ammo or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topmaslar.

  174. 174

    يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُم بُرْهَٰنٌۭ مِّن رَّبِّكُمْ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ نُورًۭا مُّبِينًۭا

    Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik. (Bu burhon Qurʼoni Karimdir. Ushbu burhon Allohning yagonaligining burhonidir. Ushbu burhon Paygʻambar alayhissalomning haqliklari burhonidir. Ushbu burhon Islomning ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh taolo Oʻz bandalariga rahm etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qurʼon aniq nurdir.)

  175. 175

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱعْتَصَمُوا۟ بِهِۦ فَسَيُدْخِلُهُمْ فِى رَحْمَةٍۢ مِّنْهُ وَفَضْلٍۢ وَيَهْدِيهِمْ إِلَيْهِ صِرَٰطًۭا مُّسْتَقِيمًۭا

    Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, ularni oʻzidan boʻlgan rahmatga va fazlga kiritadi va ularni Unga–toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir.

  176. 176

    يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِى ٱلْكَلَٰلَةِ ۚ إِنِ ٱمْرُؤٌا۟ هَلَكَ لَيْسَ لَهُۥ وَلَدٌۭ وَلَهُۥٓ أُخْتٌۭ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ ۚ وَهُوَ يَرِثُهَآ إِن لَّمْ يَكُن لَّهَا وَلَدٌۭ ۚ فَإِن كَانَتَا ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا ٱلثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ۚ وَإِن كَانُوٓا۟ إِخْوَةًۭ رِّجَالًۭا وَنِسَآءًۭ فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۗ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ أَن تَضِلُّوا۟ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ

    Sendan fatvo soʻrarlar. Sen: «Alloh sizga kalola haqida fatvo beradir», deb ayt. Agar bir odam oʻlsa-yu, uning bolasi boʻlmasa, singlisi boʻlsa, unga marhumdan qolganning yarmi beriladi. Agar singilning bolasi boʻlmasa, u hamma merosni oladi. Agar singil ikkita boʻlsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olarlar. Agar (merosxoʻrlar) erkak-ayol birodarlar boʻlsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida oladilar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi zotdir. («Kalola» nima ekanligi xususida ushbu Niso surasi avvalida bahs qilganmiz.)

Arabcha: Tanzil Usmoniy matni. Tarjima va audio bepul Al Quran Cloud / Islamic Network xizmatlari orqali. Tafsir ochiq Tafsir API orqali.